10 2017

Soliq sohasidagi imtiyozlar

Bo'limlar: Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ragbatlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab korishga doir kompleks chora-tadbirlar togrisidagi 332-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan "Jizzax erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilarga berilgan soliq imtiyozlarini (boj tolovlaridan tashqari) Jizzax viloyatining barcha tumanlarida (Jizzax shahri bundan mustasno) yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalariga investitsiya hajmlaridan qatiy nazar tatbiq etiladi. Masalan, Siz oz istiqomad qilayotgan tumaningizda MCHJ shaklida sanoat korxonasini tashkil etdingiz. Sizning ushbu korxonangiz soddalashtirilgan tartibda yagona soliq tolovi tolovchisi va qonunchilikda belgilangan tartibda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan sof tushumdan 5 foiz soliq stavkasida soliq tolash majburiyati mavjud.

Agarda, ushbu korxona bir yil davomida jami 500.000.000 (besh yuz millon) somlik sof tushumga ega bolgan taqdirda, 25.000.000 (yigirma besh millon) som yagona soliq tolovidan ozod etiladi. Soliq imtiyozi asosida ushbu mablag oz foydangizga qolib, korxonani yanada rivojlantirishga va qoshimcha ish orinlarini yaratishga imkoniyat yaratadi.

Xuddi shu kabi, agar korxonangiz byudjetga umumbelgilangan tartibda soliq tolovchisi bolsa, yer soligi, daromad (foyda) soligi, yuridik shaxslar mulk soligi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, shuningdek, Respublika yol jamgarmasi va Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash jamgarmasiga majburiy ajratmalaridan ozod etiladi.

 

Fermer xojaliklariga imkoniyatlar

Jizzax viloyati fermer xojaliklari paxta xom ashyosini yigib-terib olish uchun mavsumiy ishlarga jalb etiladigan xodimlarning mehnatga haq tolash fondi boyicha yagona ijtimoiy tolovdan ozod qilinadi. Masalan, biror fermer xojaligi gektariga 30 sentner paxta hosili beradigan 50 gektar yer maydoniga ega bolsa normativga kora har bir gektarga 0,55 nafar ishchi, 50 gektarga 28 nafar ishchi xodim bolishi lozim.

Ishchining ortacha ish haqi 400.000 som, 28 nafar ishchining bir oylik ish haqi fondi 11.200.000 somni tashkil qiladi.

Hozirda, 11.200.000 som ish haqi fondi uchun qonunchilikda ornatilgan 15 foiz soliq stavkasida yagona ijtimoiy tolov summasi 1.680.000 somni tashkil qiladi. Demak, yagona ijtimoiy tolovni 5 foiz stakasi hisoblash asosida fermerda bir oyda 1.120.000 som, bir yilda 10.080.000 som xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

SHuningdek, paxta terimi vaqtida mavsumiy ishlarga jalb qilingan xodimlarga tolanadigan terim pullari boyicha 5.625.000 som yagona ijtimoiy tolavdan ozod etildi. Bu esa fermerning daromadiga daromad qoshadi. Eng muhimi, ushbu tejalgan mablaglar oz foydangizga qoladi.

 

Ykka tartibdagi tadbirkorlarga imtiyozlar

YAkka tartibdagi tadbirkorlarni qatiy soliq tolashdan ozod qilish belgilandi.

Masalan, tumanlarning birida sartaroshxona faoliyatini korsatmoqchi bolgan tadbirkorlar ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun qonunchilikda ornatilgan tartibda bir oyda eng kam oylik ish haqining yarmi (74.887 som) barobari miqdorida qatiy belgilangan soliq va eng kam oylik ish haqining bir (149.775 som) barobari miqdorida sugurta badali (pensiya jamgarmasida ish staji hisoblash uchun asos boladi) undirib kelingan. Mazkur qaror asosida maishiy xizmat soxasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatiy belgilangan soliqdan ozod etildilar. Bu esa tadbirkorlarning bir oyga 74.887 som, bir yilga 898.650 som mablaglari oz foydalariga qoladi.

 

Aholi uchun qulaylik

Jizzax viloyatining issiqxonalar tashkil etgan va ularda qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon xojaliklari va jismoniy shaxslarning quyidagi shartlarda yer soligidan ozod qilish, issiqxona maydoni:

jismoniy shaxslar uchun kamida 100 kvadrat metr (1 sotix);

dehqon xojaliklariga ajratilgan yer uchastkasida kamida 500 kvadrat metr (5 sotix) bolganda.

Masalan, tadbirkorlik bilan shugullanuvchilar Gallaorol tumanida 600 kvadrat metr (6 sotix) yer maydonida shaxsiy uy-joyiga ega. SHundan, 400 kvadrat metrda (4 sotix) uy-joy joylashgan, qolgan 200 kvadrat metr yer maydoni bosh turibdi. SHu bosh turgan yer maydoniga issiqxona tashkil etilib, qishloq xojaligi mahsulotlarini (masalan: pomidor va bodring) yetishtirilsa, mazkur yer maydoniga solinadigan yer soligidan ozod etiladi.

Hozirda, 600 kvadrat metr uchun qonunchilikda ornatilgan soliq sommasi  80.520 (sakson ming besh yuz yigirma) somni  tashkil  qiladi. SHu 100 kvadrat metr yer maydonida issiqxona tashkil etib, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirilgan taqdirda xonadon egalari 80.520 somlik soliqdan ozod etiladi.

Qolaversa, ushbu mablag va yetishtirilgan mahsulotlari esa ularning qoshimcha daromad olishlariga imkoniyat yaratadi. Asosiysi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hech bir davlat organidan yoki tashkilotdan royxatdan otish yoki ruxsat olish talab etilmaydi.

 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI
Jizzax shahrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va mahalliy byudjetning parametrlari togrisida      

Yagona darcha tadbirkorlarga qoshimcha imkoniyatlar yaratadi

Yagona darcha  tadbirkorlarga qoshimcha imkoniyatlar yaratadi
Mamlakatimiz  taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim orin tutadi. Shu bois ularni yanada rivojlantirish, soliq va boshqa tolovlar boyicha imtiyoz va preferensiyalar

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi taminlanmoqda

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi taminlanmoqda
2015 yil 15 mayda Prezident Islom Karimovning "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!