29 2016

RF DAVLAT DUMASI O'ZBEKISTON BILAN MOLIYAVIY DA'VOLARNI HAL ETISHNI MA'QULLADI

Bo'limlar: Yangiliklar

 

Rossiya Davlat dumasi juma kuni RF va O'zbekiston hukumatlari o'rtasidagi o'zaro moliyaviy talablar va majburiyatlar to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi, deya xabar berdi Davlat dumasi sayti.
Bitim 2014 yil 10 dekabrda Toshkentda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashrifi doirasida imzolangan edi. Hujjat sobiq SSSR Olmos jamg'armasi bo'limi va Tashqi iqtisodiy bankiga valyuta mablag'larini qaytarish, shuningdek, O'zbekistonga 1992-1993 yillarda taqdim etilgan kreditlar masalalarini o'z ichiga olgan sobiq SSSS amaliyotlari bo'yicha yuzaga kelgan barcha da'volardan voz kechishni ko'rib chiqadi.
Qonun loyihasiga kiritilgan tushuntirish xatida qayd etilishicha, Rossiya 2014 yil 1 noyabr holatiga ko'ra O'zbekistonning 889,3 mln AQSh dollari miqdoridagi (shu jumladan, 388,7 mln dollar foizlar bo'yicha) muddati o'tgan qarzidan voz kechadi. O'z navbatida, O'zbekiston Rossiyaga 25 mln dollar to'laydi.
Bitim kuchga kirishi bilan Rossiyaning byudjet qonunchiligida belgilab qo'yilgan O'zbekiston bilan kredit-moliyaviy hamkorlikni yurgizishga taqiq bekor qilinadi.
Imzolangan bitim Rossiya va O'zbekistonning harbiy, iqtisodiy va siyosiy hamkorligini kengaytirish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratadi,  dede Rossiya moliya vaziri o'rinbosari Sergey Storchak.
(gazeta.uz)
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

ROSSIYA VA O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMINI O'TKAZISHNI REJALASHTIRMOQDA

ROSSIYA VA O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMINI O'TKAZISHNI REJALASHTIRMOQDA
Shu yilning bahorida Rossiyaning Tomsk shahrida Rossiya-O'zbekiston yoshlar forumi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda Rossiya yoshlar uyushmasi rahbari Pavel Krasnorutskiyning so'zlariga tayanib

AQSh va Ozbekiston siyosiy maslahatlashuvlar otkazadi

AQSh va Ozbekiston siyosiy maslahatlashuvlar otkazadi
2016-yilning 19-21-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Ozbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot

1 yanvardan Rossiya hududida eski namunadagi pasportga ega bolgan Ozbekiston fuqarolariga aviachiptalar sotilmaydi

1 yanvardan Rossiya hududida eski namunadagi pasportga ega bolgan Ozbekiston fuqarolariga aviachiptalar sotilmaydi
2016 yil 1 yanvardan boshlab RF hududidan aviakompaniya reyslariga chiptalar sotuvi faqat biometrik pasportlar asosida amalga oshiriladi.  
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: