26 2015

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

                                     Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi

2015 yilning 26 noyabr kuni Jizzax shahrida BMT Taraqqiyot Dasturi Mahalliy boshqaruv tizimini qollab-quvvatlash/2-bosqich loyihasining  2015 yildagi faoliyati natijalari va 2016 yildagi ish rejasiga bagishlangan uchrashuv bolib otdi. 
Viloyat faollari, tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va hokimliklarning masul xodimlari  ishtirok etgan tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturi loyihasi doirasida viloyatda mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, hududni barqaror rivojlantirish va boshqa sohalarda olib borilgan ishlar, uning samaralari tahlil etildi. 

- Bundan 5 yil avval boshlangan mazkur loyihaning maqsadi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalash, mahalliy boshqaruv organlari hisobdorligi va ularning faoliyati ochiqligini taminlash, xududlarni rivojlantirishdir. Loyiha yonalishlari birinchi bosqichda Namangan va Jizzax viloyatlarida,  ikkinchi bosqichda Toshkent viloyatida ham namunaviy tarzda amaliyotga tadbiq etilmoqda, deydi loyiha rahbari  Dilshod Isroilov. 

Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish yonalishida "Mahalliy davlat hokimiyati togrisida Qonunning 25-1 moddasiga hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish togrisida ozgarish kiritildi. Shuningdek,  Senat Kengashining Qarori bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy Reglamentiga ozgartish va qoshimchalar kiritildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining salohiyatini oshirish boyicha Dastur ishlab chiqildi va sinov tariqasida Toshkent viloyatida amalga oshirildi. "Mahalliy davlat hokimiyati togrisida gi Qonunning yangi tahriri Konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar korish togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son qarori qabul qilindi.

Viloyat hokimliklari veb-saytlarida "Ochiq malumotlar (Open Data) joriy etishda amaliy komak berildi.

Jizzax va Namangan shaharlarida joriy etilgan "Yagona oyna markazi" tajribasi asosida Savdo-sanoat Palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subektlari va aholiga davlat xizmatlari korsatuvchi "Bir darcha tizimi Konsepsiyasi ishlab chiqildi va undagi takliflar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (2015y. 15 may, PF-4725)da oz aksini topdi.

"Bir darcha markazlari 2016 yilning yanvar oyidan etiboran barcha shahar va tuman hokimliklari huzurida mavjud 193 ta tadbirkorlik subektlarini royxatga olish boyicha Inspeksiyalar negizida yaratiladi.

Davlat xizmati tizimini takomillashtirish yonalishida "Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ishga qabul qilish hamda davlat xizmatchilarini malakasini oshirish, kadrlar zahirasini shakllantirish tartibini takomillashtirish togrisidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasi ishlab chiqildi va MY.GOV.UZ da muhokama etildi. Shuningdek, Davlat xizmatchilarining Axloq Kodeksi loyihasi va uni tasdiqlash togrisidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasi, "Davlat xizmatchilari faoliyatini samaradorligini baholash togrisida va "Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan otkazish tartibi togrisida gi Nizomlar loyihalari ishlab chiqildi.

Hududlarni barqaror rivojlantirish yonalishida Toshkent viloyati Qibray tumani hamda Jizzax va Namangan shaharlarining 2016-2024 yillar uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Strategiyalari ishlab chiqildi va MY.GOV.UZ da muhokama etildi. Hozirgi kunda tadbiq etish boyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda shuningdek, loyiha tomonidan 2016 yildagi ish rejalari yani, "Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ishga qabul qilish hamda davlat xizmatchilarini malakasini oshirish, kadrlar zahirasini shakllantirish tartibini takomillashtirish togrisidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori va "Davlat xizmati togrisidagi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, Hududni rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini belgilovchi Hukumat Qarori qabul qilish borasida BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar borasida yigilganlarga atroflicha axborot berildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardilar.

Tadbirda viloyat hokimining orinbosari Rustam Kenjayev ishtirok etdi.

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi 

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi 

 Foto: Jizzax  shahar hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar otkazildi

Jizzaxda Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar otkazildi
Jizzax shahrida "Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish mavzusida seminar-trening otkazildi.

Jizzaxda boshqaruv faoliyatining ochiqligi mavzusida seminar bo'ldi

Jizzaxda boshqaruv faoliyatining ochiqligi mavzusida seminar bo'ldi
Jizzax viloyati Manaviyat targibot markazi majlislar zalida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi 190-son qarori ijrosi yuzasidan BMTTDning "Mahalliy boshqaruv

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi

Jizzaxda BMTTDning
 Bundan 4 yil avval boshlangan mazkur loyihaning maqsadi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalash, mahalliy boshqaruv organlari hisobdorligi va ularning faoliyati ochiqligini taminlash,
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: