22 2017

Jizzaxda yangi qoshma korxona qurilmoqda

Bo'limlar: Yangiliklar
Jizzax shahrida "Silk Expert prcessing ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan Ozbekiston Buyuk Britaniya qoshma korxonasi poydevoriga tamal toshi qoyildi. Shu munosabat bilan otkazilgan marosimda "Ozbekipaksanoat uyushmasi xodimlari, Buyuk britaniyalik investorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Mamlakatimizda ipakchilik tarmogi va toqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilgor texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilayotgan doimiy etibor yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

Prezidentimizning joriy yil 29-martdagi "Ozbekipaksanoat uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qarorda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urugi yetishtirish tizimini keng yolga qoyish, sanoatbop pilla xomashyosi yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining toliq quvvat bilan ishlashini taminlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish boyicha aniq tadbirlar belgilangan. Buning natijasida 2021-yilga borib umumiy yetishtirilgan pilla hajmida pillani qayta ishlash ulushi 50 foizgacha oshiriladi, yangi ish orinlari yaratiladi, mahsulot eksporti hisobidan valyuta mablagi tushumi kopayadi.

Jizzax shahri Sayiljoyi mahallasida barpo etilayotgan qoshma korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Korxona birinchi bosqichda yiliga 144 tonna quruq pillani qayta ishlash quvvatiga ega boladi. Bu korsatkichni 2021-yilga borib 576 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, yiliga 374 tonna xom pilla qayta ishlanadi. 2021-yilga borib bu quvvat 1 ming 498 tonnaga yetkaziladi.

Korxonada pillani qayta ishlash barobarida xomashyoni shu yerning ozida yetishtirish rejalashtirilgan. 2017-2018-yillarda 48 tonna, 2021-2022-yillarga borib yiliga 192 tonna pilla yetishtirish yolga qoyiladi, ipak qurti boqish 25 ming qutiga yetkaziladi.

Mamlakatimiz ipakchilik sanoati rivojida yana bir muhim qadam boladigan yangi qoshma korxona aholi bandligini taminlashga ham salmoqli hissa bolib qoshiladi. Yangi korxonada 240 yangi ish orni yaratiladi.

Yangi korxonada pillaga ishlov berishdan tortib eksport uchun mato, kiyim-kechak va gilam ishlab chiqarish jarayonlari toliq amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deydi korxona rahbari Umidjon Ikromov. Tayyor mahsulotning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi.

Korxonani qurish ishlari boshlab yuborildi. Ananaga kora, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, xorijlik mehmonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavodning asosiy inshooti poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.
dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi

Yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax erkin iqtisodiy zonasida "Ozavtosanoat aksiyadorlik kompaniyasi "Pejo Sitroyen guruhi bilan hamkorlikda barpo etayotgan avtomobil zavodi poydevorining tamal toshini qoyishga

Jizzaxda choyan quyish sexi foydalanishga topshiriladi

Jizzaxda choyan quyish sexi foydalanishga topshiriladi
Jizzax maxsus industrial zonasida Juita gulshana invest Ozbekiston-Xitoy qoshma korxonasi Ozbekyengilsanoat Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Xitoy davlatining Zhejiand Juita Sewing

Jizzaxda 2019 yilgacha paxta tolasini qayta ishlash hajmi 70 foizga etkazilishi bashorat qilinmoqda. Bu qanday amalga oshiriladi?

Jizzaxda 2019 yilgacha paxta tolasini qayta ishlash hajmi 70 foizga etkazilishi bashorat qilinmoqda. Bu qanday amalga oshiriladi?
Jizzaxda sanoatning 3 ta yonalishini yani - yengil sanoat; - oziq-ovqat; - qurilish materiallari sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarish sohasidagi eng katta rezerv hisoblanadi.  
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: