22 2017

​Shavkat Mirziyoev qarori bilan respublikadagi yo'llar ko'kalamzorlashtiriladi

Bo'limlar: Yangiliklar
Mazkur qaror avtomobil yo'llaridagi qurilmalarning me'moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, respublika avtomobil yo'llari bo'ylaridagi ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini yo'l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi. 

Qarorga asosan, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi qoshidagi "Avtoyo'lko'kalamzorlashtirish" korxonasi "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi. 

Qabul qilingan qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi markaziy apparati tuzilmasiga ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga javob beradigan rais o'rinbosari lavozimi qo'shiladi hamda u bir paytning o'zida "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Shuningdek, qo'mita tarkibida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi. 

Qaror bilan "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda korxonaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo'linmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.
Joriy yilning 11 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo'llaridagi ko'kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori imzolandi. Bu haqda Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi 15-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 61-sonli qarorlari togrisida

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi  15-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 61-sonli qarorlari togrisida
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi "Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyixalashtirish ishlarini va

M-39 avtomagistralining 39 km qismi birinchi yarim yillikda qayta ta'mirlandi

M-39 avtomagistralining 39 km qismi birinchi yarim yillikda qayta ta'mirlandi
Bugungi kunda Jizzax viloyati hududida 7727,1km. uzunlikdagi avtomobil yollari mavjud. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qaroriga

Jizzaxda yollar ravonlashmoqda

Jizzaxda yollar ravonlashmoqda
"Ozavtoyol davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamizda sohaga mas'ul tashkilot sifatida ulkan bunyodkorlikka, yirik xalqaro yollardan tortib, kichik mahalla kochalarigacha bolgan qurilish
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: