08 2017

Joriy yilda Jizzax viloyatida 2 yangi mehmonxona, 2 sanatoriy, 10 dan ortiq uy-mehmonxonalari ishga tushiriladi

Bo'limlar: Yangiliklar
Bugungi kunda turizm aksariyat mamlakatlarda milliy iqtisodiyotga salmoqli daromad keltiruvchi sohalardan biri hisoblanadi. Jahon sayyohlik tashkiloti malumotlariga kora, mazkur soha daromadi yiliga bir necha trillion dollarni tashkil etadi.

Turizm va turistik xizmatlar tobora rivojlanib borishi natijasida songgi yillarda uning bir necha noananaviy turlari ekoturizm, agroturizm, arxeologik, etnografik, ekstremal sharoitlar turizmi va boshqalar shakllana boshladiki, bugungi kunda ushbu yonalishlar mutaxassislar tomonidan tez taraqqiy qilayotgan sohalar sifatida etirof etilmoqda. Ayniqsa, sayyohlikning eng istiqbolli turlaridan biri ekoturizm jadal rivojlanmoqda.

Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bolayotir.

Jizzax viloyatida ham turizm, ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. 2016 yili viloyatga 23 mingdan ortiq mahalliy va 4 mingdan ziyod xorijlik sayyohlar tashrif buyurgan. Joriy yilning birinchi yarmida xorijlik sayyohlar soni 3 mingdan oshdi. Ularning aksariyati tabiat ishqibozlari ekoturistlardir.

Ekoturizm boshqa sohalardan farqli olaroq, katta xarajat talab etmaydigan, ammo yaxshi daromad keltiradigan biznes ekani malum. Biznesning bu turini rivojlantirishda Turkiston tog tizmalari bagrida joylashgan Zomin, Baxmal, Forish, Gallaorol tumanlari, Aydar-Arnasoy kollar tizimi hududida keng imkoniyatlar mavjud.

Ekoturizm jahon miqyosida sayyohlikning eng jozibador turiga aylanib borayotir, deydi Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining Jizzax viloyatidagi vakili L.Sanayeva. Ekosayyohlar oqimining kopayishi qishloq hududlari aholisi farovonligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu jihat hisobga olinib, viloyatda 2017-2021 yillarda turizmni rivojlantirish dasturida zamonaviy ekoturizm infratuzilmasini yaratishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu dastur asosida joriy yilning birinchi yarmida viloyatda 2 yangi mehmonxona, 2 sanatoriy, 10 dan ortiq uy-mehmonxonalar ishga tushirildi. YAngi turistik yonalishlar ochilmoqda.

Boy nabotot va hayvonot dunyosi, xushmanzara archazor toglari bilan mashhur Zomin tumaniga xorijlik sayyohlarning qiziqishi katta. Turkiston tog tizmalari bagridagi noyob ekotizimga ega bolgan Zomin xalq parki, Zomin qoriqxonasi, Zomin davlat ormon xojaligi hududida yovvoyi osimliklarning 700 dan ziyod turi, kam uchraydigan va noyob yovvoyi hayvonlarning 150 turi mavjud. Oriklisoy sharsharasi, 1000 yoshli Boboyongoq kabi tabiat yodgorliklari nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uygotmoqda.

Qadimiy tarixiy manbalarda tilga olingan Zominda xalqimizning uzoq otmishi bilan bogliq koplab yodgorliklar saqlanib qolgan. Tumanda sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi inshootlar, xizmat korsatish tarmoqlari barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Joriy yilda Zomin dam olish zonasida 370 va 160 orinli 2 yangi sanatoriy qurilib, ishga tushirildi. Hududdagi Oriklisoy, Hulkar, Usmonlisoy, Peshagor qishloqlarida sayyohlar uchun uy-mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda. YAqinda tumanda yana ikkita shunday uy-mehmonxona faoliyat boshladi.

Forish tumanining musaffo tog suvi, yam-yashil boglari, ekologik toza mevalari sayyohlarni oziga rom etmoqda. Uyda tayyorlanayotgan tandir non, qatiq, ayron, qimiz, saryog kabi hududga xos milliy mahsulotlar xorijliklarga manzur bolayotir.

Tumanda ondan ziyod uy-mehmonxona sayyohlar xizmatida. Joriy yilda yana ikkita shunday mehmonxona ishga tushirildi. Tegishli sertifikatga ega uylarda xorijlik mehmonlar talabiga javob beradigan barcha sharoit yaratilgan.

YUqori Uxum qishlogida peshtoqiga "Guest house degan lavha yozilgan uy-mehmonxona SHaripovlar oilasiga tegishli. Xonadon sohibi Rahmon turmush ortogi Nigina bilan xorijlik sayyohlarga xizmat korsatish bilan birga, ozlari ham yaxshigina daromad qilmoqda.

Toshkent, Samarqand shaharlarida boldim, deydi angliyalik sayyoh CHarli Tomas. Qishloq hayotini yaxshi koraman. Bu yerda barcha narsaning tabiiyligi menga yoqdi. Rahmon va uning oilasining mehmondostligidan mamnunman. Ozbekiston ajoyib yurt ekan. Ayniqsa, xalqingizning turmush tarzi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bunday tabiiylikni boshqa hududlarda uchratish qiyin.

Uxum, Asraf, Kohna Forish qishloqlarida ham barcha qulayliklarga ega 9 shunday uy-mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Ular hudud tabiati bilan tanishish maqsadida kelgan sayyohlar yashashi uchun juda qulay.

Qizilqum choli va Nurota tog tizmalari oraligida joylashgan Aydar-Arnasoy kollar tizimi yurtimiz hayvonat va nabotot olamining noyob turlarini saqlab kelayotgan tabiiy hududlardan biri sifatida ekoturizm manzillari royxatida alohida orin tutadi.

Kol sohilida, Forish tumani Qizilqum qishlogida qurib bitkazilgan 20 orinli kempingda sayyohlarga xizmat korsatish yolga qoyilgani hududda ekoturizmni rivojlantirishdagi muhim ishlardan biri boldi. Kempinglar yonida yana shuncha sayyoh dam olishiga moljallangan otov-mehmonxonalar ishlab turibdi. Ushbu sayyohlik maskanlarida dam olib, Qizilqumning oziga xos tabiati bilan tanishish, ov bilan shugullanish uchun barcha sharoit yaratilgan.

"Oxus traver masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan 1 ming 250 gektarlik, Egizbuloq qishloq fuqarolar yigini hududidagi "Jizzaxtogkonkimyo masuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 573 gektarlik dam olish maskanlarida ham sayyohlar va ov ishqibozlari uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Bu ishlarni hududda ekoturizmni rivojlantirish borasidagi dastlabki qadamlar, deyish mumkin. Tadbirkorlar mamlakatimizning yetakchi turoperatorlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda mazkur sohani rivojlantirish boyicha keng kolamli loyihalar ustida ish olib bormoqda. Loyihalarda turistik manzillarni kengaytirish, sayyohlarga xizmat korsatishni tashkil etishdan tortib atrof-muhitni muhofaza qilishgacha qamrab olinayotir. Loyihalar doirasida seminar otkazilib, gidlar, uy-mehmonxonalar sohiblarining oqishlari tashkil etilmoqda.

Ekosayyohlik nafaqat tabiat qoynida sayr qilish, ayni paytda mahalliy aholi, uning turmush tarzi bilan tanishish imkoniyati hamdir. Binobarin, bu yonalishdagi loyihalar orasida tabiatni muhofaza qilish, mahalliy aholi turmushi, urf-odat va ananalarini, ogzaki ijodi namunalarini organish, soglom turmush tarzini targib qilish asosiy maqsad sifatida amalga oshirilmoqda. Aholi faol ishtirok etayotgan bu ishlarning muhim jihati joylarda aholini doimiy daromad manbai bilan taminlashga xizmat qilayotganidir.

T.Beknazarov

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati xabarlari

OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati  xabarlari
Yangiobod. "Jizzax viloyatida ekoturizm rivojlanish istiqbollari mavzusidagi manaviy-marifiy tadbir Ozbekiston "Milliy tiklanishdemokratik partiyasi Yangiobod tuman Kengashi tomonidan

Tabiat korki va tarovati maftunkor

Tabiat korki va tarovati maftunkor
Jizzax viloyati Zomin tumanida purviqor toglari, gozal tabiat, musaffo havosi bilan mashhur. Bu tabiiy imkoniyatlar Zominda sport, ekologiya, madaniy hordiq va sogliqni tiklash

Chiroyidan koz quvnaydi, dil quvonadi

Chiroyidan koz quvnaydi, dil quvonadi
Jizzax viloyati mahallalari bugun kun sayin chiroy ochayotir: keng va ravon kochalar, zamonaviy turarjoylar, savdo va madaniy-maishiy xizmat korsatish obektlari ular
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: