03 2016

Jilli Gulli mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Katta sportga ilk qadamlar mahalladan boshlanadi. Shahar va qishloqlar, olis ovullardagi mahallalarda bolalar sport maydonchalari, turli seksiyalarni jamlagan majmualarning foydalanishga topshirilayotgani yosh avlodni soglom turmush tarziga odatlantiribgina qolmay, ular uchun nufuzli musobaqalar eshigini ochishi shubhasiz. 

Jilli Gulli mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

 

 

Jilli Gulli mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

  Joriy yilda Jizzax viloyati "Istiqlol Avlodi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan "Jilli Gulli mahallasida na'munaviy bolalar sport maydonchasini tashkil qilish nomli loyihasi "Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish mavzusida e'lon qilingan davlat grantiga sazovor boldi.

 Kuni kecha loyiha doirasida Jizzax shahri "Jilli Gulli mahallasida joylashgan 41 sonli maktabgacha ta'lim muassasasida ochilgan bolalar sport maydonchasi kichkintoylar uchun haqiqiy sovga boldi, desak mubolaga bolmaydi.

Tantanali ochilish marosimini Jizzax shahar hokimining orinbosari, Xotin-qizlar qomitasi raisi N.Muxtorova ochib berdi. Shuningdek, unda sozga chiqqanlar shahar Jizzax shahar XTMMTBTE bolimi mudiri M.Zoirjonov, "Mahalla hayriya jamoat fondi shahar bolimi raisi N.Qobilov yurtimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan amaliy ishlar va bu boradagi erishilayotgan yutuqlar togrisida alohida ta'kidlashdi.

Ayni paytda "Jilli Gulli mahallasida kam ta'minlangan oilalar soni 415 ta bolib, ularda tarbiyalanayotgan 16 yoshgacha bolgan yoshlar 580 nafar bolib, ularning 380 tasini qizlar tashkil etadi. Bolalarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqarli sport turlariga jalb etish maqsadida qurilgan maydoncha zamonaviy sport inventarlari bilan boyitilgan.

"Loyihamiz shahar Deputatlar kengashiga taqdim qilinib, maydonchaga joy ajratish boyicha shahar hokimining qarori tasdiqlandi. Shu bilan birga ijtimoiy hamkorlik borasida shartnomalar imzolandi. Loyiha ish faoliyatini monitoring qilish uchun Shahar deputatlar kengashi doimiy komissiya a'zolaridan Ishchi guruhi tuzilgan. Uni amalga oshirishda Jizzax shahar hokimligi, Jizzax shahar XTMMTBTE, "Mahalla hayriya jamoat fondi shahar bolimi, "Comfortable edje richly life MChJ kabi hamkor tashkilotlarning hissasi katta - deydi viloyat "Istiqlol Avlodi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari N.Kamolova.

 Bolalar maydonchasi bolalarning oz vaqtini mazmunli otkazishi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. U yerda joylashtiriladigan barcha jihozlarning bolalar uchun qiziqarli bolishiga erishish zarur. Sport oyinlari orqali bolalar atrof-muhitni yaqindan tanishadi, ozaro muloqot qilishni organadi va mustaqil harakatlanish, oz kuchini sinab korish imkoniyatiga ega boladi. Ayni paytda 41-sonli maktabgacha ta'lim muassasida 80 nafarga yaqin oquvchilar tarbiyalanmoqda. Yaqin qurib bitkazilgan sport maydonchasining ilk foydalanuvchilari esa bolajonlar bolib, ular sportning 6 ta turi boyicha jamoalar kesimida kuch sinashdi. Tadbir songida musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalarga tashkilotchilarning esdalik sovgalari topshirildi. 

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Yoshlar festivalida 8 ming nafarga yaqin oquvchilar togaraklarga jalb etildi

Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin oquvchilar  togaraklarga jalb etildi
    "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi yolida   Joriy yilning 20 may kuni Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi
Mamlakatimizda sportchi qizlarni qollab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda kelajak avlodni soglom qilib tarbiyalash maqsadida Xalq talimi vazirligi huzurida tashkil

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bagishlangan seminar boldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bagishlangan seminar boldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning ornini kuchaytirish, ijtimoiy iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari ortasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bogliq
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: