17 2014

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat, Qonunchilik

Jizzax shahridagi "Zilol MFYda "Ozbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi Qonuni, aholining, ayollar va voyaga yetmaganlarning savodxonligini oshirish, ular ortasida odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish mavzusida davra suhbati bolib otdi.

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid

"Istiqbolli avlod yoshlar axborot marifat markazi Jizzax viloyat bolimi, "Milliy tiklanish demokratik partiyasi shahar Kengashi hamda MFY hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar va yoshlar, jumladan uy bekalarining ishtirok etgani diqqatga sazovor.

Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, kopchilikni tashkil etmoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugdirmoqda. Ular orasida ayniqsa, odam savdosidek ogir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch korinishga ega ekanligini alohida tahkidlash lozim.

Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bolgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinyapti.

Ozbekiston Respublikasining 2008 yilning 17 aprelidagi "Odam savdosiga qarshi kurashish togrisida"gi Qonuni va Yurtboshimizning 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisida"gi Qarori mamlakatimizda odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning milliy qonunchilik asoslarini yaratib berdi. Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish boyicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoyish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam korsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar otkazilib kelinayapti. Qolaversa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, tibbiyot va tahlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorligi tahminlanmoqda.

Xulosa tariqasida aytganda, odam savdosining har qanday korinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv hamda ozaro hamkorlikni talab etadi. MFYlarda tashkil etilayotgan u kabi tadbirlar esa ana shu hamkorlikni mustahkamlashga asos boladi.

 


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda "Milliy sport turlari va xalq oyinlari" festivali boshlandi

Jizzaxda
 2014 yilning 12 noyabr kuni Jizzaxda"Milliy sport turlari va xalq oyinlari" festivali boshlandi.

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng kolamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shugullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.

Jurnalistlar uchun Viloyatda onalar va bolalar salomatligi mavzusida davra suhbati bolib otdi

Jurnalistlar uchun Viloyatda onalar va bolalar salomatligi mavzusida davra suhbati bolib otdi
 Jizzax shahrida Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda Ozbekiston OAV salohiyatini oshirish loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar

140 nafar Orasta qizlar respublika bosqichida bellashdilar

140 nafar Orasta qizlar respublika bosqichida bellashdilar
 M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar korik-tanlovining Respublika bosqichi bolib otdi. 

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini ozgartirish togrisida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: