13 2016

SUGURTA QONUNLARI AMALDA

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini uluglash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida turli sohalarda bolayotgan ozgarishlar, yangiliklarning barchasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ularga har jihatdan qulaylik, yoshlar uchun esa keng kolamdagi imkoniyatlarni yaratishni oz oldiga maqsad qilib qoygan. Amaldagi qonun hujjatlari ham fikrimiz isbotidir.

Ayni paytda fuqarolarning uzogini yaqin qilish, ularga turli qulayliklar yaratish maqsadida keng miqyosda transport qatnovi yolga qoyilgan. Ma'lumki, transport vositalari egalarining yol harakati mobaynida amal qilishlari kerak bolgan vazifalari belgilangan nizomda alohida korsatilib otilgan. Shu kunga qadar transport vositalari qatnovini togri yolga qoyish, haydovchi va yolovchi manfaatlarini himoya qilish, yol transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan bir necha qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 2008 yil 24-iyundagi Vazirlar Mahkamasining 141-sonli "Transport vositalari egalarining fuqaro javobgarligini majburiy sugurta qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonuni ham shular jumlasidandir. Keling, shu orinda ushbu qonun va uning mazmun mohiyatiga e'tiboringizni qaratsak.

SUGURTA QONUNLARI AMALDA

Unga kora mazkur qonunning maqsadi - transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning 3 moddasida jabrlanuvchi, kompensatsiya tolovlari, sugurta hodisasi, sugurtalovchi kabi jihatlarga e'tibor berilgan. Xususan, transport vositasining egasi - transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xojalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish togrisidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, oz xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan, transport vositasining mulkdori yoxud ozga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bolmaydi. Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish shartnomasi sugurta shartnomasi bolib, unga kora sugurtalovchi sugurta hodisasi sodir bolganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sogligi va mol-mulkiga ushbu sugurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning ornini shartnomada shartlashilgan haq evaziga sugurta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.

Qonunda ta'kidlanganidek majburiy sugurtaning asosiy prinsiplariga umumiylik, majburiylik, jabrlanuvchilarning hayoti, sogligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar orni qoplanishining kafolatlanishi kabi tushunchalar kiradi.

Shu orinda savol tugilishi tabiiy. Majburiy sugurta obyekti deb nimaga aytiladi?

Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sogligi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning ornini qoplash boyicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bogliq bolgan mulkiy manfaatlari majburiy sugurta obyektidir.

Majburiy sugurta shartnomasi boyicha sugurta qildiruvchining va majburiy sugurta shartnomasida korsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sugurtalanishi mumkin. Qonunda sugurta mukofotlari boyicha siylovlar ham belgilangan bolib, ushbu siylovlarni olish huquqiga quyidagi shaxslar ega:

- 19411945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 19411945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;

- konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bolganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bolish bilan bogliq kasallik tufayli halok bolgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;

- xizmatni Afgoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bolgan qoshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida otagan harbiy xizmatchilar hamda oquv va sinov yiginlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;

- Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;

- pensionerlar;

- nogironlar.

Ushbu moddaning birinchi qismida korsatilgan sugurta qildiruvchilarga sugurta mukofoti tolashda sugurta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Sugurta mukofoti summasining qolgan 50 foizi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish boyicha tolovlarni kafolatlash jamgarmasi tomonidan sugurtalovchining sugurta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e'tiboran on besh kun ichida qoplanadi.

Sugurta mukofoti boyicha siylov ushbu moddaning birinchi qismida korsatilgan sugurta qildiruvchining oziga tegishli bitta transport vositasi boyicha majburiy sugurta qilinganda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan sugurta mukofoti boyicha siylov togrisida sugurta polisiga tegishli belgi qoyiladi. Shu bilan birga qonunda sugurta tovoni miqdori, sugurtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi, kompensatsiya tolovlarini amalga oshirish, majburiy sugurta boyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish kabi jarayonlarning qonuniy asoslari bilan tanishish mumkin.

Xulosa ornida shuni aytib otish kerakki, ushbu qonunlarning mazmun mohiyatini chuqur anglab, hayotga tadbiq etish, oz huquq va erkinliklarimizdan foydalangan holda sugurtalashning qonuniy asoslariga amal qilish har bir fuqaroning burchidir.

Ma'mura Yoqubova


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Ozbekistonda yangi Yol harakati qoidalari joriy qilinmoqda

Ozbekistonda yangi Yol harakati qoidalari joriy qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son qaroriga muvofiq 2016 yil 1 martdan yangi Yol harakati qoidalari (YHQ)  kuchga kiradi.  

Axborotni sugurtalash: axborot xavfsizligini taminlashning istiqbolini belgilaydi

Axborotni sugurtalash: axborot xavfsizligini taminlashning istiqbolini belgilaydi
Hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish amrimahol. Biroq yangi imkoniyatlar ozi bilan kutilgan va kutilmagan xatarlarni boshlab kelishi bor gap. Shunday ekan, ushbu jarayonda yangi

Jizzaxda otgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa roy berdi

Jizzaxda otgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa roy berdi
Jizzax shahar Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi Ozbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish togrisidagi Qonun ijrosiga bagishlangab seminar
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: