Aholisi, mehnat resurslari. 2008-2012 yillarda Jizzax shahrining aholisi 17,9 ming kishiga yoki yiliga o’rtacha 2,5% ga (respublika bo’yicha 1,5%) ortib, jami 161,5 ming kishini tashkil etadi (1-jadval).

 

Aholining yuqori sur’atlarga o’sishining asosiy omillaridan biri sifatida tug’ilish darajasining o’lim darajasidan ustunligini ko’rsatishi mumkin, lekin bu migratsiyaning salbiy saldosiga qaramasdan aholining tabiiy o’sishini ko’rsatuvchi ijobiy omildir (2-jadval).

 

Jizzaxda migratsiyani shahar aholisi va mehnat resurslarining yuqori sur’atlarda o’sishi, ular orasida yoshlarning ko’pligi bilan hamda mehnat kuchi narxlarining nisbatan pastligi birgalikda ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Shuni inobatga olgan holda 3,8% ni tashkil etuvchi ishsizlik darajasini yetarlicha katta, deb hisoblash mumkin va bu shahar mehnat bozorining keskinligini aks ettiradi. Ammo, aholi o’sishining yuqori sur’atlari mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa, yoshlar sonining o’sishiga tegishli ta’sir ko’rsatadi, bu esa shahar mehnat bozoridagi bosimning ortishiga olib keladi. Natijada shahar aholisi yetarlicha faol migratsiya qilmoqda, 1000 kishiga hisoblangan bu ko’rsatkich 6% ni tashkil etib, barqaror o’sish tendensiyasiga ega. Migratsiya ko’proq istiqbolli va iqtidorli, ayniqsa, yosh mutaxassislarning O’zbekistonning boshqa hududlari va xorijga chiqib ketishi bilan izohlanadi.

Yuzaga kelgan demografik tendensiyalar saqlab qolinishini hisobga olgan holda qilingan kutilmalarga ko’ra, shahar aholisining soni 2013-2020 yillarda yiliga taxminan 2% ga o’sib boradi va 16,9% ga ortadi. Ayni paytda mehnat resurslarining o’sish sur’atlari tezlashib, 22,3%gacha yetadi, bu esa shahar mehnat bozoriga bosimni kuchaytiradi. Iqtisodiy faol aholi tomonidan ish kuchini taklif qilish 2012 yilga qaraganda, ayniqsa,90-yillar oxiri – 2000-yillar boshida tug’ilgan mehnatga layoqatli yoshlar hisobiga 33,4% ga ortadi (1-jadvalga qaralsin).

 

 

Bandlik.Yangi ishlab chiqarishkorxonalarini yaratish, modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va soliq sharoitlarining yaratilishi natijasida 2008-2012 yillar davomida shaharda 60 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratilib, band aholi soni 2007 yilga qaraganda 14,5% yoki yiliga o’rtacha 2,8%ga ortdi. Shu bilan birga, mehnat resurslari miqdoridagiband kishilarhissasi 2007 yildagi67% dan 2012 yilda 63,1% ga kamayish tendensiyasiga ega bo’ldi, bu tegishli ravishda ishsizlar sonining 3% dan 3,8% ga o’sishida aks etdi. Bu mehnat resurslari sonining oshishi va shahar iqtisodiyotida mehnatga bo’lgan talabning pastligi natijasi bo’ldi (3-jadval).

Jizzax shahrida, butun O’zbekistonda bo’lgani kabi, bugungi kungacha ishsizlik darajasi yuqori bo’lishiningoldini olishga erishildi – bu ko’rsatkich rasmiy mahlumotlarga ko’ra 4% ni tashkil etib, xalqaro doirada mo’htadil hisoblanadi. Ishsizlar orasida ayollar, shuningdek yigit-qizlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ayni paytda ishsizlar malakasi ancha past, ularning ko’pi faqat o’rta malumotga ega.

Shahar bandligining tarmoqli tuzilishida sanoat korxonalarda band bo’lganlarning hissasi o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan hamda 2008 yilgi 3,8% dan 2012 yilda 4,3% ga ortgan. Ammo tarmoqda bandlarning hissasi ancha past bo’lib qolmoqda. Bunday farq shahar sanoat salohiyatining sustligi natijasidir. Aholining bandligini ko’proq savdo-sotiq va transport korxonalari tahminlamoqda (4-jadval). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar umumiy sonining 57%i jamlangan.