30 2015

Ozbekiston Prezidenti saylovida Islom Karimovga saylovchilarning 90,39 foizi ovoz berdi

Bo'limlar: Yangiliklar, Saylov-2015
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari haqida axborot berildi.

 Foto: Gazeta.uz

Markaziy saylov raisi M. Abdusalomov qayd etganidek, 29-mart kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligimiz talablari va xalqaro huquqning umumetirof etilgan demokratik tamoyillari asosida ochiq va oshkora otkazildi.

Saylovchilar royxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming nafar fuqaro ovoz berishda ishtirok etdi. Bu royxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 foizini tashkil etadi. "Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, Prezident saylovi otgan, deb hisoblanadi.

Saylov jarayoni davomida qonunchilik talablari va normalarining buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmadi.

"Prezident saylovi mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotini, yurtimizda kechayotgan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va rivojlantirishning goyat muhim omili ekanini chuqur anglagan fuqarolarimiz ozining yuksak siyosiy saviyasi va Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuygusini namoyish etib, saylovda faol ishtirok etdi, − dedi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga kora, Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov 552 309 nafar yoki 2,92 foiz, Akmal Xolmatovich Saidov 582 688 nafar yoki 3,08 foiz, Islom Abduganiyevich Karimov 17 122 597 nafar yoki 90,39 foiz, Narimon Majidovich Umarov 389 024 nafar yoki 2,05 foiz ovoz toplagan.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga hozirgi paytda Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnoma va boshqa materiallarni korib chiqayotgani haqida axborot berildi. "Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq zarurat bolsa, ayrim uchastka saylov komissiyalarining materiallari sinchiklab tekshiriladi va shundan song Markaziy saylov komissiyasi saylov natijasi boyicha qaror qabul qiladi.

Qonunchilik talablariga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari togrisidagi axborot saylovdan keyin on kundan kechiktirmay, yani 2015-yil 8-aprelga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda elon qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Manba: Daryo.uz


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Bugun 16:00 da Prezident saylovi natijalari elon qilinadi

Bugun 16:00 da Prezident saylovi natijalari elon qilinadi
Bugun, 30 mart kuni soat 16:00 da Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari elon qilinadi.      

"Aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish mavzusida seminar bolib otdi

2015 yilning 21 fevral kuni Jizzax shahar hokimligida "Aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini  yanada yuksaltirish mavzusida seminar bolib otdi.   

Ozbekiston Prezidentligi uchun nomzodlar royxatga olindi

Ozbekiston Prezidentligi uchun nomzodlar royxatga olindi
Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni royxatga olish togrisidagi masala korib

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi boshlandi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi boshlandi
2014-yilning 26-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bolib otdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi. Bu haqda Ozbekiston

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni royxatga oldi

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni royxatga oldi
 15-noyabr kuni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: