17 2016

Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

Bo'limlar: Yangiliklar

Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xojaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 16-sentabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.Shavkat Mirziyoyev safar davomida viloyatning Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, Dostlik tumanlarida boldi.

Jizzax viloyati faollari bilan bolib otgan yigilishda davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ozodligi, yurt ravnaqi, tinchligini taminlash borasidagi faoliyati, beqiyos xizmatlari alohida qayd etildi. Xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan bu buyuk siymoning hayot yoli bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi vazifasini otashi takidlandi. Songgi chorak asr mobaynida erishilgan olamshumul yutuqlarimiz kolamini yanada oshirish barchamizning burchimiz ekaniga alohida urgu berildi.

Shu bilan birga, tanqidiy ruhda otgan mazkur yigilishda viloyatda sanoat sohasining rivojlanishi, yetishtirilgan paxta hosilini yigib-terib olish va kuzgi galla ekish mavsumining borishiga doir masalalar tahlil etildi. Iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar, kommunikatsiya tizimlarini yanada taraqqiy ettirish, obodonlashtirish, zamonaviy bino va inshootlarni qurish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aholi turar joylari fondi va ijtimoiy soha muassasalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, sanoat va boshqa sohalarning bir maromda faoliyat yuritishini taminlash masalalari ham yigilish qatnashchilarining diqqat markazida boldi.

Shu kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasi bolib otdi. Unda tashkiliy masala korib chiqildi. Ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yol qoygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov oz vazifasidan ozod etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga kora Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor Toxtayev tasdiqlandi.

Shu kunning ozida yana bir nechta tashkiliy masalalar korib chiqildi. Jumladan, ishda yol qoyilgan xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, shuningdek, qator tuman hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ularning orniga yangi nomzodlar tasdiqlandi.

Manba: UzA


dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,7 foizga oshdi

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  13,7 foizga oshdi
Viloyat faollarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil otgan toqqiz oyi yakuniga bagishlangan  yigilishi bolib otdi.  

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bolib otdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bolib otdi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatimizdan saylangan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, viloyat

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bolib otdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bolib otdi
 2015 yil 10 yanvar kuni xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bolib otdi. 
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: