21 2015

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Ayni shu kunlarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi "Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70 yilligi esdalik yubiley medali bilan mukofotlash togrisida"gi hamda shu yilning 6 martidagi "1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida"gi farmoni ijrosini taminlashga qaratilgan tadbirlar uyushtirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax shahridagi "Hyp" tantanalar majmuasining kichik zalida bolib otdi. Unga koksini jangovar orden va medallar bezab turgan Jizzax shahri va tumanida istiqomat qiluvchi otaxon va onaxonlar tokin dasturxon atrofiga taklif etildi.

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Tadbirni viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov kirish sozi bilan ochar ekan, yigilganlarni umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Galabaning 70 yilligi bilan muborakbod etdi.

El boshiga ish tushgan osha suronli yillarning mashaqqat-u, zahmatini oz kozingiz bilan korgansiz, dedi viloyat hokimi. Dorilamon kunlarga, porloq kelajakka bolgan ishonch urushga otlanganlarni jon berib, jon olishga, front ortidagilarni esa kunni tunga ulab mehnat qilishga chorlaganligini biz juda yaxshi bilamiz. Har biringizning jasorat-u, matonatingiz ezozga loyiq. Sizlarga Ozbekistan Respublikasi Prezidenti nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70 yilligi esdalik yubiley medali hamda bir martalik pul mukofotlarini topshirish baxtiga muyassar bolganligimdan faxrlanaman.

Bir piyola choy ustida otgan kunlarni iztirob bilan eslagan nuroniylar bugungi tinch va osuda hayot qadriga yetmoqlik, uni yovuz kuchlardan saqlamoqlik ozini shu yurt farzandiman degan har bir kishining vazifasi ekanligini alohida takidladilar.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Xalqimiz, Prezidentimiz ardogida hayot kechirayotganligimga shukronalar aytaman, deydi Jizzax shahri Sangzor mahallasida yashovchi urush faxriysi Zubarjat Begtagirova. Barcha faxriylar qatori men ham mahalla-kuy ardogidaman. Bugungi tadbirda ishtirok etib, safdoshlarim bilan suhbatlashdim. Otganlarni yodga oldik. Faxriylar qadrlanayotganligidan, bizlar uchun barcha qulayliklar muhayyo etilayotganligidan ruhim tetiklashmokda. Qalbim quvonchga tolib, kuch-quvvatim oshayapti. Viloyatimiz hokimi Prezidentimiz nomidan koksimga yubiley medali taqib, qolimga mukofot puli topshirganlarida beixtiyor kozlarim quvonch yoshlariga toldi.

Koksiga yubiley medali taqilgan Haydar ota Egamqulov ham hayajonini yashirolmadi.

Bu yil 91 bahorni qarshiladim. Frontga otlanganimda 18 yoshga tolmagan navqiron yigit edim. Belorusdan Berlingacha bolgan jangovar yolni bosib otdim. Urushning oti ochsin. Uning dahshatlarini biz kordik, farzandlarimiz kormasin. Hayotim davomida turli zamonlarni, turli tuzumlarni boshdan kechirdim. Lekin, bugungiday inson qadr-qimmati ezozlangan davrni endi korayapman. Prezidentimiz 2015 yilni "Keksalarni ezozlash yili" deb nomlashining ozi ham biz faxriylar uchun oliy mukofot boldi. Iloxim, yurtimizga koz tegmasin. Mustaqilligimiz abadiy bolsin.

Malumot ornida, bugungacha 169 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga "Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70 yilligi" esdalik yubiley medali hamda kasaba uyushmalari, davlat va jamoat tashkilotlarining esdalik sovgalari topshirildi.

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi 

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi 

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

 


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navroz shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel boglagan "Mahalla xayriya

Keksalarni ezozlash yili davlat dasturidan orin olgan ustuvor yonalishlar

Keksalarni ezozlash yili davlat dasturidan orin olgan ustuvor yonalishlar
2015 yilning 18 fevral kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti "Keksalarni ezozlash yili davlat dasturi togrisidagi qarorni imzoladi.

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.  

Jizzax viloyat hokimi faxriylarga bayram sovgasi topshirdi

Jizzax viloyat hokimi faxriylarga bayram sovgasi topshirdi
 Yaqinda Jizzax viloyat hokimi Sayfiddin Ismoilov ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taminlangan oilalarni moddiy va manaviy jihatdan ragbatlantirish, ularga bayram sovgalarini ulashish

Jizzaxda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi nishonlandi

Jizzaxda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi nishonlandi
 Jizzax shahridagi Yunus Rajabiy nomli viloyat musiqali drama teatrida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bolib
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: