10 2017

dam savdosi- millat kushandasi

Bo'limlar: Yangiliklar, Jamiyat

Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab Yurtboshimiz boshchiligida jamiyat hayotining barcha sohalarida keng kolamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda va muayyan natijalarga erishilmoqda. Tashqi dunyo bilan dostona aloqalarni tobora mustahkamlayotgan davlatimiz oz mintaqasida xavfsizlikning asosiy tayanchi vazifasini otayotganini jahon hamjamiyati ham e'tirof etmoqda. Dastlabki yillardanoq bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish goyasi ilgari surildi. Shu asosda milliy an'analarimiz, muqaddas qadriyatlarimiz va xalqaro huquq normalarini ozida mujassam etgan mamlakatimizning Bosh Qomusi ishlab chiqildi va uning asosida bir qator qonun va normativ huquqiy xujjatlar qabul qilindi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, otgan qisqa davr ichida respublikamiz qonunchilik tizimida inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bugungi davr talabi, jahon sivilizatsiyasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan mamlakatlararo migratsiya jarayonlari birmuncha faollashdi, fuqarolarning mehnat qilish, ta'lim olish, turizm va shu kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqishi, bundan tashqari turli sohalarda erkin faoliyat olib borishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.

Inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, ta'minlash har qanday davlatning birinchi darajali vazifalari ekanligidan kelib chiqib, huquqni muhofaza qilish hamda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi barcha organlarning faoliyati, maqsadi va vazifalari qayta korib chiqildi. Bunda asosiy e'tibor inson huquqlarini himoya qilinishiga qaratildi.

dam savdosi- millat kushandasi

 XXI asrning dastlabki yillari ilm-fan, texnika va axborot texnalogiyalar rivojining shiddatli tus olganligi, axborot almashinuvi tizimining tubdan takomillashganligi bilan insoniyat tarixida oziga xos davr boldi. Bu jarayonlarda dunyo mamlakatlari xalqaro munosabatlarda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy, ilm-fan, ta'lim sohalarida hamkorlik qilish, umuminsoniy qadriyatlar bilan bogliq muammolarni birgalikda hal etishga alohida e'tibor qaratmoqdalar.

Buning natijasida ijobiy ozgarishlar bilan bir qatorda, afsuski, keyingi vaqtlarda ayrim transmilliy jinoyatlarning ortib borishi ham kuzatilib kelinmoqda. Bu goyat achinarli xol ekanligini ta'kidlamay ilojimiz yoq. Garchi qopol eshitilsada, odam savdosi ana shunday transmilliy jinoyatlardan biri sifatida yurtimizni ham chetlab otmadi.

Odam savdosi inson, uning sha'ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik korinishlaridan biri bolib, ozining chegara, hudud, irq, millat, jins tanlamasligi hamda oz girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan butun dunyo ahlida katta tashvish va xovotir uygotmoqda.

Aytish joizki, odam savdosi dunyodagi kopchilik mamlakatlarda mavjud bolib, hal etishning yagona odam savdosining oldini olish, oziga xos sabablarini aniqlash, bartaraf etish, uning oqibatlarini imkon qadar yengillashtirish, mazkur jinoyat turidan jabrlanganlarga yordam korsatish va odam sotish bilan bogliq jinoiy faoliyatning milliy qonunchilik tizimida huquqiy asoslarini yaratishdan iborat.

Bugungi kunda dunyo miqyosida insonlarning kamsitilishi, ularning huquqlarini tan olmaslik va poymol qilish odam savdosi boyicha jinoyatlarning koplab sodir etilishiga olib kelmoqda. Bu esa, oz navbatida, jinoyatchilikning ushbu korinishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirishni, yuzaga kelish sabablarini aniqlashni, ularning oldini olishni, ozaro hamkorlikni xalqaro miqyosda aniq yonalishlar orqali kuchaytirishni talab etadi.

Insonlarni uluglash, ularning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlash asosiy qadriyatlarimizga aylangan ushbu davrda, bu singari mudhish illat noqonuniy qurol savdosi, giyohvandlik vositalarining gayriqonuniy muomalasi kabi ogir oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu borada ommaviy axborot vositalari, televidenie va radio kanallarida, internet saytlarida tinimsiz bong urib turli chiqishlar qilib kelinmoqda. Ana shunday insonlarni ogohlikka, hushyorlikka chaqirayotgan chiqishlarning kopligiga qaramasdan hali hanuz odamlar aldanib qolishmoqda, birovlarning aldov va xiylalariga osongina ishonib, momay daromad topish, katta boylik orttirish ilinji ularning fikru xayolini shu qadar band etgan-ki, hatto yon atroflaridagi kongilsizliklar, koz korib quloq eshitmagan qabih jinoyatlarning ortib borayotganligiga ham e'tibor bermay, xorijliklarning "yengil hayotiga mahliyo bolib qolishmoqda.

Songgi yillar ichida dunyoning aksariyat mamlakatlarida davlat siyosati darajasiga kotarilib qolgan odam savdosi muammosiga qarshi kurashish keng kolamda olib borilmoqda. Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa yoshlar ortasida ushbu illatning xavfi va oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish, vaziyatdan ogoh etish hamda habardorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan 2008 yilning 17 aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi Ozbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni tolaligicha qollab-quvvatlash va mazmunan boyitish, undagi chora-tadbirlarni aniq belgilab beruvchi yana bir huquqiy hujjat 2008 yil 8 iyuldagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-911-son qarori qabul qilindi. Hujjatlarda inson manfaatlari va uning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida asosan odam savdosidan jabr korgan kishilarlarga yordam berish va ularni himoya qilish, ushbu masalalar yuzasidan ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab qoyilgan. Barcha insonlar oz qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng huquqli bolib tugiladilar.

Ushbu qoida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasida, bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda hamda, belgilab qoyilgan bu hujjatlarda kotarilgan masalalar milliy qonunchiligimizda tolaligicha oz aksini topgan. Qabul qilingan qonun va qarorlarning ijrosi va mazmun mohiyatini aholi vakillari, ayniqsa mamlakatimiz kelajagi bolgan yoshlarga batafsil ma'lumot berib borish ular ortasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Respublika ma'naviyat targibot markazining mintaqaviy-hududiy bolimlari, xotin-qizlar qomitasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda mamlakatimizning barcha hududlarida, mahalla va qishloq fuqarolar yiginlarida, ta'lim muassasalarida mutaxassislar ishtirokida keng qamrovli ma'naviy-huquqiy mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar uyushtirib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda axolilarga hayotiy misollar bilan boyitilgan videolavhalar ham namoyish etilmoqda. Makkor kimsalarning hiyla va nayranglariga aldanib qolgan yurtdoshlarimizning ayanchli taqdirlari togrisida hikoya qiluvchi tele korsatuvlar, radio eshittirishlar, davriy matbuotlardagi tinimsiz chiqishlarni taxlil etish va ulardagi muammolarni sodir bolmasligi ham mumkinligini yoshlarimiz ongiga singdirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Albatta bu harakatlar yoshlarni ogohlikka, hushyorlikka undashi tabiiy.

Masalan yevropa hayoti bizning turmush tarzimizga "Ommaviy madaniyat illati orqali qanchalar tez va shiddat bilan kirib kelayotgan bolsa, shunchalik tez va oson koz korib quloq eshitmagan jinoyatlarning sodir etilishi ham kopayib bormoqda. Ota-bobolarimizdan qolgan ibratli hikmatlarning chuqur ma'no va mazmun kasb etishi qadim-qadimdan ayon. Masalan, "Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu, kabi hikmatlarning bugungi kundagi hayotimizga nechogli mos kelayotganligini payqab olishimiz qiyin emas.

Odam savdosi insonlarning erkinligi, tengligi va shaxsiy dahlsizligiga putur yetkazadi. Ularni turli xorlik va kamsitishlarga duchor etadi. Odam savdosi deb atalgan ushbu jinoiy faoliyat ortida majburiy mehnat, qullik, majburiy donorlik, harbiy toqnashuvlarda foydalanish, fohishabozlik kabi turli ishlar bilan shugullanishga majburlash bizning milliy ma'naviyatimizga mutlaqo yot bolgan qabih qilmishlar yotadi.

Bugun, jinoiy uyushmalar uchun odam savdosi serdaromad manba bolib xizmat qilmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, dunyo boyicha odam savdosidan tushadigan yillik daromadlar tahminan 7 milliard AQSh dollaridan ham oshib ketmoqda. Yana bir narsani afsus bilan ta'kidlab otishimiz lozimki, statistika ma'lumotlariga qaraganda keyingi on yillik ichida dunyoda "odam savdosi bozori va unga bolgan talab kundan-kunga katta-tezlikda ortib bormoqda. Dunyoda odam savdosi bilan bogliq vaziyatlar tahlili bu boradagi ahvolning hamon jiddiyligicha qolayotganligini korsatmoqda. Masalan BMTning ma'lumotlariga kora, dunyoda har yili taxminan 2 mln. 700 mingta shaxs odam savdosi atalmish "Qora bozorning qurboniga aylanishmoqda. Har yili 600 mingdan 800 mingtagacha ayollar va bolalar aldov yollari bilan chet ellarga olib chiqilib, sotib yuborilmoqda.

Mamlakatimiz oz mustaqilligini qolga kiritganidan song, tadbirkorlik va xususiy biznesga keng yol ochildi. Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda keng kolamli hamkorlik shartnomalari imzolandi. Yurtimiz fuqarolarining xorijiy mamlakatlarga bemalol chiqishlari uchun imkoniyat va yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Afsuski, ayrim nobakor kimsalar bunday shart-sharoit va imkoniyatlardan oz manfaatlari yolida foydalanib, sodda va ishonuvchan kishilarimizni turli firibgarlik yollari aldov va quruq va'dalar bilan chet davlatlarga olib chiqib ketishga urunmoqdalar. Afsuski buning oqibatida yurtdoshlarimiz ham "Odam savdosi deb atalgan jirkanch "Qora bozorning "haridorgir mahsulotii qurboniga aylanib qolishmoqda.

Odam savdosining oldini olish uchun keng jamoatchilik bilan hamkorlikda targibot-tashviqot ishlarini olib borishni yanada jadallashtirish, mahallalarda faoliyat korsatayotgan jamoatchilik vakillari va xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi, ularning huquklari himoyasini ta'minlash ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi qayta-qayta ta'kidlab otilmoqda. Bu muammo bugungi kunning eng ogriqli nuqtalaridan biriga aylanib qolganligini keng jamoatchilik vakillari, ayniqsa katta hayotga endi kirib kelayotgan yoshlarimizga aniq misollar bilan sodda va tushunarli qilib yetkazib berish nafaqat mutasaddi tashkilotlar yoki shaxslarning vazifasi, balki bu ish sizu-bizning, Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiyati, qolaversa, har bir kishining insoniylik burchi hisoblanadi.

.Husanov,

Jizzax shahrida joylashgan chegara

qoshinlariga qarashli harbiy qism xarbiy xizmatchisi


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda odam savdosiga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik mavzusida mintaqaviy seminar boldi

Jizzaxda odam savdosiga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik mavzusida mintaqaviy seminar boldi
2015 yilning 16  dekabr kuni  Jizzaxda    "Odam savdosiga qarshi kurashda hokimiyat va nodavlat notijorat tashkilotlarinining ijtimoiy sherikligini amalga oshirish 

Qora bozordagi Ajal

Qora bozordagi  Ajal
Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  tomonidan elon qilingan malumotlarga kora, bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga taxminan 400 milliard AQSH dollarini

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting:
Eng ko'p o'qilgan
Yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi
Yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax erkin iqtisodiy zonasida "Ozavtosanoat
Giyohvandlik-umr kushandasi
Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359
dam savdosi- millat kushandasi
dam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk
VATANNI SEVMOQ LOZIM
VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprogini kozlarga tutiyo
AYOLLAR SOGLIGI  JAMIYAT BOYLIGI AKSIYASIDA ISHTIROK ETING
AYOLLAR SOGLIGI JAMIYAT BOYLIGI AKSIYASIDA ISHTIROK ETING
2017-yil  "Xalq bilan muloqot va inson
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
Mustaqillikka erishgan Ozbekiston Respublikasi
OZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
OZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yolida
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yolida
Ozbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir
VATAN TINCHLIGI  ENG OLIY BAXT
VATAN TINCHLIGI ENG OLIY BAXT
Manaviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim
ARXIV