28 2017

Ulkan bunyodkorlik ishlari Jizzax shahri qiyofasini tubdan ozgartirmoqda

Bo'limlar: ---

Prezidentimiz Jizzax shahrining bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha shaharlari qatori Jizzax shahrida ham keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy uy-joylar, yangi yol va kochalar, xiyobonlar barpo etilmoqda.

Temiryolchilar va Toshkent kochalarining me'moriy yechimi boyicha loyiha shaharda temir yol infratuzilmasini rivojlantirish, aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlashga qaratilgan. Loyihaga muvofiq mazkur kochalarni tutashtiruvchi 900 metrli, tort polosali yana bir yol quriladi. Bu transport vositalari harakatiga, temir yol vokzaliga kelib-ketuvchilarga katta qulaylik yaratadi. Yangi kochaning ikki tomonida 5-7 qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. Jizzax shahrining Mustaqillik kochasida ham 7 qavatli turar joylar quriladi. Ozbekiston kochasi kengaytiriladi.

Ulkan bunyodkorlik ishlari Jizzax shahri qiyofasini tubdan ozgartirmoqda

 Jizzax viloyati tumanlari markazlarida bunyod etiladigan 4 qavatli arzon uy-joylar loyihasi ham taqdim etildi.Davlatimiz rahbari bu kocha va yangi uylar shahar qiyofasini ozgartirish, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Sharof Rashidov, Hamid Olimjon va Zulfiya xiyobonlarini barpo etish loyihalari ham namoyish etildi.Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda xalqimizning fidoyi farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash, u kishi tugilib osgan Jizzax zaminida yodgorlik majmuasi barpo etish taklifini bildirgan edi. Bu tashabbusning ijobati sifatida Jizzax tumani Sharof Rashidov tumani deb nomlandi. 2017 yil 27 mart kuni Prezidentimizning "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash togrisidagi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jizzax shahrida Sharof Rashidov xiyoboni barpo etilmoqda. Bu yerda Sharof Rashidov haykali ornatilib, atrofida bog yaratiladi. Ushbu xiyobon shu yil noyabr oyida ochiladi.

Hamid Olimjon va Zulfiya xiyobonini barpo etish, mazmun-mohiyatini boyitish, ularning maktablarini tashkil etish yuzasidan ham korsatmalar berildi.

Ziyodulla Jonibekov, OzA


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Prezident Jizzaxda xalq bilan muloqot qildi

Prezident Jizzaxda xalq bilan muloqot qildi
Prezident Sharof Rashidov tumani Yangiobod mahalla fuqarolar yigini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, Uchtepa massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida

Yangi uylar foydalanishga topshirildi

Yangi uylar foydalanishga topshirildi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlogida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi.  Bunday zamonaviy uylar qishloq

Jizzax tumaniga Sh.Rashidov nomi beriladi

Jizzax tumaniga Sh.Rashidov nomi beriladi
Parlament qonunchilik palatasidagi matbuot xizmati xabariga kora, majlicda deputatlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini
Fikrlar (1)
Mavispeast
Sana: 25.06.2017
Vaqt: 23:09

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: