06 2015

Islom Karimov Jizzax va Sirdaryoda saylovchilar bilan uchrashdi

Bo'limlar: Yangiliklar, Saylov-2015

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 5 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi.

Islom Karimov dastlab, Jizzaxga tashrif qildi. Bu shahardagi uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi raisi A.Sattorov ochdi.

Islom Karimov Jizzax va Sirdaryoda saylovchilar bilan uchrashdi

 Foto: UzA

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov o'zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan eng asosiy yo'nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, sanoatni texnologik yangilash va tarkibiy o'zgartirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi rivoji uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish, yerlarning unumdorligini oshirish va qishloq xo'jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer xo'jaliklarini ko'p tarmoqli xo'jaliklarga aylantirish, mahalliylashtirish dasturini kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, aholi hayot darajasini izchil oshirish, barcha davlatlar bilan hamkorlikni va mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash bo'yicha muhim yo'nalishlar o'z ifodasini topgan.

Shu kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi Sh.Mamatqulov ochdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov uchrashuvda nutq so'zladi.

Nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatimizni har tomonlama obod qilish, erkin va farovon hayot barpo etishdek oliy maqsad yo'lida amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlarni yangi bosqichga ko'tarishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib o'rin olish, iqtisodiyotimizni zamonaviy tarmoqlar hisobidan tez va barqaror sur'atlar bilan rivojlantirish, mamlakatimiz hayotida hal qiluvchi omil bo'lgan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko'rib chiqish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va hosildorligini oshirish, fermerlik harakatini izchil qo'llab-quvvatlash, mahalliylashtirish dasturlarini kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash kabi muhim masalalar o'z ifodasini topgan. Aholi bandligini ta'minlash, turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, chet davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash dasturning ustuvor yo'nalishlari qatoridan o'rin olgan.

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Akmal Saidov Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Akmal Saidov Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi
Ozbekiston "Milliy tiklanish demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 12-mart kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.  

Keksalarni ezozlash yili davlat dasturidan orin olgan ustuvor yonalishlar

Keksalarni ezozlash yili davlat dasturidan orin olgan ustuvor yonalishlar
2015 yilning 18 fevral kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti "Keksalarni ezozlash yili davlat dasturi togrisidagi qarorni imzoladi.

Ozbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Ozbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov  Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi
Ozbekiston "Adolat sotsial-demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 18-fevral kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.  

Ozbekiston Prezidentligi uchun nomzodlar royxatga olindi

Ozbekiston Prezidentligi uchun nomzodlar royxatga olindi
Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni royxatga olish togrisidagi masala korib

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati
 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdgi majlisida mamlakatimizning 2015 yilgi davlat budjeti va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: