17 2015

Jizzaxda odam savdosiga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik mavzusida mintaqaviy seminar boldi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

2015 yilning 16  dekabr kuni  Jizzaxda   viloyat hokimligi,  IIB, adliya boshqarmasi, prokuratura, viloyat xotin-qizlar qomitasi hamda Jizzax  viloyat Istiqlol avlodi NNT hamkorligida "Odam savdosiga qarshi kurashish idoralararo komissiyasi azolari, viloyat Kengashi deputatlari, davlat va nodavlat tashkilotlar,  idoralararo komissiyaning masul kotiblari, OAV lari ishtirokida "Odam savdosiga qarshi kurashda hokimiyat va nodavlat notijorat tashkilotlarinining ijtimoiy sherikligini amalga oshirish  masalalari boyicha mintaqaviy    seminar  otkazildi.

2015-12-17_162327 Seminarda Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri, Qoraqalpogiston Respublikasidan NNTlar rahbarlari va jamoat tashkilotlarining vakillari tajriba almashish uchun taklif etildi.

Seminar: Ozbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi Qonuni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-911 Qarori, Odam savdosiga qarshi kurashish boyicha viloyat  Idoralararo komissiyasining "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasida 2013-2015 yillarga moljallangan Tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda Jizzax viloyat IIB bilan hamkorlikda tuzilgan Ozbekistonda odam savdosi jabrlanuvchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularni mutasaddi tashkilotlarga yonaltirishni tashkillashtirish va odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini jadallashtirish doirasida 2013-2015 yillarga moljallangan Tadbirlar rejasining ijrosini taminlash maqsadida otkazildi, deydi  Jizzax viloyat "Istiqlol avlodi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Nazifa Kamolova.2015-12-17_162645

Seminarda soz olganlar "Ozbekistonda odam savdosidan jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilishda sud-huquq islohatlarining ahamiyati, "Noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari va uning oldini olishning chora-tadbirlari, "Odam savdosiga qarshi kurash boyicha idoralararo komissiyalar faoliyatini  ashkil etish va ijtimoiy sheriklik masalalariga qoyiladigan talablar hamda Jizzax viloyati misolida "Ijtimoiy sheriklik qonuni asosida davlat va nodavlat tashkilotlari samarali hamkorligi haqida maruza qildilar.

Seminarda "Istiqlol Avlodi NNT tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida (USAID moliyaviy komagi orqali)  Jizzax viloyatida odam savdosidan jabrlangan shaxslarga Qozogiston, Rossiya, Turkiya, Tayland va boshqa mamlakatlardan vatanga qaytarish uchun korsatilgan amaliy yordam va jabrlanuvchilarni hayotga moslashtirish borasida tadbiq etilgan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy yordam dasturlari haqida malumot berildi.2015-12-17_162457

Seminarda Odam savdosiga qarshi kurashish boyicha viloyat, shahar  Idoralararo komissiyalari tarkibiga kiruvchi davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, deputatlar ishtirok etib, odam savdosi muammosini oldini olish, qarshi kurashish, jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish, mutasaddi tashkilotlarga yonaltirish, shuningdek, voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasi, odam savdosi muammosini oldini olishda targibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish, yoshlarning huquqiy savodxonliklarini oshirishga yonaltirilgan tadbirlarni tashkillashtirish masalalari keng muhokama qilindi. Ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari organib chiqilib, ijtimoiy hamkorlik asosida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbirda joylarda hududiy idoralararo komissiyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi idoralari, jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bu boradagi faoliyatini yanada jadallashtirishlari, ozaro hamkorlikni kuchaytirishlari lozimligi takidlandi.2015-12-17_162934

2015-12-17_162515Seminar  kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Manba: Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish mavzusida davra suhbati bo'ldi

Jizzaxda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish mavzusida davra suhbati bo'ldi
 Davra suhbatida Ozbekiston Respublikasining Konvensiyani bajarishga doir Tortinchi milliy maruzasining CEDAW Qomitasi tomonidan korib chiqilishi yakunlari muhokama etildi. Xotin-qizlar

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bagishlangan seminar boldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bagishlangan seminar boldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning ornini kuchaytirish, ijtimoiy iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari ortasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bogliq

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: