18 2017

Ozbek mutaxassislarining Chexiyaga oquv safari

Bo'limlar: ---

2017 yilning 3-7 aprel kunlari BMTTD "Mahalliy boshqaruv tizimini qollab-quvvatlash loyihasi (2-bosqich) tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyati hokimiyati, moliya va iqtisodiyot boshqarmalari rahbar va yetakchi mutaxassislari uchun Chexiya Respublikasiga oquv safari tashkil qilindi.Oquv safarining asosiy maqsadi Chexiya Respublikasining byudjet tizimi, mahalliy hukumatning byudjet sohasidagi vakolatlari, hududiy rivojlantirish dasturlari, hududlarda orta muddatli byudjetni amalga oshirish, rivojlantirish dasturlari va byudjet ortasidagi bogliqliklar, byudjet sohasidagi mutaxassislarni malakasini oshirish va boshqa sohalardagi tajribasini organishdan iborat.

Ozbek mutaxassislarining Chexiyaga oquv safari

 Oquv safari mobaynida qatnashchilar Chexiya Respublikasi Moliya vazirligi, Janubiy Bogemiya viloyati, Praga 3 tumani va Davlat boshqaruvi instituti faoliyati bilan tanishdilar. Chexiya Moliya vazirligi mutaxassislari byudjet qonunchiligi, byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, byudjet jarayoni va uni amalga oshirish, shuningdek orta muddatli byudjet togrisida har tomonlama malumot berishdi. Janubiy Bogemiya viloyatiga va Praga 3 tumaniga qilingan safarlar chogida qatnashchilar mazkur viloyat va tumanning byudjeti, byudjet jarayoni, davlat va mahalliy byudjet ortasidagi munosabatlar, detsentralizatsiya jarayonini organdilar.

Ozbek mutaxassislarining Chexiyaga oquv safari

 Davlat boshqaruvi instituti xodimlari ozbek mutaxassislariga davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, byudjet sohasidagi mutaxassislar uchun moljallangan kurslar togrisida sozlab berishdi.

Oz navbatida ozbek delegatsiyasi azolari Ozbekiston Resoublikasi byudjet tizimi, mahalliy byudjetlar, byudjetlararo munosabatlar, shuningdek hududlardagi yol va logistika tizimi togrisida malumot almashishdi.
Mazkur oquv safari Buyuk Britaniyaning Ozbekistondagi elchixonasi, Chexiya Respublikasi Moliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Ozbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy komagi bilan tashkil etildi.


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI
Jizzax shahrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va mahalliy byudjetning parametrlari togrisida      

Ozbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI

Ozbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI
SHahar mahalliy byudjetining 2015 yilgi kutilayotgan ijrosi va 2016 yilga belgilangan asosiy parametrlari togrisida.    

Jizzaxda Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar otkazildi

Jizzaxda Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar otkazildi
Jizzax shahrida "Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar-trening otkazildi.
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: