13 2015

Yagona darcha tadbirkorlarga qoshimcha imkoniyatlar yaratadi

Bo'limlar: Yangiliklar, Iqtisodiyot, Jamiyat

Yagona darcha  tadbirkorlarga qoshimcha imkoniyatlar yaratadi 

 

Mamlakatimiz  taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim orin tutadi. Shu bois ularni yanada rivojlantirish, soliq va boshqa tolovlar boyicha imtiyoz va preferensiyalar berish, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik subektlari moliya-xojalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari takomillashtirib borilmoqda.Shu bilan birga,zamon talablariga mos ravishda kun sayin yangilanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirish hamda biznesni rivojlantirishda muhim omil bolib xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2015 yil  28 sentyabrdagi "Tadbirkorlik subyektlariga "yagona darcha tamoyili boyicha davlat xizmatlari korsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlarida "Yagona darcha markazlari tashkil etilishi mamlakatimizda qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga tasirini baholash tizimining yolga qoyilishini hamda ortiqcha mamuriy cheklovlarni aniqlash va uni bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Tadbirkorlik subektlarining royxatga olishning yangi tartibi joriy etilishi barcha darajadagi davlat boshqaruvi  idoralari  bilan  munosabatlarda tadbirkorlar va mulkdorlar huquqlari ustuvorligini taminlamoqda.

Hozirda tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu markazlarni axborot kommunikatsiya va muxandislik-texnologiya vositalari bilan jihozlash, internet tarmogiga ulash, kadlar bilan taminlash ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Mazkur markazlarda tadbirkorlik subektlarini royxatga olish va hisobga qoyishni internet tarmogida avtomatlashtirilgan tizim orqali 24 soat uzluksiz amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda. Bundan tashqari, 16 turdagi davlat xizmatlarini "Yagona darcha markazlari orqali korsatish, amaldagi qonunchilikda yuridik shaxslarni davlat royxatidan otkazish muddati 2 kun bolsa, endi ushbu jarayon 30 daqiqa ichida amalga oshirilishi belgilangan.

Shu  choqqacha royxatga olish haqida qaror qabul qilish, statistik kodlarni olish, muhr va shtamp eskizini tasdiqlash hamda soliq tolovchining indentifikatsiya raqamini berish soliq organi tomonidan 3 soat ichida amalga oshirilgan bolsa, ushbu tartib-taomillarni avtomatlashtirilgan tizim orqali 30 daqiqa ichida rasmiylashtirish kozda tutilmoqda.

 

                                              Jizzax viloyat DSB Axborot xizmati

 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi taminlanmoqda

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi taminlanmoqda
2015 yil 15 mayda Prezident Islom Karimovning "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kafolatli va ishonchli himoyada

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik   kafolatli va ishonchli himoyada
Mamlakatimizda keyingi yillarda tadbirkorlik subektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish, ularning faoliyat yuritishlari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish boyicha tizimli va

Yagona portalda tadbirkorlikka oid huquqiy hujjatlar muhokamasi uchun imkoniyat yaratildi

Yagona portalda tadbirkorlikka oid huquqiy hujjatlar muhokamasi uchun imkoniyat yaratildi
 Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga tegishli ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash boyicha yangi
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: