12 2016

Kitob isi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Savod va savodsizlik ortasi bir qadam. Oqimishli kitobda oqiganini gapiradi. Oqimishsiz esa quloqlari eshitganini. Zero, kozlar ozlarga, quloqlar boshqalarga ishonadilar. Demak, oqimishli bolish uchun kitob varaqlab turish kerak. Uning uchun yo kitob dokoniga yoki kutubxonaga tashrif buyurish zarurati tugiladi.

 Kitob isi

 Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyalari va tashkilotlari fedaratsiyasining ma'lumotlariga qaraganda, Kurrai zaminda 570 mingga yaqin kutubxona faoliyat yuritmoqda. Oz navbatida, mazkur muassasalarda 20 milliarddan ziyod kitob saqlanadi. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasining bosma fondi esa 6632098 nusxadan iborat. 2014 yilning yakunlariga kora, kutubxonaning foydalanuvchilari soni 96639 nafarni tashkil etgan. Payqaganingizdek, yuz mingga yaqin inson oqimishli bolish ilinjida kitob mutolaasi uchun kutubxonaga yol olgan.

 Mutolaaning foydali tomoni haqida ogiz ochilsa, soz boyligini oshirishi, kishilar bilan muloqotga kirishishda yordam berishi, xotirani mustahkamlashi kabi sabablar takror-takror yangrayveradi. F.Janlisning fikricha, kitob oqish bilan band insonlar hamisha televizor qarshisida otirishdan charchamaydiganlarni boshqaradi. Chunki onta kitobni oqib ham aqlli bolish mumkin, biroq osha onta durdona asarni qidirib topish yolida minglab nashrlarni kozdan kechirish lozim. Mutaxassislarning oxirgi izlanishlari shuni korsatdiki, bora-bora dori-darmon yordamida davolash "eski usulga aylanib, oz ornini musiqa, kitob, kulguga boshatib beradi. Hozircha kitoblar mutolaasi depressiya va boshqa ogir ruhiy muammolarning ajoyib yechimi ekanligi isbotlanib ulgurdi. Hatto, xorijlik ayrim shifokorlar allaqachon bemorlarni birinchi bolib, kutubxonaga, songra dorixonaga yuboryapti. Oylab qaralsa, kitob mutolaasiga ixlos qoyishga sabablar yetarli. Ammo nega metroda odamlarning qolida kitob emas, telefon va undagi poezd ustida sakrab yurgan bezori bola? Nega kinoteatrda yangi film namoyishi boshlansa, albatta, uni korishga oshiquvchi yoshlar oyda bir bora kitob dokoniga qadam ranjida qilmaydi? Nega mutaxassis "Alpomish dostonidagi Alpomish haqida soz yurita turib, " bobosidan qolgan 14 botmonli ketmonni kotargan deyishi kerak? Oqimishsizlikning yorqin korinishi emasmi, bu?

 Kitob isi

 Agar qizlar kitob oqimagan yigitlarga turmushga chiqmasa, agar koproq kitob oqigan insonlar xaridlarda turna qator navbatlarda turmasa, agar koproq oqigan inson koproq maosh olsa Bunday olib qaralsa, buni kitob oqimasdan ham eplash mumkin, togrimi? Yaxshi kitob targiboti qandaydir majburiylikdan yiroqda. Qoldan kelsa, sevgan yoringizning tugilgan kuniga ulkan yumshoq oyinchoq ayiq emas, bir sumka kitob sovga qiling. Kitobdan yaxshi sovga bormi, axir. Qoldan kelsa, ma'lum muddatga "internet akaning "jiyani "Guglni tinch qoyib, kerakli ma'lumotlarni kitobdan qidirib koring. Yoki dangasalikni "vaqt yoqotmaslik niqobiga orash osonroqmi? Eng ogriqli nuqta shundaki, bugun barcha narsaga pul topamiz. Hatto ozimizdan xushboy hid taralib turishi uchun chontagimizda oxirgi pulni berishga tayyormiz. Biroq kitob xaridiga gal yetganida, negadir buning iloji yoqdek. Har qalay, atigi ikki kun gazli ichimlik ichishdan bosh tortgan inson bitta oqishli kitobli sotib oladi. Har qalay, yozda tortta muzqaymoq, qishda tortta kofe ichmasa ham hyech kim xafa bolmaydi. Yoq, deganda, yaqinlaringizdan "qarz oling. Fransuz adabiy tanqidchisi Anatol Frans shunday degan: "Kitoblaringizni hech kimga bera kormang, yoqsa, ularni boshqa kormaysiz. Mening kutubxonamda boshqalardan oqishga olgan kitoblarim qolgan, xolos. Hozirgi kunda dunyoning ayrim kutubxonalaridagi kitoblar zanjirlab qoyilgan. Nega? Chunki uning ishqibozi kop. Aytishlaricha, tort narsaning ogrisi bolmaydi. Shu qatori kitobning ham. Nima uchun? Chunki uning foydasi kop.

Godak isi. Non isi. Inson uchun qadrli islar orasida sozsiz kitob isi mavjudligini aksariyat kitobxonlar inkor etmasalar kerak. U ham xuddi godakdek qalbga quvonch bagishlaydi. Nondek kuch beradi. Osha isni internetdan topa olarmikansiz? Bugun soat va daqiqalarni ham ortda qoldirib, soniyalar sayin yangilanib borayotgan tezkor zamonda bir tugmacha orqali olam-olam ma'lumotga ega bolish mumkinligini inkor etmayman. Biroq bir narsa aniq: hech narsa insonning tom ma'nodagi qadrdoniga aylangan, zakosini yuksaltirgan kitobchalik qadrdon bola olmaydi. Hissiz kompyuterning qudrati shu yerda nihoyasiga yetadi.

 Shu orinda haqli savol tugiladi. Olmon adibi Hyerman Hyessening ta'biri bilan aytganda, hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan oqilgan kitoblar soni soralmaydi. Shunday ekan, kitob oqish shartmi? Nodonlar davrasida otirgandan kora kitobdan taskin topgan afzalroq, menimcha. Oqimishli bolish uchun kitob oqish kerak. Yana shuni unutmang-ki, Qorbobo hech qachon qopini toldirib, sovgaga kitob tashlab ketmaydi

 -Har bir inson kitob oqimaslik huquqiga ega (Xalqaro kitob oquvchilar Xartiyasining birinchi bandi)

- Kitoblar hech qachon kitobxondan qochmagan, kitoblardan qochib yurganlar bor

 Ulugbek RAHMONQULOV

 


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari nomli kitob nashrdan chiqdi

Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari nomli kitob nashrdan chiqdi
"Navroz nashriyoti tomonidan joriy yilda "Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi,deb yozadi"Ozbekturizm milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Ushbu kitob

7 қ

7       қ
5  7  .  

Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir shiori ostida Kitob bayrami otkazildi

Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir shiori ostida Kitob bayrami otkazildi
2015 yil 28 may kuni Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir shiori ostida Kitob bayrami otkazildi.  
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: