13 2017

Valyuta kursining ozgarishiga qanday omillar tasir etadi?

Bo'limlar: Yangiliklar
Amaldagi valyuta siyosati doirasida valyuta kursining dinamikasi chet el valyutasiga bolgan talab va taklif nisbatiga tasir korsatuvchi ichki va tashqi omillar hisobiga shakllanadi, deyiladi Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida.
Valyuta kursiga tasir korsatuvchi ichki omillarga mamlakatda amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati, aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi ozgarishi va inflatsiya boyicha kutilmalari kiradi. 

Xususan, Markaziy bank tegishli pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali pul massasi yuqori suratlarda osishining oldini olish hamda milliy valyutadagi aktivlarning jozibadorligini oshirish yoli bilan chet el valyutasiga bolgan talab va taklif darajasiga tasir korsatishi mumkin. 

Bunda amaldagi qayta moliyalash stavkasi boyicha bank tizimiga likvidlilik berish yoki uni jalb qilish, tijorat banklari uchun majburiy rezerv talablarini ozgartirish va boshqa choralarni qollagan holda pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalaniladi. 

Monetar siyosat, shu jumladan, valyuta kursi siyosatining shaffofligini taminlash hamda aholining bu siyosatlardan kutayotgan ozgarishlarni organish maqsadida Markaziy bank jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishga alohida etibor qaratadi. 

Ushbu maqsadlarga erishish uchun davriy ravishda pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni tavsiflovchi tahliliy malumotlar ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi. 

Xorijiy valyutaga bolgan talab va taklifga hamda valyuta kursi ozgarishiga tasir etuvchi tashqi omillarga Ozbekistonning asosiy savdo hamkorlari bolgan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat va ularda amalga oshirilayotgan pul-kredit, shu jumladan kurs siyosati, tashqi bozorlardagi konyunktura hamda respublikaga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, tashqi qarzning qaytarilishi borasida bolayotgan ozgarishlar va ularning dinamikasi kiradi. 

Ushbu omillarning barchasi mamlakat tolov balansiga, yani respublikaga valyuta mablaglarining kirib kelishi va undan chiqib ketishi hajmlariga bevosita tasir korsatadi. 

Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi va uning tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda ozgarib borish xorijiy valyutaga bolgan talab va taklifni muvozanatlashtirish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, aynan bozor mexanizmlari asosida shakllanadigan valyuta kursi tashqi sharoitlar ozgarishiga tez moslashish va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish orqali "avtomatik stabilizator funksiyasini bajaradi. 

Tashqi omillarning tasiri kuchaygan sharoitda ayirboshlash kursini barqarorlashtirish boyicha pul-kredit siyosati imkoniyatlarining cheklanganligini inobatga olgan holda Markaziy bankning asosiy etibori valyuta kursi ozgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga, yani ichki narxlar oshishining oldini olishga qaratiladi. 

Xususan, devalvatsiya jarayonlari yuzaga kelganda Markaziy bankning foiz siyosati monetar omillarning inflatsiyaga tasirini kamaytirish, somning xarid qobiliyatini saqlab qolish va milliy valyutadagi moliyaviy aktivlarning (aholi va xojalik yurituvchi subyektlarning jamgarmalari) qadrsizlanishiga yol qoymaslikka qaratiladi. 

Ayirboshlash kursini aniqlash mexanizmi

Somning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi tijorat banklari tomonidan oz mijozlari xojalik yurituvchi subyektlarning tegishli buyurtmalari asosida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish amaliyotlari otkaziladigan Ozbekiston Respublikasining valyuta birjasidagi har kunlik banklararo savdo sessiyalarida shakllanadi. 

Boshqacha qilib aytganda, har bir xorijiy valyuta sotuvchi va xarid qiluvchi subyekt bu operatsiyalar boyicha xizmat korsatuvchi banklariga beradigan buyurtmalarida ozlariga maqbul bolgan valyuta narxini (sotuvchi sotishi mumkin bolgan eng past kursni va xarid qiluvchi sotib olishi mumkin bolgan eng yuqori kursni) belgilab beradi. 

Chet el valyutasini sotish va sotib olish boyicha barcha buyurtmalar shakllantirilganidan keyin valyuta birjasida bolib otadigan banklararo elektron savdolari davomida valyuta kursining ozgarib borishi orqali xorijiy valyutaga bolgan talab va taklifning muvozanatiga bosqichma-bosqich erishilishi natijasida birja kursi shakllanadi. 

Valyuta birjasi savdolaridagi tijorat banklarining operatsiyalari iqtisodiyotdagi chet el valyutasiga bolgan jami talab va taklifning joriy nisbatini shakllantirib, birjada yuzaga keladigan ayirboshlash kursi uning muvozanat darajasini aks ettiradi. 

Birja savdolari har kuni otkazib boriladi va kundalik savdo natijalariga kora ornatilgan kurs Ozbekiston Respublikasining valyuta birjasi elektron saytida elon qilib boriladi (www.uzrvb.uz). 

Ayirboshlash kursining shakllanishi uchun bozor sharoitlarini taminlash maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki minimal darajada boladi. Alohida hollarda Markaziy bank valyuta kursi keskin tebranishlarining oldini olish maqsadida chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini otkazishi mumkin. Ichki valyuta bozori va uning ishtirokchilari ayirboshlash kursining bozor shartlarida shakllanishiga toliq moslashguniga qadar malum vaqt talab qilinishini inobatga olgan holda, dastlabki bosqichlarda Markaziy bankning ishtiroki faol boladi. 

Markaziy bankning rasmiy kursi haftasiga bir marta, otgan haftadagi valyuta birjasi savdolarida qayd etilgan kurslarning ortacha darajasida ornatilib, buxgalteriya hisobi, valyuta operatsiyalari boyicha statistik va boshqa hisobotlar, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy tolovlarni hisoblash maqsadida qollaniladi. 
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Ozbekiston iqtisodiyotiga qariyb 16 milliard dollar investitsiya kiritildi

Ozbekiston iqtisodiyotiga qariyb 16 milliard dollar investitsiya kiritildi
Keyingi 11 yilda, jumladan, joriy 2015  yilda yalpi ichki mahsulotning osish suratlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bolib kelmoqda, makroiqtisodiy korsatkichlar mutanosibligi, davlat

Fitch: Ozbekiston davlat banklari neft narxlari ozgarishidan zarar kormadi

Fitch: Ozbekiston davlat banklari neft narxlari ozgarishidan zarar kormadi
Ozbekiston davlat banklari neft narxlari ozgarishidan zarar kormadi, biroq depozitlar dollarlashtirilishining yuqori darajasi valyuta kursi keskin ozgaradigan holatlarda ularning aktivlari sifati

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qoyilmoqda

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qoyilmoqda
 Yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridan ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Xususan, soha vakillarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: