03 2017

Yangi oquv yiliga puxta tayyorgarlik korish dolzarb vazifa

Bo'limlar: Yangiliklar
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 2-avgust kuni umumtalim maktablari va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari ortasida ozaro integratsiyani taminlagan holda, 11-yillik orta talim tizimini joriy etish, orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.Yigilishda Bosh vazir va uning orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, joylarda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, xalq talimi va orta maxsus, kasb-hunar talimi hududiy boshqarmalari boshliqlari, oliy talim muassasalari rektorlari, oqituvchi va pedagoglar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Malumki, davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholi, jamoatchilik vakillari bilan otkazilayotgan uchrashuv va muloqotlar chogida, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bolayotgan murojaatlarda umumtalim maktablarida 10-11-sinflarni tashkil etish yuzasidan koplab takliflar bildirilmoqda.

Xalq talimi vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, oliy talim muassasalari rektorlari, keng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan ishchi guruh azolari tomonidan joylarda ota-onalar va oquvchilar hamda keng jamoatchilikning 2017-2018 oquv yilidan boshlab 9-sinf bitiruvchilari umumtalim maktablarining 10-sinflarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida oqishni davom ettirishiga oid fikrlari organildi.

Bu jarayonda umumtalim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oqishni davom ettirish niyatida ekani aniqlandi.

Yigilishda ota-onalar va bolalarning shu boradagi xohish-istaklarini toliq hisobga olish va royobga chiqarish zarurligi, ularning ovora bolishiga yol qoymaslik, shunday holatlar yuz bergan taqdirda tegishli tumanlar hokimlari, xalq talimi bolimi va talim muassasalari rahbarlariga nisbatan qatiy choralar korilishi takidlandi.

Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Xalq talimi vazirligi rahbarlariga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda shu yil 20-avgustga qadar har bir oquvchining aniq maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida oqishni davom ettirishini taminlash vazifasi yuklatildi.

Selektor yigilishida oquvchilar va ota-onalarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda oquvchilarga kasb-hunar orgatishning yangi tizimi oquv-ishlab chiqarish majmualarini joriy etish masalasi muhokama qilindi. Yangi oquv yili boshlangunga qadar bu majmualarni oquv jihozlari, kasb-hunar organish uchun zarur anjom va uskunalar bilan taminlash boyicha masul idora va shaxslar belgilandi.

Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, Ozbekiston yoshlar ittifoqining boshlangich tashkilotlari, tuman, shahar hokimlariga umumtalim maktablarida talim-tarbiya sifatini oshirish, har payshanba profilaktika kunida oquvchilarning davomatini organish va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish vazifasi topshirildi.

Yangi oquv yili boshlanguncha kasb-hunar kollejlarining oquv ustaxonalari negizida oquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktirish, kollejlardan uzoqda joylashgan umumtalim maktablari oquvchilari uchun maktabning oz bazasida oquv-ishlab chiqarish majmuasi yaratish yuzasidan tegishli korsatmalar berildi.

Oquv-ishlab chiqarish majmualarida chuqurlashtirilgan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydigan chilangar, tikuvchi, haydovchi, oshpaz, sartarosh, kashtachi, kulol, qandolatchi, novvoy, duradgor, suvoqchi, boyoqchi kabi jami ellikdan ziyod kasb-hunar orgatiladi. Bu majmualarda kasb egallagan oquvchilarga 11-sinfni yakunlaganidan song yetuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shugullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi.

Yigilishda kasb-hunar kollejlarida faoliyat korsatayotgan, dars soatlari hajmi kamaygan har bir oqituvchini ijtimoiy himoya qilish, ularni yangi oquv yili boshlangunga qadar oz mutaxassisligi boyicha ish bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratilib, mutasaddi shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

2017-2018 oquv yilidan boshlab maktablarning 10-sinf oquvchilarini yangidan ishlab chiqilgan oquv rejasi va dasturlari asosida zamonaviy darsliklar bilan taminlashga oid masalalar muhokama qilindi, tegishli tashkilotlarga darsliklarni vaqtida va sifatli nashrdan chiqarish boyicha uyushqoqlik bilan ish olib borish vazifasi yuklandi.

Yigilishda iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan talim muassasalarida 10-11-sinflarni tashkil etish, nodavlat talim muassasalari tarmogini kengaytirish masalalari ham korib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga joriy yilning 20-avgustiga qadar talim muassasalarini yangi oquv yili, kuzgi-qishki mavsumga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan talim obyektlarida olib borilayotgan qurilish-tamirlash va jihozlash ishlarini yakunlash boyicha tegishli korsatmalar berildi.

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Yoshlar festivalida 8 ming nafarga yaqin oquvchilar togaraklarga jalb etildi

Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin oquvchilar  togaraklarga jalb etildi
    "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi yolida   Joriy yilning 20 may kuni Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va

Bitiruvchilar bandligi doimiy etiborda

Bitiruvchilar bandligi  doimiy etiborda
Jizzax viloyatidagi orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarini joriy oquv yilida 18 ming 716 nafar yosh mutaxassis tamomladi. Ayni paytda ularning aksariyati turli ishlab chiqarish va xizmat

O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda
Jizzax shahar hokimligida Ozbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qomitasi tashabbusi bilan "Maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda voyaga etmagan qizlar orasida bitta ham erta tugruq
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: