09 2017

OAV haqidagi qonunlarga qatiy rioya qilish taminlanadi

Bo'limlar: Yangiliklar
Milliy matbuot markazida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining bugungi faoliyati va istiqboldagi vazifalariga bagishlangan matbuot anjumani bolib otdi.Mamlakatimizda Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan royxatga olinib, davlat reyestriga kiritilgan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1 ming 564 tani tashkil etadi. Bular 694 gazeta, 330 jurnal, 14 axborotnoma-byulleten, 4 axborot agentligi, 68 televideniye, 37 radiostansiya, 418 veb-saytdir. Ular 7 tilda va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-marifiy, sport kabi 20 dan ortiq yonalishda faoliyat olib bormoqda.

Davriy nashrlarning soni, matbaa sifati, materiallarining saviyasi, mazmun-mohiyatida sodir bolgan ijobiy ozgarishlarni inkor etmagan holda, ularni hozirgi kun talabiga tola javob beradi, aholining davr bilan birga osib borayotgan talabi, didi, manaviy ehtiyojini tola qondiradi, deb bolmaydi. Ayrim xususiy gazeta-jurnallarda chop etilayotgan materiallarning goyaviy-badiiy saviyasi past. Misol uchun, "Kelinchak, "Humo jurnallari, "Otdoxnem! gazetasi oz sahifalarida asosan Garb sanatkorlarining "ishqiy hayoti"ni muntazam yoritmoqda, oilaviy qonimsizlik, er-xotinning bir-biriga xiyonati, nikohsiz turmush singari illatlarni oddiy hol sifatida yozmoqda. Odamlarni shu kabi "sahnalar bilan oziga jalb qilishga urinayotgan "tadbirkor ijodkor"larga agentlik tomonidan bir necha marotaba ogohlantirish xatlari kiritilsa-da, ular oz faoliyatiga tanqidiy yondashib, xulosa chiqarish, tahririyatlar ishiga manaviy yetuk, boy hayotiy va kasb tajribasiga ega ijodkorlarni jalb qilish orniga yot salbiy holatlarni targib etmoqda.

Agentlikdan berilgan malumotlarga kora, qonunbuzarlik holatlariga bepisandlik bilan qarayotgan nashrlardan biri "Oltin asr jurnalidir. Ushbu jurnal mualliflik huquqi meyorlariga rioya qilmaslik, ozbek tili qoidalarini qopol ravishda buzish boyicha "rekordchi nashrlardan biri. Xususan, nashrning 1-sonida ondan ortiq material Ozbekiston Milliy axborot agentligidan kochirilganu asl manbasi korsatilmagan. Ozbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentimiz farmon, qarorlarining nomi va normalarini buzib korsatish holatlari boyicha ham "etakchi bolgan bu nashr sahifalarida sanoqsiz imloviy va uslubiy xatolarga yol qoyilgan. Jurnal respublika miqyosidagi nashr hisoblanadi. Ammo unda chop etilayotgan qator maqolalarda material qaysi tuman yoki viloyatga mansubligi qayd etilmagan, mahalla yoki maktab nomi korsatilgan, xolos.

Takidlanishicha, Surxondaryo viloyatidagi "Denov-ATR, Buxoro viloyatidagi "Gijduvon-TV, Jizzax viloyatidagi "Jizzax TV2 telekanallari, Andijon viloyatidagi "Diydor FM radiokanali, "Taraqqiyot telekanali sohaga oid qator meyoriy hujjatlarning tegishli moddalarini doimiy ravishda buzib kelgan.

Qonunbuzilishlarga chek qoyish maqsadida 2017-yilning otgan yetti oyi davomida agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalariga 100 dan ortiq, nashriyot va matbaa korxonalariga 70 ga yaqin tasir choralari qollanildi. Afsuski, qonunbuzilishlar yuzasidan tahririyatlar va muassislarga nisbatan qollanilayotgan tasir choralaridan tegishli xulosa chiqarmaslik, ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va erkinlikni suiistemol qilish oqibatida koplab taqdimnoma va korsatmalar qogozda qolib ketmoqda, natijada tahririyatlar faoliyatidagi xato va kamchiliklar takror sodir etilishi aniqlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvidagi maruzasida ham bugungi kunda yengil-elpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar, tele-radiostansiyalar kopayib borayotgani keskin tanqid qilindi, deydi Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev. Bundan har birimiz tegishli va zarur xulosalarni chiqarib olishimiz shart. Bugungi kunda yurtimiz, xalqimiz oldida ommaviy axborot vositalarining shani va qadrini, jurnalist, ziyoli degan sharafli nomni oqlash, unga munosib bolish har bir ijodkorning yuksak masuliyati va vijdon ishi bolmogi lozim.

Shu bois sohadagi kamchilik va salbiy holatlarga jamoatchilik etiborini qaratish, ayrim tahririyatlar faoliyatida yol qoyilayotgan qonunbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari faoliyatida aniqlangan salbiy holatlar haqida oz saytida materiallar elon qilib, ularni keltirib chiqargan omillarni jiddiy tanqidiy tahlil etib, bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar, amaliy yoriq va korsatmalar berib borishni yolga qoydi. Kelgusida agentlikda tashkil etilajak maxsus studiya orqali onlayn tarzda OAVning kunlik tahlili natijalarini berib borish ham rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

dam savdosi- millat kushandasi

dam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab Yurtboshimiz boshchiligida jamiyat hayotining barcha sohalarida keng kolamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda va muayyan

Ommaviy axborot vositalari xodimlari ortasida ETIROF tanlovi otkaziladi

Ommaviy axborot vositalari xodimlari ortasida ETIROF tanlovi otkaziladi
 Tanlov Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatinnng boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy komagida

Odam savdosi inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi  inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: