05 2017

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida

Bo'limlar: Yangiliklar

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygusi bilan barhayotdir. Xotira kechagi otmishni, ajdodlar ogitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr insonni yuksaklikka kotaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bagishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oz hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bagrikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy ananalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida: 
1. Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va uni otkazish dasturi (keyingi orinlarda Dastur) 1-ilovaga muvofiq maqullansin. 
2. Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
3. Ishchi guruh (A.Aripov): 
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni "Qahramonlik, burch va fidoyilik hamda "Ajdodlarni xotirlash muqaddas qadriyat shiorlari ostida yuqori saviyada otkazishni tashkil etsin; 
Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli otkazilishini taminlasin va joylarga chiqib, Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va uni otkazishga amaliy yordam korsatsin; 
1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila azolariga moddiy, manaviy va boshqa turdagi yordamlar korsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va konglini kotarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;
yolgiz va kam taminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xojaliklarini tamirlash, obodonlashtirish hamda oz uy-joyiga ega bolmaganlariga turar joy ajratish boyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; 
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish davomida 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari korsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar ortasida tushuntirish, targib va tashviq etish boyicha madaniy-marifiy va vatanparvarlik yonalishidagi tadbirlar otkazilishini tashkil qilsin; 
1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin. 
4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Manaviyat targibot markazi, "Nuroniy jamgarmasi, "Mahalla xayriya jamoat fondi, "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati va "Ozbekkonsert davlat muassasasi bilan hamkorlikda: 
viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin; 
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qoshiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bogliq tadbirlarni tashkil etsin; 
kocha va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan plakat va stendlar bilan bezashni taminlasin. 
5. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bolib otadigan marosimlarga temir yol yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi hamda zarur hollarda kiyim-kechak bilan taminlanishi: 
Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan; 
Toshkent shahrida Ozbekiston Respublikasi byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
6. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 2017-yil 9-may soat 21.00 da bayram salyutini tashkil qilsin. 
7. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar otkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taminlasin. 
8. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va Qadrlash kuni otkazilishiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2017-yil 4-aprel
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni  9 may umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navroz shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel boglagan "Mahalla xayriya
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: