28 2016

Barcha tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Jizzax viloyati hokimligining 2016 yil 15 apreldagi 04-396-sonli xatida, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7-apreldagi 06-03-27-15- sonli topshirigida, charm poyabzal sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berilishda qulayliklar yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, tarmoq korxonalari ortasida hamda chet ellik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mahsulotlar eksporti hajmini kopaytirish maqsadida "Ozbekcharmpoyabzali" uyushmasi tomonidan 2016 yil 18-20 may kunlari Toshkent shahridagi "Kamolot yoshlar ijodiy saroyi" binosida tashkil etilishi rejalashtirilgan "Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar-2016" V Xalqaro sanoat korgazma yarmarkasida ishtirok etish uchun, Jizzax shahridan mahalliy korxonalar taklif etilgan.

Ushbu yarmarkada respublika korxonalari va chet el kompaniyalarida ishlab chiqarilgan yangi charm, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur bolgan hom-ashyo va materiallar, dastgohlar va aksessuarlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar chet el kompaniya va firmalarining poyabzal va teri sohasida erishgan yutuqlari yuzasidan korgazmali seminarlar tashkil etiladi. Korgazma davomida chet ellik hamkorlar bilan mahsulotni sotib olish yoki sotish boyicha ozaro shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan ushbu yarmarkada ishtirok etishingiz soraladi.

Shahar hokimining

orinbosari G.Xidirov


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

ELON

ELON
Barcha tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga  

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi "2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasini tashkil qilish va otkazish chora-tadbirlari togrisidagi

Jizzax maxsus industrial zonasida yana uchta sanoat korxonasi ishga tushirildi

Jizzax maxsus industrial zonasida yana uchta sanoat korxonasi ishga tushirildi
Aytish joiz, mazkur korxonalar "Ozbekcharmpoyabzali assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Ularning ochilish marosimida sozga chiqqan viloyat hokimining orinbosari Rustam Kenjayev bundan
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: