18 2017

VATANNI SEVMOQ LOZIM

Bo'limlar: ---

Vatanni sevish, uning tuprogini kozlarga tutiyo aylash, sarhadlarini koz-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa ona-Vatanni chin dildan seva olishdan boshlanadi. Elu-yurtini jondan sevgan, uning xizmatiga doimo shay turganlargina yurtning sodiq ugloni bola oladi. Vatanga sodiqlik, burchga masuliyat bilan yondashish kabi sharafli tuygularni shakllantirish har qanday zxamonda ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Shuni ta'kidlab otish joizki, manaviy tarbiya bugungi kunning eng muxim vazifasidir. Jizzax shahrida joylashgan 7359 va 7379 harbiy qismlarlarida xam manaviy-marifiy oquv mashgulotlariga alohida etibor qaratilgan bolib, unda, harbiy xizmatchilarga turli mavzularda, jumladan yurtimizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berib boriladi. Shu bilan bu yerda talim-tarbiya ishlari yuksak saviyada tashkil etilgan.

VATANNI SEVMOQ LOZIM

 Tarixdan yaxshi malumki, har bir mamlakatning tinch, osuda hayoti uning qudratli armiyasiga boglik bolgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bolgan Qurolli Kuchlarni barpo etishga katta etibor qaratildi. Barcha sohalarda bolgani kabi mustaqillikning chorak asri davomida mazkur tizimda ham izchil isloxotlar amalga oshirildi. Otgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barvarorligi, uning sarxadlari daxlsizligini taminlash buyicha taktik va srategik vazifalarni samarali hal etishga qodir milliy armiyamizni barpo etish buyicha ozining kolami va miqyosiga kora ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda olib borildi. Yurtboshimiz tomonidan "Milliy armiyamiz mustaqillikning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" risolasida shunday takidlagan edi, "Armiyaning kuch kudratini tola namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz Vatan va xalq oz xavfsizligini ishonib topshirgan mard oglonlarimizning manaviy-marifiy tarbiyasiga alohida etibor qaratish endi dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu gozal hayotni ozi va oilasi kelajak avlodlari uchun ham begubor va boqiy saqlashga masul ekanini teran his eta olsin".

Mustaqillik biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib, dunyo hamjamiyatida oz ornimizni topishga zamin yaratdi. Shu bois, yurtimizning xar bir fuqarosi mustaqillikni bebaxo nemat sifatida qadrlab, uni asrab avaylashga, uning har bir kunidan samarali foydalanishga harakat qilishadi. Ayniqsa bunyodkorlik ishlarining kundan-kunga, yildan-yilga kolami kengayib, shahar va qishloqlarimiz ozgacha chiroy ochmoqda. Yurtda tinchlik, osoyishtalik hukm surib, Vatan obod, xalq turmushi farovon kechmoqda. Mana shu farovon hayotni taminlashda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan uglonlarning hissalari beqiyosdir.

Harbiylik, bu kasbning qanchalik masuliyatli va sharafli ekanligini xarbiy xizmatni otagan insonlargina yaxshi anglashadi. Darhakikat, shuni faxr bilan aytish mumkinki, istiklol tufayli endilikda harbiy kismlarda askalarning munosib xizmat kilishlari uchun barcha shart-sharoitlar muxayyo etilgan. Askar, serjant va ofitserlarning xizmatni otash joylaridagi ijtimoiy-madaniy sharoitlarini izchil va tizimli ravishda yaxshilash, xarbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash, harbiy shaharchalar qurish va ularni rekonstruksiya qilish doimo hukumatimiz etiborida. Ozbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari qoshinlarida yurt chorlasa otlarni kechib, suvlarga kiradigan, Vatan desa ikki qollab jonini tutadigan, shijoat samoda ham sher yanglig, mard va jasur oglonlarni korib koz quvonadi.

Gurur va iftixorimizni oshiruvchi, iymon-etiqodimizni butlovchi, kozimizga tutiyo etib yashaydigan muqaddas sajdagohimizni asrab-avaylash ozimizning qolimizda. Ha, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz daxlsizligi kop jixatdan Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan mard, jasur, va sergak harbiylarimizga bogliq. Shu bois mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlatimiz rahbari rahnamoligi va tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tizimini tubdan islox etish, modernizatsiyalash va zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan taminlashga alohida etibor qaratildi. Ana shu etibor samarasi olaroq otgan kiska muddatda Ozbekiston ozining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta xayotini ishonchli ximoya kilishga kodir Qurolli Kuchlariga ega boldi, mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilma joriy etildi. Mazkur amaliy ishlar kelgusida Qurolli Kuchlar tizimini yanada takomillashtirishga oz xissasini qoshadi.

 

B.Ergashev, harbiy xizmatchi
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini otab bolgan harbiy xizmatchilarni

OGLIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI

OGLIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI
Bugun Jizzax shahri, Hamid Olimjon mahallasida istiqomad qiluvchi Axmurodovlar oilasida katta tantana. Ayniqsa, Rano opa Abdullaevaning sevinchini soz bilan tariflash qiyin.    

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.  
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: