19 2014

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qoyilmoqda

Bo'limlar: Iqtisodiyot

Yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridan ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Xususan, soha vakillarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam tizim yaratildi. Ammo mazkur yonalishdagi qonun-qoidalarga rioya etgan holda shugullanishni unutib qoyayotganlar ham uchrab turibdi.

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qoyilmoqda

Takidlash joizki, 2013 yil 24 yanvarida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda xorijiy valyutani tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga sozsiz rioya etilishini taminlash hamda chakana savdo va xizmat korsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solishga qaratilgan Chakana savdo va xizmat korsatish sohasida xisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish togrisidagi Qarori qabul qilindi. Unga muvofiq respublikamiz hududida yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyuta orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish taqiqlangan. Biroq davlat soliq xizmati organlari tomonidan otkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida ayrim fuqarolar savdo va xizmat korsatish sohasida belgilangan tartib-qoidalarni qopol ravishda buzayotganliklarini korish mumkin.

Jizzax viloyatida joriy yilning 9 oyi davomida mazkur qaror ijrosi yuzasidan otkazilgan nazorat tadbirlari davomida 13 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi. Shundan 5 ta holatda 600 AQSh dollariga xaridor bilan ozaro xisob-kitob qilingan. Shuningdek, 7 ta holatda 835 AQSh dollari hamda 1 ta holatda 1000 Rossiya rubli savdo shoxobchalari xazinasida saqlanayotganligi malum boldi.

Masalan Paxtakor tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor Jamol Ismoilovga qarashli savdo shoxobchasida otkazilgan nazorat tadbirida, sotuvchi 50 AQSh dollariga savdoni amalga oshirganligi, savdo shoxobchasiga ornatilgan nazorat kassa mashinasi xotirasiga 155,5 ming som naqd pullar kirim qilinmaganligi aniqlandi. Tadbir davomida shoxobchadagi 1800,0 ming somlik tovar moddiy boyliklar tegishli hujjatlari yoqligi bois daliliy ashyo sifatida olindi. Bu kabi holatni Jizzax shahridagi Milliyev Fayoz xususiy tadbirkorga qarashli savdo shoxobchasida ham korish mumkin.

Soliq organlari xodimlari tomonidan otkazilgan qisqa muddatli tekshirishda shoxobcha sotuvchisi xaridordan olgan 140,0 ming som naqd pulga xarid cheki yoki unga tenglashtirilgan kvitansiya bermaganligi va shoxobchaga ornatilgan nazorat kassa mashinasi xotirasiga savdodan tushgan 200,0 ming som naqd pullar kirim qilinmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari xazinada 100 AQSh dollari borligi malum bolib, savdo dokonida 4840,0 ming somlik tovar moddiy boyliklarini tegishli hujjatlarsiz savdoga qoyganligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olindi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora korish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

Ziyodulla XUDOYQULOV,
Jizzax viloyat DSB bolim boshligi

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Farzandlari ezozdagi yurt

Farzandlari  ezozdagi  yurt
 Bu borada qilinayotgan ishlarni yoritishda  ommaviy axborot vositalari hamda  matbuotning orni katta  albatta. 

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bagishlangan seminar boldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bagishlangan seminar boldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning ornini kuchaytirish, ijtimoiy iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari ortasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bogliq

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,

Songgi savdo

Songgi savdo
 Xayrobodlik Akbar Nazarmatov T.Ortiqov va X.Usmonovlarga Qozogiston Respublikasida ularbop ish borligini, oyiga 300 AQSH dollaridan maosh berilishini aytib, qiziqtirib qoyadi. 

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini ozgartirish togrisida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: