18 2017

Respublikamizda asalarichilik tarmogini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida

Bo'limlar: Yangiliklar
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriAsalarichilik tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xojaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada kopaytirish, asalni qayta ishlash boyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilgor tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ormon xojaligi davlat qomitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabankning (keyingi orinlarda AT "Aloqabank deb ataladi) "Ozbekiston asalarichilari uyushmasini (keyingi orinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib belgilansin:

asalarichilik tarmogini rivojlantirishga qaratilgan normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

asalarichilik tarmogini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xojaliklarini ormon fondi yerlariga, tog va togoldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xojaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

asalarilar uchun suniy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga komaklashish va ushbu tajribani keng qollash hisobiga asalarichilik xojaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qoyish boyicha zamonaviy va ilgor usullarni joriy etish ishlariga komaklashish;

oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi, shu jumladan, xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmogiga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.

3. "Ozbekiston asalarichilari uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 nafar bolgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maqullansin.

4. Uyushmani tashkil etish bilan bogliq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uning kelgusi faoliyatini yolga qoyishga komaklashish boyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi orinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Ishchi guruh (Z.T.Mirzayev) ikki oy muddatda:

Uyushmani tashkil qilish boyicha tashkiliy masalalar hal etilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat royxatidan otkazilishini;

Uyushmaning markaziy apparati yuqori malakali mutaxassislar bilan toldirilishini taminlasin.

5. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi va AT "Aloqabank Uyushmaning "Apimondiya xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga azo bolib kirishi bilan bogliq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlarni taminlasin.

6. Belgilab qoyilsinki:

Uyushma raisi va uning orinbosari muassislarning umumiy yigilishi qarori bilan saylanadi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish Uyushmaga azo bolgan tashkilotlarning azolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan bogliq barcha xarajatlar, Uyushmaning "Apimondiya xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga azo bolib kirish va azolik badali tolovlari dastlabki uch yil davomida AT "Aloqabank mablaglari hisobidan taminlanadi.

7. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi, Ormon xojaligi davlat qomitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi va AT "Aloqabank tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda asalarichilik tarmogini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq maqullansin.

8. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq Uyushmaning buyurtmanomasiga asosan asalarichilik xojaliklariga Uyushma azolariga asalari oilalarini asal yigish mavsumi davomida ormon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoriqxonalari, biosfera rezervatining qoriqlanadigan zonasidan tashqari), tog va togoldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xojaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.

9. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Qishloq va suv xojaligi vazirligi Fargona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 oquv yilidan boshlab asalarichilik tarmogi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash boyicha Fargona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yolga qoyish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

10. AT "Aloqabankning masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasini tashkil etish togrisidagi taklifi maqullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

tijorat banklari krediti va lizing kompaniyasining oz mablaglari hisobiga asalari uyalari, zarur jihozlar va uskunalar yetkazib berishni tashkil etish va taminlash;

asalarichilik sohasida qollaniladigan inventarlar, uskunalar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek, asalni qadoqlash boyicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib berish.

11. 2023-yilning 1-yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan royxat boyicha "Ozbekiston asalarichilari uyushmasiga azo tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar (mahsulot), asalarichilik sohasida qollaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qollaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yogoch va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari, mumparda va mum mahsulotlari bojxona tolovlaridan (bojxona yigimlaridan tashqari) ozod etilsin.

12. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Ozbekiston asalarichilari uyushmasini joylashtirish uchun ijara haqini "nol stavkada belgilagan holda zarur bino ajratilishini taminlasin.

13. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "Ozbekiston asalarichilari uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarichilik tarmogida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan kop martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha royxatdan otkazilishini va vaqtincha royxatdan otkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taminlasin.

14. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "Ozbekiston asalarichilari uyushmasining viza talabnomalariga binoan asalarichilik tarmogida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigimlar undirilmasdan rasmiylashtirishni taminlasin.

15. Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Ozbekiston asalarichilari uyushmasining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda asalarichilik tarmogida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Ozbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bolmagan taqdirda) Ozbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, korsatib otilgan xorijiy fuqarolarga Ozbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taminlasin.

16. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi "Ozbekiston asalarichilari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari qishloq va suv xojaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Ozbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 16-oktabr



* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmogini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga
SHARH

Keyingi yillarda respublikamizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, shu jumladan, sifatli asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kopaytirish boyicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ularning ijrosi samarali taminlanmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016-yilga kelib respublikamizda asalarichilik sohasida 12 mingdan ortiq tadbirkor faoliyat korsatmoqda. Asalarichilik xojaliklarini moliyaviy qollab-quvvatlash maqsadida Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabank (keyingi orinlarda AT "Aloqabank deb ataladi) tomonidan 30 milliard somdan ortiq kreditlar ajratildi. Aholining asal mahsulotlariga bolgan ehtiyojini taminlash maqsadida 2016-yilda 12 ming tonna asal yetishtirildi. Bu 2015-yilga nisbatan 1,2 marta kopdir.

Shu bilan birga, tahlillar shuni korsatadiki, asal ishlab chiqarish boyicha mavjud imkoniyatlardan samarasiz foydalanish asalarichilik tarmogining eng zaif bogini hisoblanadi. Natijada asalari oilalarining mahsuldorligi 20 kilogrammdan oshmaydi, bu jahondagi ortacha korsatkichlardan ham pastdir. Asalarichilik sohasidagi ilgor tajribalarni organish, asal yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish va yuqori texnologik usullaridan foydalanish masalalariga yetarli darajada etibor qaratilmayapti.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22-23-iyun kunlari Fargona viloyatiga tashrifi chogida asalarichilikni yanada rivojlantirish va aholini arzon asal mahsulotlari bilan taminlashdagi kamchiliklar, muammolar va mavjud imkoniyatlar keng muhokama qilingan edi.

Asalarichilik tarmogidagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmogini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq "Ozbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil etildi.

"Ozbekiston asalarichilari uyushmasining asosiy vazifalari etib asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish belgilab qoyildi.

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmogi tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha 13 ta doimiy vakil kiritildi.

Ushbu qaror bilan "Ozbekiston asalarichilari uyushmasining "Apimondiya xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga azo bolishi nazarda tutilgan.

Uyushmani tashkil etish va uning faoliyati bilan bogliq barcha xarajatlar hamda Uyushmaning "Apimondiya xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga azo bolib kirish, azolik badali tolovi dastlabki uch yil davomida AT "Aloqabank mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan asalarichilik sohasida oliy malumotli kadrlar tayyorlash maqsadida 2018/2019-oquv yilidan boshlab Fargona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish boyicha takliflar kiritish topshirilgan.

AT "Aloqabank huzurida masuliyati cheklangan jamiyat shaklida lizing kompaniyasi tashkil etiladi, unga tijorat banklari kreditlari va lizing kompaniyasining oz mablaglari hisobidan asalari uyalari, ular uchun zarur jihozlar, anjomlarni va asalarichilik sohasida qollaniladigan inventarlar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalni qadoqlash texnologik liniyalari va boshqa lizing obektlarini lizing asosida yetkazib berish vazifasi yuklatilgan.

Asalarichilik xojaliklari tomonidan asal yigish mavsumi davomida ormon fondi yerlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan (davlat qoriqxonalari, biosfera rezervatining qoriqlanadigan zonasidan tashqari), tog va togoldi hududlaridan, tabiiy pichanzor va yaylovlardan hamda qishloq xojaligi yerlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan royxat boyicha "Ozbekiston asalarichilari uyushmasiga azo tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar (mahsulot), asalarichilik sohasida qollaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashuvchi maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qollaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yogoch va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mumparda va mum mahsulotlarini 2023-yilning 1-yanvarigacha bojxona tolovlaridan (bojxona yigimlaridan tashqari) ozod etish boyicha imtiyoz berildi.

Mazkur qaror bilan asal yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini kopaytirishga, asalari paketlari bilan xojaliklarni taminlashga, asal yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yonaltirilgan 2017-2021-yillarda asalarichilik tarmogini kompleks rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu qarorga muvofiq asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017-yildagi 15,4 ming tonnadan 2021-yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi asalarichilikning barcha sohasini qamrab olgan holda, uning jadal rivojlanishini taminlovchi yagona boshqaruv tizimini tashkil etish, yangi ish orinlari yaratish, asal yetishtirish hajmlarini keskin kopaytirish, respublika aholisining asal mahsulotlariga bolgan ehtiyojini taminlash va sohaning eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 9 oktyabr kuni "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 28 sentyabr kuni "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: