20 2014

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi

Bo'limlar: Yangiliklar, Saylov-2015

20 dekabr kuni 2014 yilgi saylovlarni yoritish boyicha Jizzax viloyat matbuot markazida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi

Viloyat saylov komissiyasi raisi Aleksandr Skripkin matbuot anjumani ishtirokchilariga sifat jihatidan yangi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda otayotgan bu galgi saylov kampaniyasining xususiyatlari haqida gapirib berdi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi

Tadbirda takidlanganidek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tatbiq etish doirasida, shuningdek 2009 yilgi parlament saylovini otkazish amaliyotini hisobga olgan holda mamlakatimizning Konstitutsiyasiga va saylov qonunchiligiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritildi. 

Shuningdek, 2014 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tadbirlar dasturiga qatiy muvofiq ravishda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilganligi takidlab otildi. Saylov qonunchiligini saylovchilarga keng tushuntirish, fuqarolarni siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, deputatlikka nomzodlarning ishchanlik va manaviy fazilatlari bilan tanishtirish, saylovchilarning saylovni otkazishga tayyorgarlik korish xabardorligi darajasini oshirishni taminlash boyicha samarali ishlar tashkil qilindi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi  

Anjumanda takidlanganidek, saylov kampaniyasi doirasidagi barcha tadbirlar ochiq va oshkora, qonunchilikka qatiy muvofiq ravishda otkazilmoqda. 

Qonunchilikka muvofiq saylov kuni oz yashash joylarida bolish imkoniga ega bolmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi. Ayni damgacha viloyat miqyosida 100 nafardan ortiq saylovchi muddatidan avval ovoz berish imkoniyatidan foydalangan. Ayrim saylovchilar salomatligiga kora yoki boshqa sabablar boyicha ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga muvofiq uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni ular turgan joyda tashkil etadi. 

Saylov kampaniyasining muhim bosqichi saylovoldi tashviqoti yakunlandi. Siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratildi. Saylovoldi tashviqotini olib borish uchun tekin asosda davlat tele- va radiokanallarida teng efir vaqti va respublika hamda mahalliy bosma OAVda teng bosma maydoni ajratildi. Siyosiy partiyalar saylovchilar bilan uchrashuvlarini mustaqil ravishda otkazish imkoniga ega boldi. 

Matbuot anjumanida xalqaro kuzatuv institutining ahamiyati alohida takidlandi. Bugun xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar missiyalari Jizzaxga ham kelib, oz faoliyatini amalga oshirayotganligi malum qilindi. Bulardan  Mustaqil Davlatlar Hamdostligi xalqaro kuzatuvchilar missiyasi azolari ayni damda viloyatimiz hududida bolib turishibdi. Matbuot anjumanidan oldin rossiyalik xalqaro kuzatuvchi Aleksandr Antonov jurnalistlar bilan uchrashdi hamda saylov jarayonining atroflicha yoritilayotganligi yuzasidan intervyu berdi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani boldi  

Takidlash lozim, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Osiyo, Evropa, Afrika, Amerikaning 50 dan ortiq davlatining 300 dan ziyod kuzatuvchilari royxatdan otkazilgan. Ular bevosita 21 dekabr kuni bolib otadigan saylovlarni kuzatadilar va ozlarining xulosalarini berishlari kutilmoqda. 

Viloyat saylov komissiyasi saylov kuni saylovlarni yoritish boyicha viloyat matbuot markazida 21 dekabr soat 15.00 da ovoz berish jarayoni haqida brifingda jamoatchilikni xabardor qilib boradi, keyingi kunda esa dastlabki natijalar elon qilinadi. 

Malumot ornida aytish lozimki bu yil viloyat miqyosida 463 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. ayni paytda 1 mln 227 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyatida saylovlarda 812 ming 259 nafar saylovchi ovoz berishi kutilmoqda. Ulardan 142 ming 144 nafari esa  birinchi marta ovoz beruvchilar sanaladi.

 

 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi

Jizzaxda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi
 2014 yilning 3 dekabrdan Jizzax shahrida deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan saylovoldi targibot uchrashuvlari boshlandi. Uchrashuvlar shahar saylov komissiyasi hamda siyosiy

Zominda Yoshlar va saylov - 2014 loyihasi otkazildi

Zominda Yoshlar va saylov - 2014 loyihasi otkazildi
  249-saylov uchastkasida tuman yoshlari ishtirokida "Vatan kelajagi sening qolingda shiori ostida "Yoshlar va saylov - 2014 loyihasi bolib otdi.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni royxatga oldi

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni royxatga oldi
 15-noyabr kuni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar

Jizzaxda Yangi yil archasi Mustaqillik maydonidan "Forum" majmuasiga ko'chiriladigan bo'ldi

Jizzaxda Yangi yil archasi Mustaqillik maydonidan
  Jizzaxda Yangi yil archasi endilikda "Mustaqillik maydoniga emas balki, boshqa hududga ornatiladigan boldi. Ayni paytda yangi yil archasini shahrimizdagi "Forum majmuasi hududiga

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini ozgartirish togrisida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: