14 2016

LIbos - tarbiya darakchisi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

"Kiss me,"Only for you,"I love you,"Love me, "Dirty dancer, "Bad girl

Bozor rastalarini aylanar ekansiz, qizlar nazdida zamonaviy, yarim yalangoch futbolkalar ustidagi bu sozlardan yoqa ushlaysiz. Korib kozing istihola qiladigan kiyimda ular ozlarini shunchalik bamaylixotir sezib, goyo songgi moda bilan hammani lol qoldirganday gururlanib qoyishlarini-ku asti qoyavering. Jamoat joylarida, kochalarda uchragan odamning avvalo, uning libosiga nazar tushadi. Ayniqsa, otasi tengi yoshi kattalar oldida bu alfozda yurish nafaqat qizlar uchun, balki, yigitilar uchun nomus ekanligini nahotki "moda ishqibozlari bilishmasa.

Xalqimiz azal-azaldan umrboqiy anana, milliy urf-odatlari bilan nom taratgan. Uvaysiy, Nodirabegim, Zebiniso, Zulfiyaxonim kabi axloqu, tafakkurda, istedodda tenggi yoq ozbek ayollarining hayot yoli avlodlar uchun katta ibrat maktabidir. Etibor bersak, ozbek ayollari nafaqat ozining latofati, balki, kiyinish odobi, libos tanlash madaniyati bilan ham kopchilikka ornak bolishgan.

 

Shu orinda haqli savol, nega ayrim "zamonaviy yoshlar bu ananalardan yuz burishmoqda. Beoxshov liboslar, yasama kipriklar, jilosini yoqotgan sochlar tabiiy gozallik jozibalarini yashirib qoymayaptimikan? Shunday kezda belga tushadigan qirq kokil, sumbul-sumbul qora sochlaru, uzun, burma koylaklar bizdan "arazladimi?

Bugungi globallashuv jarayonida insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berilmoqda, deydi "Olmazor mahalla fuqarolar yigini maslahatchisi Oftoboy Nishonova. Dunyodagi ayrim kuchlar shunday ham murakkab dunyoni yanada murakkablashtirishga zor berayotganliklari hammaga kundek ravshan. Xususan, doimo zoravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar "ommaviy madaniyat shiori ostida turli salbiy goyalarni, ayniqsa, yoshlar ortasida keng targibotni kuchaytirmoqda. Bu jarayon esa turli janrdagi filmlar, seriallar, rang-barang kongilochar shou-tomoshalar, oyinlarni qamrab olayapti. Achinarlisi, ommaviy madaniyat niqobida aksilmadaniyat paydo bolib, tobora keng yoyilayotir.

  LIbos - tarbiya darakchisi

 LIbos - tarbiya darakchisi

 Darhaqiqat, kimki "ommaviy madaniyat ortidan ergashsa, ozining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar "istemolchisiga aylanib qoladi. Oz-ozidan ravshanki, "ommaviy madaniyat asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek oziga tortadi. Haddan tashqari modaga ochlik, kiyimparastlik ham "ommaiy madaniyatning bir korinishi aslida. Bugun zamonaviy kiyingan yoshlar, ertaga eng zamonaviy telefon apparatini tutishni istaydi, disko klublarga boradi. Shu asnoda bora-bora turli illatlar qarmogiga ilinishi turgan gap. Yoshlar yangilikka och qatlam. Odatda taqiqlangan narsalar ularni oziga ohangrabodek tortadi. Taqiqlangan filmlar, kiyimlar, illatlar va hokazo

  Talim muassasalarida ham oquvchilar uchun namuna hisoblangan kiyimlar mavjud, deydi Jizzax shahridagi 10-son umumtalim maktabi direktori Tolqin Yunusov. Shunday bolsada, "Men forma kiyganman qabilida qaddini goz tutayotgan qizlarning yubkalari juda kalta va tor ekanligidan diling xira boladi. Hozir qizlar uchun tepa qismi keng pasti tor bolgan shim, yelka va yeng qismlari yirtilgan, belgacha uzunlikda bolgan koftalar urfda emish. Ayniqsa, yoz oylarida kocha-koyda qizlarning bu kabi yarim yalangoch liboslarda yurishlari odat tusiga aylanganligining ozi tashvishlalarnli holdir.

Tarbiya avvalo oiladan boshlanadi. Oz uyida otasi yoki akasidan hayiqmagan qizlar hech bolmasa, vijdoniga "men togri ish qilyapmanmi degan savolni berib korishganda yaxshi bolardi. Togri, zamon zamonaviylikni talab qilar, ammo zamonaviylik duch kelgan kiyimni egniga ilish, ozini koz-koz qilish, uyatga qolish degani emasku. Hatto mashhur moda ixlosmandlari tomonidan inson oziga qulay, sogligi uchun foydali libosda oz uslubini yarata olgani bu modadagi yangilik deya qaralgan.

Qiz bola bolajak oila bekasi, avlodlar davomchisi. Inson salomatligini mustahkamlashda liboslarning ham orni bolakcha. Tibbiyot xodimlari tomonidan songgi modadagi liboslar, tor bichimdagi shim va yubkalarning qizlar salomatligi uchun zararligi isbotlangan. Tana azolarining zoriqishiga sabab boluvchi, tabiiy matolardan tikilmagan liboslar salomatlik uchun jiddiy xavf tugdirishi muqarrar. Bu haqida hayotiy tajribaga ega bolgan onalar jilla qursa oz qizlariga buni aytishsa, kelajakdagi nohush holatlarning oldini olgan bolar edilar.

Insonning fel-atvorini uning kiyinishidan ham bilish mumkin ekan. Pala-partish, kir-chir kiyimda yuradiganlarning aksariyati badfel kishilar bolgani kabi didu farosat bilan kiyinish yuksak odob belgisi sanaladi. Shu orinda bir voqeani esga olaylik.

"Yon qoshnimizning xotin-qizi uzun kiyim kiyadigan bolib qolishdi, dedi u. Ochigi, xursand boldim. Chunki qoshnim, oila boshligi.

  Sodiq aka nihoyatda xushfel inson bolgani bilan xotini gap-gashtakka, hashamga och. Kunda-kunora Sodiq akaga hali u yoq, hali bu yoq deb, mojaro qilardi. Qizlariyam onasiga tortgan tannoz na salomni biladi, na qoshnichilikni. Xullas, ularning tosatdan uzun-uzun koylaklar kiyib, romol orab yurishlari butun mahallamizning diqqatini tortdi. Togrisi, bunday quvondim. Lekin quvonchim uzoqqa chozilmadi. Bir kuni ishdan keyin uyga borsam, kelinoyingiz gap topib keldi. Nima emish, Xosiyat (Sodiq akaning xotini) yaqinda Dubayga borarmish. U yoqlarda kiyimga oranib yuradigan xotin-qizlarga boshqacha ehtirom korsatilarmish. Bajarish yengil, maoshi kop tolanadigan ishlar ham ana shunday ayollarga nasib etarkan. Qoshnimiz bu gapni kimdandir eshitgan zahoti qizlariga ham, oziga ham shunday kiyimlar xarid qilibdi. Ayni paytda xorij sayohatiga tayyorgarlik korayotgan ekan. Ana xolos, dedim xotinimning gapini eshitib. Men bolsam, Sodiq akaning boshiga baxt qushi qonibdi, deb yuribman. Nahotki, asl qiyofani, fel-atvordagi qusurlarni shu yol bilan bekitish mumkin bolsa?!

 LIbos - tarbiya darakchisi

 Insonning fel-atvorini uning kiyinishidan ham bilish mumkin ekan, deydi Ozbekiston Musulmonlar idorasining Jizzax viloyatidagi vakilining orinbosari Botirxon Roziyev. Keyingi paytlarda bazi ayollar modaga kor-korona taqlid qilishmoqda. Darhaqiqat, azaliy qadriyatlarimiz bizni mudom odob-axloqli, hushxulq bolishga undaydi. Bu bilan biz yoshu qari kiyimga burkanib olishni nazarda tutmayapmiz. Kalta kiyim kiyganning hammasi behayo bolmaganidek, odoblilik ham faqat oranib kiynish bilan olchanmaydi. Aslida "ommaviy madaniyatdan ortda qolishni istamaydigan, ozini "koz-koz etishni hush koradigan, boshqalardan ajralib turishga organganlargina mana shunday liboslarda yurishadi.

 Shu boisdan ham mamlakatimizda qabul qilingan qator meyoriy-huquqiy hujjatlarda yoshlarni manaviyatimiz, soglom turmush tarzimizga yot goyalar, ayniqsa, "ommaviy madaniyat tasiriga tushib qolishdan asrashga alohida etibor qaratilmoqda. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 apreldagi "2010-2015 yillarda bolalar va osmirlarni manaviy kamol toptirishga yonaltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi togrisidagi, 2011 yil 14 oktyabrdagi "Bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga, soglom va barkamol avlodni shakllantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi, "Bolalarning dam olishini tashkil etish va soglomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorlarida yosh avlodni "ommaviy madaniyatning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, bu boradagi ishlarga davlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish masalalariga katta ahamiyat berilgan.

Prezidentimizning "Yuksak manaviyat yengilmas kuch kitobida yozilganidek:"Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl manaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogliq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va kopchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.

Libos millatning madaniyat belgisi, manaviyat timsoli, qadriyatning bir korinishi. Xulosa ornida shuni takidlash kerakki, har kim oz vijdoniga yarasha ish tutishi, "ommaviy madaniyatning jozibador korinishining qurboniga aylanib qolmasligi lozim.

Abulqosim Ahmedov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari,

Mamura Yoqubova, Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari.

 


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

IJTIMOIY TARMOQ BOLISHI MUMKIN QARMOQ

IJTIMOIY TARMOQ  BOLISHI MUMKIN QARMOQ
-Gozal, "Telegramda kamnamosan, tinchlikmi? Hatto yakshanba kunlari ham online bolar eding. -Qoy, gapirma shu internetni, ortoqjon. Endi hech qachon ozim yaxshi tanimagan bilmagan odamlarga

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi
Ma'lumki, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm koplab oilalar, xalqlar boshiga mislsiz kulfat solmoqda. Oz garazli maqsadlari yolida hech narsadan tap tortmaydigan bu kabi manqurt, razil

Farzandlari ezozdagi yurt

Farzandlari  ezozdagi  yurt
 Bu borada qilinayotgan ishlarni yoritishda  ommaviy axborot vositalari hamda  matbuotning orni katta  albatta. 
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: