04 2016

Togrilik, ezgu tilak - Zoir akaga tirgak!

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

"Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan transport xodimi

Zokirov Zoir Tojiboevich bilan suhbat

Yollar... yollar... oziga xos sir-sinoati, mashaqqati va zavqi bor ularning. Manzili aniq, kechmishi kop yollar turli tasodiflarga boy. Shuning uchun bolsa kerak, u bizga nimadandir saboq beradi, orgatadi va manzilimiz sari eltadi. Yollar turlicha: avto yol, tog yoli, yer osti yoli va hokazo...

Yolovchilarni, mamlakatimizning chet davlatlari bilan aloqalarini yaxshilashda komakdosh tranzet yuklarni manzilga yetkazishda kamarbastalik qilayotgan temir yollari - mamlakatimizning qon tomiri, desak mubolaga bolmaydi.

1994 yil 7 noyabrda ishga tushgan "Ozbekiston temir yollari davlat aksiyadorlik jamiyatining yurtimiz taraqqiyotiga qoshayotgan hissasi beqiyos.

Jarayon nimadan boshlanadi?

Darhaqiqat, atrofdagilar uchun oddiy bolib koringan temir yol qatnovi bir muncha murakkab bosqichlarni oz ichiga oladi. Dastavval tabiat hodisalari va turli baxtsiz tasodiflarni oldini olish maqsadida yozgi kuzgi va bahorgi koriklar amalga oshiriladi. Yiliga ikki marotaba "Ozbekiston temir yollari davlat aksiyadorlik jamiyatining tekshiruvchi xodimlari tomonidan temir yol sistemasi toliq tekshiriladi. Temir yol tizimi, yoldagi izlarning soglomligi, aloqa tizimi, temir yol ehtiyot qismlari holati kozdan kechirilib, xulosalar chiqariladi. Hamma vaqt bu tizim nazorat ostida bolishi temir yol sistemasidagi odatiy jarayondir. Qatnov oldidan amalga oshiriladigan bosqich eng asosiysi bolib, u qatnovning sifatli va yaxshi amalga oshishini ta'minlaydi.

 

Togrilik, ezgu tilak - Zoir akaga tirgak!

 

Mehnat daftarchasidagi yagona sana bilan

 Qahramonimiz Zoir aka Zokirov hayotining asosiy qismi shu yollar qurshovida otgan. Temir yollarning past balandi, texnik jarayon va poezd uzra taralayotgan tovushlar unga yaxshi tanish. Yurtimizdagi temir yol sohasida qurilish ishlarida jonbozlik korsatayotgan Zoir aka kasbining haqiqiy fidoiysi, jafokashi.

1984 yil 19 oktyabr... Zoir aka bu sanani unutmasligining sababi bor. Chunki uning mehnat daftarchasida faqat shu sanaga kozingiz tushadi. Shu choqqacha oz kasbiga sadoqat bilan yondashib, uning mashaqqatlaridan koz yummagan temir yol ustasining bu sohaga kirib kelishiga oyisi Nuriya opa sababchi bolgan. Temir yol sohasida uzoq yillar xizmat qilgan oyisining taklifi mehnatkash, samimiy yigitga ma'qul keladi. Shahrimizdagi Jilli-Gulli mahallasidagi 24 maktabni bitirgach u Samarqand temir yollari kasb-hunar kollejiga oqishga kiradi. Oqishni bitirgach, ozi sevgan kasb sari olga borib, ish faoliyatini temir yol sozlovchisi vazifasidan boshlaydi. Ayni paytda u "Ozbekiston temir yollari davlat aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yol masofasi yol ustasi vazifasida ishlab kelmoqda.

Zoir aka ish mobaynida turli yumushlarga duch keladi. Bir kuni yol relizlari almashtirilsa, boshqa kunda shpallar kozdan kechiriladi yoki yollardagi nosozlik bartaraf etiladi. Doimo bir hil ish qilinmasligi va turli holatlarga duch kelishning ozi ham kishiga zavq bagishlaydi, deydi yol ustasi.

Butun Ozbekiston boylab

Kasbi taqozosi bilan Zoir aka yurtimizning barcha viloyatlarini kezib chiqqan. Baland Boysun tog yonbagrilarida qurilgan temir yolda, Navoiy-Uchquduq-Miskent, Angren-Pop yonalishlarida temir yollar qurilishida ustaning beminnat hissasi bor. Shu orinda aytish joizki, ayni paytda Toshkent-Vodiy yonalishida 19 km.600 metrlik yopiq tunel qurilishi yakunlanib qoldi. Tez orada vodiyga yuk yolovchi poezdlar ishga tushishi sohadagi katta voqyealardan biri boladi.

"Mashaqqatsiz kasb bolmaydi. Avvalo inson oz ishiga ozining havasi uygonsa, keyin boshqalar havasini uygota oladi. Kasbni insonning ozi qadrlasa, uning mehnatlari boshqalar tomonidan qadrlanadi. Kop yillar buyon temir yollar bilan hamrohman. Bu yollar insonga matonat va sabrni orgatadi. Bu yollarning oziga xos hikmati ham bor. Hyech qachon kasbimdan keta olmaganman. Bunga kasbga nisbatan uygongan mehrdan ozga sabab yoq. Ba'zida qiyinchiliklar bolganida chidaganmiz, organishdan qochmaganmiz. Inson oz kasbini sevsagina, uning koriga yaray oladi, deydi qahramonimiz.

Otameros fazilatlar talaygina

Zoir akani koplab yaxshi odatlari qatorida birini alohida ta'kidlash mumkin. U biror ishni boshlasa, birovlarning fikriga quloq solib qarorini ozgartirmaydi. Aksincha, boshlagan ishi sari dadil harakatlanadi va uni nihoyalaydi. Uning barcha ezgu fazilatlari otameros desak yanglishmaymiz. Zoir akaning otasi rahmatli Tojiboy bobo chapdast, haqiqatgoy va halol inson edi. Kop yillar qishloqda mexanizator bolib ishlagan Tojiboy ota togrisozlikni hamisha qadrlagan. Uning togri gapni odamning yuziga aytadigan odati, halollik, togrilik va rostgoylik borasidagi nasihatlari farzandlar tarbiyasiga ularning qon-qoniga singib ketgan.

Zoir aka uch qiz bir ogilning otasi. Qizlari tikuvchilik, tarbiyachilik, iqtisodchilik sohalarida yurtdoshlarimizga beminnat xizmat korsatib kelmoqda. Kenja ogil Sunnatbek ayni paytda 9 sinf oquvchisi. "Bittayu bitta ogil bolib, sizning kasbingizni davom ettirmasam uyat boladi, deya maqsadni aniq qoygan, shu kezlarda Samarqand temir yol kasb-hunar kollejiga hujjat tayyorlayotgan oglining shijoati otani behad suyuntiradi.

El ichra e'zozda

Yurtimizda oz mehnati, jafokashligi bilan el koriga yaragan, uning dardi bilan yashagan insonlar hamisha e'zozda, hukumatimiz e'tiborida.

Temir yol sohasidagi mehnatlari, jamoasi oldidagi na'munali hulqi, fidokorona xizmatlari tufayli Zoir Tojiboevich 2010 yil "Shuhrat medaliga sazovor boldi. Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan temir yol sohasida fidokorona xizmat qilgan 9 nafar xodimlar "Ozbekistonda xizmat korsatgan transport xodimi unvoniga sazovor boldi. Ular orasida Zoir Tojiboevich ham bor. Bu xushxabarni dastlab "Ozbekiston temir yollari davlat aksiyadorlik jamiyati Jizzax temir yol masofasi boshligi Xamroev Mirsharofdan eshitgan edi. Ha, yurtimizda kamtarona mehnati, insoniyligi bilan qadr topgan, el e'zozida bolgan fidoiy insonlar talaygina. Ularning hayot yoli ayniqsa, osib kelayotgan yosh avlod vakillari uchun ibrat vazifasini otaydi.

Tajribali yol ustasi Zoir akadan ayni paytda Oktam Abdurasulov, Jasur Fayzullaev, Nuriddin Doniyorov singari onlab shogirdlari kasb sirlarini organib oz faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Joriy yilning 5 iyun sanasida Zoir aka 54 yoshni qarshilaydilar. Tavallud ayyomi arafasida biz samimiy inson, farzandlarga mehribon ota, oilada sevimli yor, shogirdlarga tayanch tog bola olgan Zoir Zokirovga baxt-saodat, ulkan zafarlar tilab, farzandlar kamolini korish nasib etsin, hamisha el ardogida yashang, deb qolamiz.

Ma'mura YOQUBOVA


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Umr fayzi, saodati mehnat bilan

Umr fayzi, saodati mehnat bilan
Jizzax shahridagi Oqqorgonlik mahallasida istiqomat qilayotgan Marat ota bilan Motabar ayani kopchilik taniydi. Uzoq yillardan buyon birgalikda umrguzaronlik qilayotgan Zokirovlar oilasi

XITOY, QIRG'IZISTON VA O'ZBEKISTON TEMIR YO'LI BILAN BOG'LANADI

XITOY, QIRG'IZISTON VA O'ZBEKISTON TEMIR YO'LI BILAN BOG'LANADI
 2016 yilda Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'li qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda, deya qayd etdi Qirg'iziston bosh vaziri Temir Sariev Birinchi radio jamoat

Jizzaxda yollar ravonlashmoqda

Jizzaxda yollar ravonlashmoqda
"Ozavtoyol davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamizda sohaga mas'ul tashkilot sifatida ulkan bunyodkorlikka, yirik xalqaro yollardan tortib, kichik mahalla kochalarigacha bolgan qurilish
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: