11 2017

Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishonini tasis etish togrisida

Bo'limlar: Yangiliklar

Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishonini tasis etish togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni1992-yil 8-dekabr Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimiz tarixidagi buyuk sanalardan biridir.

Bosh Qomusimiz huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimizning tinch, obod va farovon hayotini taminlash, Ozbekistonning xalqaro maydondagi obro-etiborini yuksaltirish, milliy qonunchilik tizimini shakllantirish hamda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bolib xizmat qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, manaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taminlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo dostlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi orni va ahamiyatini keng targib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoshgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida:

1. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni tasis etilsin.

2. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini taminlasin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismailov zimmasiga yuklansin.



Ozbekiston Respublikasi  Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri, 2017-yil 10 oktabr


* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-sonli
Farmoniga 1-ilova

Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil
esdalik nishoni togrisidagi

NIZOM

1. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, manaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taminlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo dostlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi orni va ahamiyatini keng targib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoshib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

2. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni bilan Ozbekiston Respublikasi fuqarosi bolmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

3. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, shu ishga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi beriladi.

4. Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni kokrakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.



* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-sonli
Farmoniga 2-ilova

Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil
esdalik nishonining

TAVSIFI

Ozbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boladi.

Esdalik nishonining qalinligi 2,2 millimetr.

Esdalik nishonining old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduz markazida, taralayotgan quyosh nurlari fonida Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogining rangli emaldan ishlangan hilpirab turgan tasviri aks etgan. Yulduzning tepa qismida balandligi 3,5 millimetr bolgan 25 yozuvi, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli YIL yozuvi joylashgan. Esdalik nishonining pastki qismida, sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi kitob Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tasviri aks ettirilgan. Yozuvlar zarhal rangda.

Esdalik nishonining aylanasi boylab oq emalli doirada OZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA sozlari yozilgan. Pastki qismida, markazda ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligida bir-biriga tutashtirilgan holatdagi ikkita zaytun novdasi tasvirlangan. Yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda bolib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.

Esdalik nishonining orqa tomonida Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan bolib, pastki qismida, markazda 2017 yozuvi joylashgan.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oralgan.

Esdalik nishoni shoyi lenta bilan qoplangan togri tortburchak shaklidagi qadagichga ilgakchalar va halqacha yordamida ulangan. Shoyi lentaning ortasidan eni 7 millimetrli yashil rangli yol, uning ikki chetidan esa sariq rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan eni 2,5 millimetrli ikkita oq rangli yol otgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boylab eni 2,5 millimetr bolgan moviy rangli yollar otgan.

Qadagichning boyi 16 millimetr, eni 25 millimetr.

Qadagichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoyish uchun tognogich korinishidagi moslama ornatilgan. dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 28 sentyabr kuni "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini

Qurbon hayitini nishonlash togrisida

Qurbon hayitini nishonlash togrisida
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori  

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni  9 may umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: