18 2017

Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yolida

Bo'limlar: Yangiliklar

Ozbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir qator prinspial ahamiyatga molik bolgan ilgor progressiv goyalar oz aksini topgan. Shuningdek, oz hududida horijiy davlat harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yol qoymasligi alohida qayd etilgan. Ozbekiston tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qolishi Konsepsiyasida ham oz aksini topgan.

Turli zamonlarni kuzatar ekanmiz armiya, harbiylar davlatlarning ozodligi, xalqning erki, millatlar farovonligi uchun xizmat qilgan, zarur bolsa jonini fido qilgan. Tarixdan ham yaxshi ma'lumki, har bir mamlakatning tinch, osuda hayoti uning qudratli armiyasig bog`liq bo'lgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Quchlarni barpo etishga katta e'tibor qaratildi. Ozini himoya qila olmagan, mustaqilligi uchun kurashmagan elatlar doimiy ravishda mamlakatda birovlarga qaram bolib yashab kelgan. Zotan, Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov takidlaganlaridek, "Oz istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, Vatanini himoya qila olmaydigan, bunga kuchi-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir itoat etishda, boyin egishga majbur boladi.

Takidlashimiz kerakki, Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish, uning huquqiy asosini yaratish bilan chambarchas bogliqdir. Shu boisdan, otgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizdagi harbiy soha islohotlari bilan bogliq strategik maqsadlarga erishishning muhim huquqiy poydevori bunyod etildi. Eng avvalo, mamlakatimizning Bosh qomusida Ozbekiston Respublikasini himoya qilish Ozbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi belgilab qoyildi. Konstitutsiyamizda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakat suveriniteti va hududiy yaxlitligi, respublika aholisining osuda hayoti va xavfsizligini taminlash masadida tashkil etilishi mustahkamlandi. Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasining "Mudofaa togrisidagi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisidagi, "Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonuniga, Prezident va Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlariga aniqlik kiritildi.

2012- yilda yana bir tarixiy hujjat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan "Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlsh togrisidagi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimizning uzoq yillarga moljallangan tashqi siyosiy strategiyasini belgilab beruvchi ota muhim hujjat sifatida baholash mumkin. Ha, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz dahlsizligi ko'p jihatdan Qurolli Quchlarimizda xizmat qilayotgan mard,jasur, va sergak harbiylarimizga bog`liq. Shu bois mustaqilligimizning ilk yillaridanoq,davlatimizning birinchi prezidenti rahnamoligi va tashabbusi bilan Qurolli Quchlar tizimini tubdan isloh etish,modernizatsiyalash va zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. Ana shu e'tibor samarasi o'laroq o'tgan qisqa muddatda O'zbekiston o'zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, sarhadlarimiz dahlsizligini,xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir Qurolli Quchlariga ega bo'ldi, mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilma joriy etildi.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi mustaqillikning chorak asri davomida tizimda ham izchil islohotlar amalga oshirildi. O'tgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari dahlsizligini ta'minlash bo'yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir milliy armiyamizni barpo etish bo'yicha o'zining ko'lami va miqyosiga ko'ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda olib borildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan "Milliy armiyamiz mustaqilliqning tinch va osoyishta hayoimizning mustahkam kafolatidir" risolasida shunday ta'kidlagan edi, "Armiyaning kuch qudratini to'la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz Vatan va xalq o'z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o'g`lonlarimizning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish endi dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go'zal hayotni o'zi va oilasi kelajak avlodlari uchun ham beg`ubor va boqiy saqlashga ma'sul ekanini teran his eta olsin".

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi islohotlardan bilan chambarchas bogliq ravishda qabul qilingan qonunlar bilan birga, Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan imzolangan bir qator farmon va qarorlar ham armiyamizning qiyofasi va jangovar imkoniyatlarini , harbiy jamoalardagi manaviy-ahloqiy muhitni yanada kuchaytirsh maqsadida keng kolamli islohotlar amalga oshirildi.

Mustaqillik biz uchun ulkan imkoniyatlareshigini ochib,dunyo hamjamiyatida o'z o'rnimizni topishg zamin yaratdi. Shu bois, yurtimizning har bir fuqarosi mustaqillikni bebaho ne'mat sifatida qadrlab, uni asrab avaylashga, uning har bir kunidan samarali foydalanishga haraqat qilishadi.Ayniqsa bunyorqorliq ishlarining kundan-kunga, yildan-yilga ko'lami kengayib, shahar va qishloqlarimiz o'zgacha chiroy ochmoqda. Yurtda tinchlik, osoyishtalik hukm surib, Vatan obod, xalq turmushi farovon kechmoqda. Mana shu farovon hayotni ta'minlashda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan o'g`lonlarning hissalari beqiyosdir.

2012 yil 11 sentabrda Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tashabbusi bilan "Mardlik ordenining tasis etilgani bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir. Ushbu orden bilan harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolar orasidan Vatan himoyasi uchun ozini bagishlagan, ona-yurt xizmati yolida jasurlikva dovyuraklik korsatgan yurtdoshlarimizning mukofotlanishi belgilab qoyildi. Alohida hollarda orden bilan Ozbekiston Respublikasi fuqarosi bolmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov "Mening ezgu orzuyim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va hislatlarini ozida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandalarimiz ozi tugilib osagan, voyaga yetgan, ota-bobolarining hoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bolsin, degan ezgu goyani ilgari surganlar.

Mustaqil har bir xalqqa oz kuchi va qudratiga tayangan holda ajdodlarning asriy orzu umidlarini royobga chiqarish, hech kimga mute bolmay yashashdek muqaddas huquqni beradi. Bu huquqni himoya qilish uchun Vatanni har qanday xavf-xatar va hujumlardan saqlash, ganimlarga munosib zarba berishga qodir bolgan Qurolli Kuchlar milliy armiyaga ega bolishi talab etiladi.

 

Sh. Rajabov,7379 harbiy qism komandiri orinbosari, kapitan


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

VATANNI SEVMOQ LOZIM

VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprogini kozlarga tutiyo aylash, sarhadlarini koz-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini otab bolgan harbiy xizmatchilarni

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.  
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: