07 2016

Uchariq mahallasida saylov otkazildi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Mazkur fuqarolar yigini nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda oziga xos oringa ega hudud sanaladi. Shu boisdan ham korgazmali saylov uchun aynan shu mahalla tanlanib, unga Jizzax shahri fuqarolar yiginlaridagi ishchi guruhlarining raislari, barcha qatlamdagi deputatlar taklif etildi.

Korgazmali saylovda viloyat hokimining orinbosari Zufar Narzullayev sozga chiqib, mazkur muhim siyosiy jarayon vohamizda birinchi bolib "Uchariq MFYda boshlanganligini takidladi. Shahardagi barcha fuqarolar yiginlaridagi ishchi guruhlari rahbarlari saylovini tashkil etish yuzasidan bu yerda toplangan tajribalarni bevosita oz hududlarida tatbiq etishlari lozimligini aytdi.

Saylov taqdirlash marosimi bilan boshlanib, shu mahallani 18 yil uzluksiz boshqargan, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan Umarqul Qobilovga viloyat va shahar hokimliklari tomonidan esdalik sovgasi topshirildi.

"Uchariq MFY1980 yilda tashkil etilgan bolib, mustaqillik yillarida Jizzax viloyatidagi eng ilgor ozini ozi boshqarish idoralaridan biriga aylandi. Viloyat, respublika miqyosida otkazilgan qator korik-tanlovlarda uchariqliklarga omad kulib boqdi.

Fuqarolar yigini raisi va maslahatchilari sayloviga tashrif buyurgan vakiillar chehrasiga boqib shu narsani anglash mumkin edi: ular oz mahallari taqdiriga befarq emaslar. Bugungi saylov mahallaning kelgusi istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini vakillar tiyran his etishadi.

Ishchi guruhining raisi Solijon Qobilov boshqarib borgan siyosiy tadbir qonun talablari asosida otkazilganligi bois barchada katta qiziqish uygotdi. Ayniqsa, mahalla raisligiga korsatilgan nomzodlar dasturini tinglashga, ulrani chuqur tahlil qilishga alohida etibor qaratildi. Axir, mahalla institutining orni va nufuzi tobora oshib borayotgan bugungi kunda yigin raisidan juda katta tashkilotchilik, tashabbuskorlik, fidoyilik talab etiladi. Aynan ana shu fazilatlar Qosimjon Oqilovda mujassam ekanligiga ishonch hosil qilgan mahalladoshlari uni kopchilik ovoz bilan ozlariga yetakchi qilib saylashdi.

Menga yuksak ishonch bildirib, mahalla fuqarolar yigini raisligiga saylagan vakillariga oz minnatdorchiligimni bildiraman, dedi tadbirda soz olgan Qosimjon Oqilov. Butun kuch va qobiliyatim, bilimim, mahoratimni elimga, yurtimga, mahallamga bagishlab, hududimizni respublikadagi eng namunali maskanga aylantirishga vada beraman.

Saylov jarayonida alohida obro etiborga, hayotiy tajribaga ega 7 nafar kishi mahalla maslahatchilari etib saylandi. Jizzax davlat pedagogika institutining professori Umarqul Rahmonqulov, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati Xidir Shukurov, saylovni tashkil etish va otkazishga komaklashuvchi viloyat komissiyasining raisi Bahrom Mamajonov va boshqalar sozga chiqishib, saylov demokratik talablarga binoan otkazilganligini takidlashdi


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Saylov oldi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda

Saylov oldi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat va jamiyat hayotini yanada demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash yolida bir qancha ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Hamkorlikning amaliy natijalari

Hamkorlikning amaliy natijalari
 Shu yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonfuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi bolib otadi.
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: