11 2017

​Eron, Pokiston, Afg'oniston va Italiya politsiyasi O'zbekistonga keldi

Bo'limlar: Yangiliklar
Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkent shahrida BMT Narkotik moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Afg'oniston va qo'shni davlatlar uchun mintaqaviy Dasturi va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Dasturi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Italiyaning O'zbekistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Odam savdosiga oid jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko'rib chiqish masalalari bo'yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlik mavzusidagi uch kunlik seminar boshlandi.Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Eron Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari odam savdosiga qarshi kurashish va noqonuniy migratsiya sohasida o'zaro tajriba almashish maqsadida ishtirok etmoqdalar. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Seminar davomida xalqaro ekspertlar odam savdosi sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko'rishning alohida holatlarini ko'rib chiqish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazadilar. Milliy ekspertlar tomonidan ushbu mavzuga oid ma'ruza va taqdimotlar o'tkaziladi.

BMT Narkotik moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Odam savdosiga qarshi kurashish va noqonuniy migratsiya masalalari bo'limi hamda Italiya politsiyasining Narkotiklarga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi ekspertlari tomonidan alohida sessiyalar o'tkaziladi. dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Forish poligonida taktik mashgulotlar otkaziladi

Forish poligonida taktik mashgulotlar otkaziladi
Oktyabr oyining birinchi haftasida Jizzax viloyatidagi Forish poligonida Ozbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlarining qoshma mashgulotlari bolib otadi. Dushanba kuni ertalab Rossiya harbiy

Jizzaxda odam savdosiga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik mavzusida mintaqaviy seminar boldi

Jizzaxda odam savdosiga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik mavzusida mintaqaviy seminar boldi
2015 yilning 16  dekabr kuni  Jizzaxda    "Odam savdosiga qarshi kurashda hokimiyat va nodavlat notijorat tashkilotlarinining ijtimoiy sherikligini amalga oshirish 

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: