16 2016

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasi haqida bilasizmi?

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

"Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni 2008 yil 11 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. 2009 yil 27 martda Senat tomonidan ma'qullanib, shu yilning 17 apreldan mazkur qonun kuchga kirgan.

Unga kora, barcha ish beruvchilar xojalik sub'ektlarining mulkchilik shaklidan qat'iy nazar ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugurta shartnomasini tuzishga majburdirlar. Xodimning oz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogliq holda, uning hayoti va sogligiga yetkazilgan zararni undirish boyicha huquqini amalga oshirishga komaklashish, mazkur zararni qoplash bilan bogliq ish beruvchining mulkiy manfaatlarini himoya qilish uning asosiy maqsadidir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish shartnomasi ommaviy sugurta shartnomasi hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasi haqida bilasizmi?

Qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan ayni paytda jamiyat tomonidan koplab amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasiga kora, sugurta puli quyidagi talablar asosida tolanadi:

- Faoliyatni 1 yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish shartnomasi tuzilgan oydan oldingi 12 oy uchun ish beruvchining barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida;

- oz faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyin keladigan 12 oy uchun ish beruvchining barcha xodimlarining 1 yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi 1- oydagi ish haqi miqdorini 12 ga kopaytirish orqali hisoblab chiqariladi;

- 1 yildan kam bolgan muddatga faoliyatni amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida.

Diqqat! Sugurta hodisasi roy berganda

Ish beruvchi tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlar quyidagilar:

- Ish beruvchining yetkazilgan zararni qoplash boyicha sugurtalovchi nomiga yozilgan yozma ravishdagi arizasi;

- yetkazilgan zararni qoplash boyicha ish beruvchining buyrugi nusxasi;

- Xodimning yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchining nomiga zararni qoplab berish talabi aks etgan ariza nusxasi;

- Sugurta hodisasi sodir bolgunga qadar xodimning yillik yoki ortacha oylik ish haqi ma'lumotnomasi;

- Mehnat shartnomasi nusxasi;

- Kasb kasalligi togrisidagi tibbiy xulosa;

- Sugurta hodisasi sodir bolganligini va oqibatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (Sud qarori, Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi va salomatlikka boshqacha tarzda shikast yetgani togrisida dalolatnoma, tmek xulosasi)

- Xodim vafot etgan hollarda xodimning olimi togrisidagi guvohnomaning notarial tomonidan tasdiqlangan nusxasi va manfaatdor shaxsning sugurta qoplamasini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlardan iborat.

Hurmatli fuqarolar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasi imkoniyatlaridan unumli foydalanaylik!

Ma'mura Yoqubova


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

SUGURTA QONUNLARI AMALDA

SUGURTA QONUNLARI AMALDA
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini uluglash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik

Ozbekistonda yangi Yol harakati qoidalari joriy qilinmoqda

Ozbekistonda yangi Yol harakati qoidalari joriy qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son qaroriga muvofiq 2016 yil 1 martdan yangi Yol harakati qoidalari (YHQ)  kuchga kiradi.  

Jizzaxda otgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa roy berdi

Jizzaxda otgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa roy berdi
Jizzax shahar Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi Ozbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish togrisidagi Qonun ijrosiga bagishlangab seminar
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: