20 2017

Dashtobodlik urush faxriysi Umrzoq Anorboyev imtiyozli tarzda yengil avtomobil harid qildi

Bo'limlar: Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoniga muvofiq 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish maqsadida "GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish tartibi belgilangan edi.

Zomin tumanidagi Dashtobod shaharchasi, "Baxt mahallasida istiqomat qiluvchi 97 yoshli urush faxriysi Umrzoq bobo Anorboyev ana shunday imkoniyatdan foydalangan jizzaxlik faxriylardan sanaladi. Otaxonga "Damas rusumli avtomashina Jizzax viloyati hokimining orinbosarlari, tuman hokimligi, turli jamoat tashkilotlari vakillari, "Kamolot YOIH yetakchilari hamda mahalla raislari ishtirokida tantanali tarzda topshirildi.

Urushning mashaqqatini biz his etdik, farzandlarimiz aslo korishmasin, deydi urush qatnashchisi U.Anorboyev. Bugungi dorulomon kunlarga yetkazganiga shukr. Qiyinchilik kunlar ortda qoldi. Endi yurtimizning farovonligi yolida mehnat qilish, uning ravnaqiga hissa qoshish kerak. Hukumatimiz tomonidan korsatilayotgan muruvvatdan behad mamnunman.

"GM Uzbekistan AJ tomonidan Ozbekiston Respublikasi Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tomonidan taqdim etilgan hududiy taqsimoti boyicha shakllangan Ikkinchi jahon urush faxriylarining toliq royxatidan kelib chiqan holda har bir urush faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat ishlab chiqilgan edi. Mazkur sertifikatlarga muvofiq Ikkinchi jahon urush faxriylariga "Nuroniy jamgarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boyicha bolimlari mutasaddi xodimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida imtiyozli yengil avtomobillar topshirish boshlandi.

Eslatib otamiz, har bir urush faxriysi Sertifikatda korsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinchi va ikkinchi texnik xizmat korsatish "GM Uzbekistan AJ tomonidan bepul amalga oshiriladi, imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Ayni paytda Jizzax viloyati boyicha 61 nafar urush faxriylari shunday sertifikatlarga ega boldilar.

Eshtemir Ismatov Jizzax viloyati hokimining orinbosari

 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi
Istiqlol barchamizga baxtli yashash zavqi va tarovatini hadya etdi. Biroq mustaqillikkacha bolgan davrda mehnatkash ozbek xalqi boshiga koplab sinovlar tushdi. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni  9 may umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi
Ayni shu kunlarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi "Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovga qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navroz shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel boglagan "Mahalla xayriya
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: