19 2016

GAME OVER

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

GTA kocha bezorisi haqidagi oyin. Bu oyinni osmirlik davrida oynamagan, undagi voqealar rivojiga qiziqib, oyinning yangi variantlarini kompyuteriga ornatmagan tengdoshimiz bolmasa kerak. Albatta bu oyinni hamma ham birday yoqtirib oynagan degan xulosadan yiroqman. Biroq bosqinchilik, bezorilik, vahshiylik va qotillikni, ortasida zoravonlik va zulmni, tahqirlash va adovatni targib etuvchi oyin inson ruhiyatiga tasir etmay qolmaydi.

GTA5-mainQolaversa, bunday oyinlar yoshlarni tartibsiz, xudbin va adovatli bolib ulgayishiga zamin yaratadi. Lekin bu oyin hayotga kochsa-chi? Bu endi haqiqiy fojeaga aylanishi shubhasiz. 2014 yil Moskvada bir guruh Markaziy Osiyolik yoshlardan iborat toda tomonidan shunday jinoyatlar seriyali ravishda sodir etila boshladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga qarshi kurash davomida toda rahnamosi sanalgan Ibaydullo Subxanov yoq qilinadi. SHundan song sud tomonidan toda azolariga nisbatan sud hukmi oqilib, ular bir necha yillarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Joriy yilning fevral oyida Jinoyat ishlari boyicha Jizzax viloyat sudida aynan shu ishlarni amalga oshirgan 5 kishidan iborat  todaning jinoiy qilmishlari ustidan hukm oqildi. Ularning jinoiy qilmishlari "Ozbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan "GTA yohud oyinga aylangan hayot korsatuvida batafsil ochib berildi.

Ozbekiston hududida ogrilik, talon-tarojlik bilan shugullangan va qoporuvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik korgan diniy ekstremistik guruhni tashkil qilgani uchun turli muddatga qamoq jazolariga mahkum qilingan bu guruhga yetakchilik qilgan Furqat Jorayev 12 yillik, uning 4 ta sherigi 5,5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga tortildi. Barcha ayblanuvchilar oz aybini toliq tan oldi. Bundan tashqari, F.Jorayev Rossiyada bosqinchilik, nomusga tegish, giyohvand modda tayyorlash va sotish aybi bilan 5 yillik qamoq jazosini otagandan keyin Ozbekistonga qaytib kelgan.

Jorayev aybini tan oluvchi korsatmalar berish davomida Rossiyada bolganda Moskva viloyatida harakat qilgan GTA bandasi deb nomlanuvchi jinoiy toda azolari bilan tanishib qolgan, u shundan keyin jihod goyalari asosida Ozbekistonda ham shunday todani tashkil qilmoqchi bolgan. Furqat Jorayevdan tashqari, todaning Aramais Avakyan, Murodulla Qayumov va Elmir Bekmambetov ismli azolari ham 2013 yilda Rossiyada uch yil ishlagach, Ozbekistonga qaytib kelishgan. Bu kimsalar Rossiyada markaziy osiyoliklar bilan muloqotda bolgandan keyin, ular tomonidan radikal islom tashkilotlarining tashviqotiga jalb qilingan.

Ozbekistonga qaytib kelgandan song ham mazkur guruh ozaro birlashgan holda qator jinoyatlarni uyushtirishni maqsad qilgan. Sud jarayoni esa bevosita xorijda istiqomat qilayotgan ayrim yurtfurush xoin jurnalistlar tomonidan goyoki Ozbekistonda ozga millat vakillariga nisbatan adolatsizlik qilinayotganligi haqida asossiz, bohton malumotlardan iborat maqolalar tayyorlab, goyoki jahon jamoatchiligi etiborini shu mavzuga qaratmoqchi bolishdi.

 Afsuski, sudning qora kursisiga otirgan jinoiy guruh allaqachon oz aybini tan olgan, sodir etgan har bir harakati yuzasidan kerakli xulosa chiqarib bolingan edi. Xullas, "GAME OVER, yani oyin tugadi. Guruhning qilmishiga nisbatan adolatli hukm oqildi.

Yurtimizdagi bugungi tinchlikni korolmayotgan, uning porloq kelajagiga shubha bilan qarovchi, uning erishayotgan yutuqlarini koraolmaydigan bu kabi insonlar koplab topiladi. Bugun ular internet orqali turli igvo materiallarni chop etishga urinayotgani ortida ham oziga xos maqsad, manfaatdorlik  turgani yaqqol namoyondir. Chet ellik rahnamolar esa Ozbekistonga tashqi tomondan zarba berish imkonsiz ekanligini  biladilar. SHu boisdan F.Jorayev kabi galamis insonlardan foydalanib, oz goyalarini, manfur qilmishlarini amalga oshirmoqchi boladilar.

Shunday ekan, ogohlik bugun har birimizning shiorimizga aylanmogi, zarur holatlarda esa yurt tinchligi uchun barchamiz birday kurashmogimiz kerakligini korsatadi.

H.Jorayev

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

QURILISH ORTIDAGI QILMISHI AYON BOLDI

QURILISH ORTIDAGI QILMISHI AYON BOLDI
Arqon qanchalik oralmasin, uning uchini topish muammo emas. Jinoyatchilar ham qanchalik abjirlik bilan  qoraqilmishlarini yashirishga urinishmasin,

Nafs degani balodur...

Nafs degani balodur...
Xalqimizda Nafs degani balodur, yonar otga soladur degan maqol bor. Nafsni jilovlay olmaslik kishi boshiga talay uqubatlar keltirishi tayin.  

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng kolamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shugullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!