14 2016

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Ma'lumki, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm koplab oilalar, xalqlar boshiga mislsiz kulfat solmoqda. Oz garazli maqsadlari yolida hech narsadan tap tortmaydigan bu kabi manqurt, razil kimsalar oz domlariga afsuski, tafakkuri endigina shakllanib borayotgan yoshlarni tortayotgani nihoyatda achinarlidir.

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 Yoshlarni yot goyalardan, chetdan keluvchi turli xavf-xatarlardan himoya qilishda mahalla ahli, keng jamoatchilik, ta'lim muassasalari, ayniqsa, ota onalarning orni beqiyos. E'tiborsizlik, farzandga nisbatan beparvolik hissi mislsiz jinoyatlar, qoporuvchilik harakatlariga olib kelayotgani achchiq haqiqat. Afsuski, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm kabi guruhlar ta'siriga tushib, qoliga qurol olgancha oz xalqiga oin bolishdek tavqi lan'atni boynida ilib yurgan kimsalar ichida bizning vatandoshlarimiz ham bor.

Ayni paytda joylarda bu kabi muammolarni oldini olish, aholini ogohlikka chaqirish, yoshlarni ma'naviy kamolotini yuksaltirish yuzasidan yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida otkazilgan yigilish ham ayni shu mavzuga bagishlandi. Yigilish avvalida "Ozbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan "Qiyomatga qolgan qarz hujjatli filmi namoyish etildi. Seminar yigilishida viloyat korxona, tashkilot, ta'lim muassasalari rahbarlari, mahalla maslahatchilari, faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Yigilishni shahar hokimi Asror Qobilov ochib berdi. Unda sozga chiqqanlar Respublika "Mahalla xayriya jamoat fondi raisi maslahatchisi Shavkat Joniqulov, viloyat hokimining orinbosari Eshtemir Ismatov, "Mahalla xayriya jamoat fondi viloyat bolimi raisi Abdumajid Sattorov xalqaro maydonda sodir bolayotgan turli noxush holatlar, turli estremistik guruhlarning nayrangi va uning oljasiga aylanib qolayotgan ayrim yurtdoshlarimiz haqida alohida ta'kidlab otdi.

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

 "Vatan biz tugilib osgan gosha mahalla, oiladan boshlanadi. Oz oilasini vatanini sevmagan insonlardan terrorizm kabi razolatni kutish mumkin. Yoshlar tarbiyasini mustahkamlash, ularga togri yol korsatishda nafaqat ota-ona balki ozini ozi boshqarish organlari, ta'lim muassasalarining orni yuqori. Endilikda jahon ayvonida bir emas biri nechta davlatlar taqdiriga xavf tugdirayotgan bu illatni oldini olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi muammolarning atroflicha hal etilishida mahalla maslahatchilarining yakdillikda ishlashi, tegishli tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, muammolarni oz vaqtida bartaraf etish shuningdek, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish kabi omillarning orni yuqori deydi Respublika "Mahalla xayriya jamoat fondi raisi maslahatchisi Shavkat Joniqulov.

Yigilish davomida Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, ayrim diniy ekstremistik va terroristik guruhlarga qoshilib qolgan, boshqa davlatlarga ishlash maqsadida ketib, ozining turli jinoyatlarini sodir etgan, oz qilmishiga kora qonunda belgilangan tartibda jazo olgan ayrim fuqarolar, ularning ota onalari, yaqinlari va mahalla fuqarolar yiginining maslahatchilari sozga chiqdi.

Oz qilmishidan pushaymon bolgan kimsalarning xolisona xulosasi, boshi ham bolgan ota onalarning nadomat ila aytgan gaplari keng jamoatchilikni yana bir karra ogohlikka undadi desak mubolaga bolmaydi.

Yigilishda soz olgan Jizzax Davlat pedagokika instituti rektori Abdugani Xolbekov yoshlar ma'naviyatini oshirishda, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimizning ahamiyati borasida ma'ruza qildi.

"Istiqlol yillarida yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratilayotgan, yurtimiz jahon bilan boylashayotgan shunday bir paytda soxta dinga da'vat qilayotgan ayrim diniy oqimlar ta'siriga tushishning ozi hayratlanarli xol. Biz yoshlar birlashib, ahillik, kamolot sari qadam tashlasak, hyech qanday yovuz kuch bizga oz ta'sirini otkaza olmaydi, deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mohigul Raimqulova.

Inson ongida ikkita goya ortasida ayovsiz kurash ketadi. Bunyodkor va vayronkor goyalar. E'tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, ma'naviyatli insonlar yuragidagi ezgu niyatlar bunyodkor goya bilan egiz tushunchalardek goyo. Aksincha, nafs botqogiga botgan, ozligini unutgan, ertasini oylamaydigan kimsalar bilib bilmay vayronkor goya targibotchisiga aylanib qoladi. Aytib otish joizki, buzgunchi goyalarni keng jamoatchilikka targib qilish, ozlarining sohta tariqatlarini kishilar ongiga singdirish kabi qabix ishlarni amalga oshirayotgan diniy aqidaparastlik guruhlarning faoliyati, ularning soxta tariqatlariga bagishlangan videorolik, lavha hamda xujjatli filmlar, joylarda ushbu mavzu yuzasidan otayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali ogohlik hissini yanada oshirish mumkin.

Diniy aqidaparastlikka qarshi kurashish hozirgi davrning dolzarb masalasidir. Bu borada muhtaram Prezidentimiz shunday fikr bildirganlar: "Odamlarimiz avvalobor, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni ozining mustaqil fikriga ega bolgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida ozligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men ozbek farzandiman, deb gurur va iftixor bilan yashashiga erishishdir.

Tafakkurni uygotish, atrofdagilarga ornak bolish, milliy qadriyatlarni e'zozlash, ota bobolarimizdan qolgan merosni koz qorachigidek asrash hamda bizga mehr va e'tibor, ulkan imkoniyatlarni hadya etgan Vatanni sevish orqali ma'nan yuksalish mumkin. Ma'naviy yetuk insonlar esa yot goyalar girdobiga tushmaydi, aslo aldanmaydi.

Yigilish qatnashchilari mavzu yuzasidan fikr almashishdi, yoshlar ozlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Mahallalarda"Fidoiylar guruhi' shakllanmoqda

Mahallalarda
Malumki, koplab sohalarning rivojlanishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taminlash, keng kolamli islohotlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar

Jizzax shahrida faollar ogohligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi

Jizzax shahrida faollar ogohligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi
Mahalla xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tashabbusi bilan mamlakatimiz mahallalarida tashkil etilayotgan bundan manaviy targibot tadbirlarda yurtdoshlarimizning ogoh va hushyor

Yurt tinchligi - oliy nemat

Yurt tinchligi - oliy nemat
Hozirgi globallashuv jarayonida dunyodagi koplab davlatlarda dinni niqob qilib olgan ekstremistik guruhlar tashkil etilib, buzgunchilik, qo`poruvchilik, hurujlarini amalga oshirib kelishmoqda.
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: