Jizzax tarixi

Jizzax - Ozbekistonning markaziy qismida joylashgan qadimiy voha. Ming bir buloqlari qaynar togu qirlari, koksini hosilga toldirgan dalayu boglari, qadim-qadimlarda qad tiklagan qorgonu rabotlari, tabiat mezonidan yaralgan istirohat boglari bilan mashhur maskan. Hali siru sinoati, kurashlariyu shijoati yetarli oqilmagan, moddiy va maonaviy xotiralari qaddini tiklab ulgurmagan, ajdodlar maskani, ruhi poklari bolgan obidalar qariyb "oqilmagan tarix. Bu tarixda ne bir gorlar, ungirlar, rasm yozuvlari, sheoriy va tarixiy bitiklarni asragan qoyatoshlar, qadimiy shaxtayu temir eritilgan qoliplar, yilning boshlanishiga nisbat bergan Molguzardagi Uttosh, Gallaoroldagi quyosh kalendari bor. SHarq va Garb ortasida qadimiy savdo-aloqa yoli otgani, islom madaniyatiga oid tabarruk obidalar qaror topganida ham katta bir hikmat bor.

Eng muhimi, bu voha qadim tarixdan oqi hato ketmaydigan, jasur, uyushgan, boylikka berilmaydigan ajdodlarga, erk va istiqlol uchun jon olib jon bergan elga maskan boldi. Uning gayratli jasoratlari, oltindan osori atiqalar, temirdan ikki uchli oybolta, otkir tig, yoy-oqlari yasaganliklari qadimiy yunon manbalarida Gerodot, Strabon, Efor, Klavdiy, Arrnanlar kitoblarida bayon qilindi. Voha xalqi Aleksandr Makedonskiy istilosiga osonlikcha boyin egmadi. Sogdiyonaga chegaradosh birinchi qaloada 30 ming togli saklardan uchdan ikki qismi qirilib ketsada, qolganlari toqqa chiqib ketadi. Biron-bir qaloa ahli jangsiz boysunmaganliklari va hatto makedoniyalik zobit salkam 20 kunda Sirdaryo boyida oz istehkom shahrini qurib ulgurmay butun Ustrushona qozgolon kotarganligi maolum. Sogdiyonada Spitamen boshliq xalq qozgolonini bostirishdan oldin Ustrushonadagi isyonni bartaraf qilish ham oson kechmadi. Kirapol, Gazo, Kiroshat (Xuroson) shaharlarida shiddatli janglar bolib otgan. Yunon solnomachilari Kirapol (Zomin) va Gazoni alohida tilga olishadi. Qadimshunoslar Gazo shahrining ornini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda Samarqand va Toshkent oraligida, daryoning ozanida joylashganligi haqida maolumot uchraydi. SHunga kora ayrim olimlar tilga olganidek, Gazo bu qadimiy Jizzax bolsa, ne ajab. Darvoqe, "Dizak sugdiyda "Qala. Ayni paytda "Jizzax mavjud tabiiy belgilariga kora "Sak taqvimi manosini anglatishi haqida fikr ham mavjud. Muhimi, Sangzor ming yillar osha oz ozanida oqib turgan ekan, tog tugab chol boshlangan joyda sugorma dehqonchilik va hunarmandchilikka tayangan qadimiy manzilgohning bolganligiga shubha qilmasa boladi. Bunday tabiiy qulaylik Zominga ham xos.

Miloddan avvalgi II asrdan etiboran Sharq va Garb ortasidagi savdo-aloqa Ustrushona orqali otganligi voha hayotiga ijobiy tasir etdi. Afsuski, Kushonlar, Eftalitlar, Turk hoqonligi davriga oid yozma manbalarning yetib kelmaganligidan Ustrushona tarixining bir necha yuz yilliklar qanday kechganligi hozircha jumboq. Qutayba boshliq arab qoshinlarining vohani osonlikcha yenga olmaganligi, ustrushonalik afshinlar (sultonlar) viloyat mustaqilligi yolida qatiyat bilan kurashganliklari (VIII asr) tarix sahifalariga kochdi. Abu Rayxon Beruniy, At-Tabariy (X asr), Muqaddasiy (X asr), Istahriy (X asr), Ibn Xavkal (X asr), Ibn Al-Asir (XII asr) kabilarning asarlarida voha geografiyasi, hayoti haqida qimmatli malumotlar orin oldi.

Xususan, VIIXII asrlarda voha xayoti birmuncha rivojlanganligi, qishloq xojaligi va hunarmandchilik taraqqiy etib, Jizzax yakunidagi Mirasmandda har oyning birinchi kuni katta jahon savdo bozori bolgan. Jahon bozorida Jizzaxda tayyorlangan jun matolar va jun liboslar, pilla, temir va metall buyumlar, Ustrushona feruzasi katta mavqega ega bolgan.

Tarixchi Ibn Xavkal Ustrushonada Mink va Mirasmandda temir ruda qazib olish va qayta ishlash rivoj topganligi, bu yerda tayyorlangan metall buyumlar Xuroson, Bagdod va Eronda keng tarqalganligini yozadi.

Voha tarixi va hayotiga oid malumotlar "Boburnomada ham mavjud. Xususan, Bobur Jizzax, Zomin, Pishagor, Raboti xojada, Yor yaylok atalmish nohiyada (bosh qorgoni Sangzor) bolganligini yozib qoldiradi. Uning "Kech namozdigar Ilon Ottida tushub, ot ulturub etini shishlab, kabob qilib, otni lahza tindirib otlanduk. Tongdin burunroq. Xaliliya kentiga kelib tushtuk, Xaliliyadan Dizak kelildi, ul fursatta Dizakta Xofiz Muhammadbek duldoyning ogli Tohir duldoy edi. Semiz etlar va mayda etmaklar arzon, chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon Umrumizda muncha farogat qilmaydur eduk, Muddatulumr omonlig va arzonlig qadrini bilmaydur eduk ("Boburnoma, T., 1989, 86-bet), sozlari Jizzaxda chorva, bogdorchilik va poliz mahsulotlarining boy va arzonligi, xalqining mehmondostligiga ishoradur.

Jizzax vohasi Temuriylar davrida yuksaladi. Elda arzonchilik barqaror boldi. Ammo XVIXIX asrlarda juda kop jangu jadallar, talonchiliklarni boshdan kechirdi. Mogullar davrida inqirozga yuz totgan qorgonlar, istehkomlar Shayboniyxon davridan boshlab vayron bola bordi. Ayniqsa feodallar, hokimlar ortasidagi ozaro urushlar, Dashti qipchoq xonlarining bosqinlari, Abdullaxon, Imomqulixon hukmronligi yillarida toqnashuvlarning ogir zarbalari, soliq va olpon tolovlari Jizzax vohasi xalqiga juda qimmatga tushdi. Xususan, 1571 yilda Abdullaxonning Dashti Qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darvishxonga qarshi Jizzaxdagi beadad toqnashuvi juda talafotli boldi. Qariyb ikki yuz minglik qoshinlar Jizzax hududida qirginbarot jang qilishdi. Ming-minglab insonlar qoni tokildi. Sangzor qon bilan loyqalandi. Ushbu jangdan song Abdullaxon Temir darvozadagi qoyatoshga "tarix yozdirdi.

Keyingi asrlarda Jizzax vohasi Buxoro va Qoqon xonliklari ortasida talash bolib, bir necha bor qonli toqnashuvlar azobini tortdi. Shuning uchun ham voha xalqi erk va ozodlik uchun har safar ganimlarga qarshi turar, qanchadan-qancha jasur farzandlari bu yolda qurbon bolar edi.

Bu jihatdan 1866 yil Jizzax tarixida juda ogir yil boldi. Toshkentni bosib olgan rus armiyasi asosiy etiborni Buxoro xonligiga va birinchi navbatda katta strategik ahamiyatga ega bolgan Jizzaxga qaratdi. 12-19 yanvar kunlari Jizzax tomon yurish boshlandi. 8 mayda general Romanovskiy boshlik rus qoshinlari Erjarni bosib oldi. Nihoyat iyun oyi boshida Jizzaxga hujum boshlandi. 7 iyun kuni bolib otgan ogir jangda jizzaxliklar galaba qozonib, rus qoshinlarini chekinishga majbur qiladi. Shundan song rus armiyasi butun kuchni toplab Jizzaxni zabt etishga qaratish maqsadida avval Xojand va Oratepani (24 may, 2 oktyabr) bosib oladi va oktyabr boshidan Zomin va Erjar orqali Jizzaxga ikki tomonlama hujumni boshlaydi. Jizzax qalasi 9 paxsali devor bilan oralgan va on ming kishidan ortiq oz himoyachisi bor edi. Nihoyat 12-18 oktyabr kunlari Jizzax uchun juda shiddatli janglar bolib otadi. Bu janglar shu darajada daxshatli bolganki, odam qoni ariqdagi suv kabi oqdi, shahar himoyachilarining jasurligiga dushmanlar ham qoyil qoldi. Dushmanning harbiy ustunligi tufayli jizzaxliklar 18 oktyabrda taslim boldilar. Nafaqat amir qoshinidan 8 ming kishi, balki mahalliy aholidan on mingga yaqin kishi xalok boldi. Ikki mingdan ortiq kishi asir tushdi. Ayni vaqtda rus qoshinlari ham juda katta talofat kordi. Natijada ularning Samarqand tomon istilochilik harakati 1868 yil bahoriga qadar toxtab qoldi.

Jizzax uezdi tashkil etildi. Voha rus qoshinlari tomonidan ishgol qilinsada xalqni jazolash,asoratga solish toxtamadi. Olkani boshqarishda "ruslashtirish va kuchaytirilgan soliq tizimi joriy etildi. Galla va paxta yetishtiruvchi oddiy dehqon yil sayin turli soliq tolovlari va katta ustama foizli kredit olish tufayli qashshoqlashib bordi. Olkada tarixan rivojlanib kelgan hunarmandchilik ham xom ashyo va davlat soliqlari tolovining ogirligidan tobora kamaydi. XIX asr oxiriga kelib uezdda bitta kichik paxta zavodi, 10 ta gisht tayyorlovchi korxona, 7 ta etikduzlik, 31 ta temirchilik ustaxonalari, moyjuvozlar, toquv dastgohlari qolgan edi.

Mustamlaka zulmi, xalq hayotining tobora qashshoqlashuvi tabiiy ravishda mustaqillik uchun intilishni kuchaytirib yubordi. 1916 yildagi Jizzax qozgoloni Turkistonda milliy-ozodlik harakatining eng yuqori pallasi boldi. Qozgolonchilar olimga tik boqib, tish-tirnogigacha qurollangan rus armiyasiga qarshi chinakamiga jang qildilar. Vatan ozodligi, mustaqilligi, or-nomusi uchun hayotlari va jonlarini tikdilar. Ular "zolim hukumatdan qutulishni oz zimmasidagi "ham qarz, ham farz hisoblab, bosqinchilarga qarshi ozodlik jangiga otlanishdi. Turkiston harbiy okrugi qozgolonni bostirish uchun yangi-yangi harbiy kuchlarni safarbar etishga majbur boldi.

Qozgolonga Jizzaxda Nazirxoja Abdusalom ogli, Muhammadrahim Abdurahim ogli, Ziyoqori Abdulla ogli, Muhammadamin Mamadali ogli, Forishda Abdurahmon Abdujabbor ogli, Sangzorda Toraqul Toraboy ogli, Zominda Qosimxoja Asatulla ogli rahbarlik qildi.

Jizzax qozgoloni Vatanimiz mustaqilligi yolidagi kurash tarixida alohida orin tutadi. Jizzax Rossiya mustamlakasi tarkibiga otgan 1866 yildan uezd, 1924 yildagi mamuriy bolinishda tuman boldi. Nihoyat 1973 yil 29 dekabrdan viloyat sifatida qaror topdi.

XX asr Jizzax viloyati uchun oziga xos taraqqiyot davri, yangi shaharlar, tumanlar barpo bolish, qoriq va boz yerlarni ozlashtirish, ulkan sugorish tizimlarini vujudga keltirish, zamonaviy sanoat obektlari yaratish, xalq talimi va madaniyatning yuksalish davri boldi. Bu ulkan ishlarda viloyatdan yetishib chiqqan koplab istododli mutaxassislarning xizmati katta boldi. Xususan, Jizzaxda tugilib, yirik davlat arbobi sifatida tanilgan Sharof Rashidovning samarali xizmatlari bor.