20 2016

Sugurta atamalarini bilasizmi?

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Sugurta haqida atrofdagilardan kop eshitgansiz? Uning imkoniyatlaridan foydalanishga qaror qildingiz. Ushbu jarayonda siz sugurta atamalariga duch kelishingiz tabiiy. Bu borada sizga komak berishga shaymiz.

 Sugurta nima? U qanday ma'noni anglatadi? Dastavval shunga toxtalsak. Sugurta deganda yuridik va jismoniy shaxslar tolaydigan sugurta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari xisobidan muayyan voqyea (sugurta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sugurta shartnomasiga muvofiq sugurta tovonini tolash yoli bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.

 Sugurtalovchi - tegishli turdagi sugurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bolgan va sugurta shartnomasiga muvofiq sugurta tovoni tolovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bolgan yuridik shaxs hisoblanadi.

 Sugurtalash jarayonida sizga noma'lum bolgan ayrim atamalarning mazmuni uning qanday ma'noga ega ekanligini bilib olsangiz, bu borada qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Aksincha, bu kabi atamalar sizni koplab noqulayliklardan qutqaradi. Ularning ayrimlariga yuzlansak.

 Sugurta atamalarini bilasizmi?

Baholovchi atamasi Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq baholash faoliyati bilan shugullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (xususiy tadbirkor)larga nisbatan ishlatiladi. U sugurtadagi zararning miqdorini aniqlovchi shaxsdir. Shuni unutmangki, sugurta kompaniyasi xodimlaridan tayinlanuvchi da'volar boyicha mutaxassisdan farqli ravishda baholovchi mustaqil ekspert hisoblanadi.

 Kopchiligimiz avtotransport vositalarini sugurtalashatamasiga duch kelganmiz. Oz nomi bilan bu xalqaro amaliyotda yengil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, mototsikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sugurta turiga kiritiladi.

Avtokaskodeb esa transport vositalarini bir vaqtning ozida "Olib qochish va "Zarar yetkazish qaltisliklaridan sugurtalashga nisbatan qollaniladi.

Aktuar hisoblar sugurta turlari boyicha sugurta rezarvlari va tariflarini shaklllantirishning matematik va statistik uslublarini organishdir.

 Sugurtalash jarayonida anderrayter atamasiga ham duch kelishingiz tabiiy. Anderrayter ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sugurtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sugurta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sugurtalashga (qayta sugurtalashga) qabul qilish, taklif stavkalarni va sugurta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sugurta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxsdir. Anderrayter kompaniyaning sugurta (qayta sugurta) portfelini shakllantirishga ma'sul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sugurta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bolish shart.

Benefitsiar (Naf oluvchi) sugurta qildiruvchi tomonidan sugurta polisida sugurta qoplamasini yoki sugurta summasini oluvchi deb korsatilgan uchinchi shaxs. Sugurtalash jarayonida bir yoki undan ortiq kishilar ishtirok etishlari mumkin. Unga kora bu jarayon Birlashib sugurtalash deb nomlanadi.

 Sugurta atamalarini bilasizmi?

 Bonus atamasi ham sizga yaxshi tanish. Bonus sugurtalashda: hayotni sugurtalash boyicha sugurta zahiralarini investitsiya qilishdan foyda olgan sugurtalovchi tomonidan sugurta polisi egasiga oddiy tolovlardan tashqari tolanadigan summa, ya'ni kompaniya foydasida ishtiroki bilan polislar egalariga tarqatiladigan yoki ular uchun moljallangan pul mablaglaridir.

 Bu kabi atamalar aslida boshqa sohalarda ham uchraydi. Ammo nazdimizda ahamiyatsizdek koringan ilmiy atamalardan boxabar bolish ham shu soha yuzasidan bilimlarimizni mustahkamlashimiz, savollarga javob topishda komak beradi.

M. Yoqubova


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasi haqida bilasizmi?

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtasi haqida bilasizmi?
"Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni 2008 yil 11 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. 2009 yil 27

SUGURTA QONUNLARI AMALDA

SUGURTA QONUNLARI AMALDA
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini uluglash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik

Axborotni sugurtalash: axborot xavfsizligini taminlashning istiqbolini belgilaydi

Axborotni sugurtalash: axborot xavfsizligini taminlashning istiqbolini belgilaydi
Hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish amrimahol. Biroq yangi imkoniyatlar ozi bilan kutilgan va kutilmagan xatarlarni boshlab kelishi bor gap. Shunday ekan, ushbu jarayonda yangi
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: