02 2016

Jizzax shahrida Mehribon qaynona aniqlandi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

 

Yurtimizda xotin-qizlarning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, farzandlarimiz, ayniqsa qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar, ilm-fan choqqilarini egallab, hayotdan munosib orin olishlari yolida mustaqilligimizning ilk yillaridanoq izchil ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom ettirib kelinmoqda.

Xususan, "Mustahkam oila yili, "Obod turmush yili, "Soglom bola yili Davlat dasturlarining ijrosi samarali ta'minlangani fikrimizning isbotidir. Mazkur dasturlarda oila institutini mustahkamlash, ayollarning jamiyat hayotidagi roli va nufuzini yuksaltirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini royobga chiqarish, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarga alohida orin berilganligini ta'kidlash lozim.

Yurtboshimiz Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda 2016 yilga "Soglom ona va bola yili deya nom berar ekanlar, "Eng muhimi,"Ona va bola soglom bolsa, oila baxtli, oila baxtli bolsa, jamiyat mustahkam boladidegan hayotbaxsh goya har bir yurtdoshimizning qalbiga chuqur kirib borishi, ana shu ulug ishga munosib hissa qoshish barchamizning muqaddas vazifamizga aylanishi lozim- dedilar.

Darhaqiqat, oila jamiyatning ajralmas bolagi. Oilada yaqinlar ortasidagi mehr-oqibat, sahovatpeshalik, dostlik singari umrboqiy tuygularning sayqal topishi, oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishida qaynonalarning orni beqiyos.

Jizzax shahrida Mehribon qaynona aniqlandi

 Jizzax shahrida Mehribon qaynona aniqlandi

 

Kuni kecha Jizzax shahrining Forum majmuasida Jizzax shahar Xotin-qizlar qomitasi tashabbusi bilan "Mehribon qaynona korik-tanlovi bolib otdi. Tanlovni viloyat hokimining orinbosari, Xotin-qizlar qomitasi raisi Gulnora Toraeva kirish sozi bilan ochdi.

Tanlovning maqsadi - oilalardagi soglom ma'naviy muhitni shakllantirish, yoshlarda soglom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli, milliy, diniy an'analar hamda urf odatlarni saqlash va rivojlantirish, ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlash borasidagi keng qamrovli ishlarni targib qilish, oilaning ma'nan rivojlanishida qaynonalarning rolini oshirish, shuningdek, ularning ilgor hayotiy tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

Tanlovda hududiy bosqchilarda goliblikni qolga kiritgan 10 nafar qaynonalar 3 ta shart boyicha bellashishdi.

Jizzax shahrida Mehribon qaynona aniqlandi

 Jizzax shahrida Mehribon qaynona aniqlandi

 

Korik-tanlov davomida qaynonalarning intelektual salohiyati, aktrisalik mahorati bilan birga oiladagi muammolarni hal qilishda ularning orni va tavsiya, korsatmalari sinovdan otkazildi.

"Korik-tanlov shartlarida jamiyatimizda uchrayotgan oilaviy muammolarni hal etishda qaynonalarning orni, yoshlar tarbiyasida ularning mas'uliyati, qaynona va kelinlar ortasidagi ozaro mehr-oqibat masalalalarining korsatib berilgani yigilganlarga manzur boldi. Oila tinch bolsa, yurtda osoyishtalik boladi, ishimizda unum boladi. Albatta, oila deb atalmish muqaddas qorgonni elga na'muna qilishda qaynonalarning orni beqiyos. Bu yolda jonkuyarlik qilib kelayotgan fidoiy qaynonalarimiz baxtimizga omon bolishsin, deydi "Oilailmiy amaliy markazi viloyat bolimi rahbari Farogat Sattorova.

Tanlov natijalariga kora, "Toshloq mahallasida yashovchi Ma'mura Urdusheva golib deb topilib, viloyat bosqichiga yollanma oldi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovgalarga ega bolishdi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!
  Ayol - jamiyat korki, uning duru gavharidir! Har jihatdan soglom va barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan, oilada sevimli beka, jamoat ishlarida doim faol bolgan ayollarni

Matbuot anjumani soglom ona va soglom bola tamoyilini qaror topshirishga bagishlandi

Matbuot anjumani soglom ona va soglom bola tamoyilini qaror topshirishga bagishlandi
2015 yil 15 iyul kuni viloyat hokimligida "Soglom ona soglom farzand tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, oilada tibbiy

Jurnalistlar uchun Viloyatda onalar va bolalar salomatligi mavzusida davra suhbati bolib otdi

Jurnalistlar uchun Viloyatda onalar va bolalar salomatligi mavzusida davra suhbati bolib otdi
 Jizzax shahrida Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda Ozbekiston OAV salohiyatini oshirish loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: