OZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING BIOMETRIK PASPORTINI RASMIYLASHTIRISH

 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Ozbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari.

Xizmatni korsatuvchi IIVning bolinmasi

Ozbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolariga -doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bolinmalari tomonidan.

Ozbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - Ozbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan.

Boglanish

Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bolinmalari.

Hujjatlar:

Xizmatni korsatish uchun kerak boladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Fuqarolar pasport olish uchun pasportlarining amal qilish muddati tugashi bilan bir oy muddat ichida va birinchi marta olayotgan shaxslar 16 yoshga tolganlaridan song bir oy muddat ichida doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:

-belgilangan shakldagi ariza(avval berilgan pasport bilan birga);

-tugilganlik togrisidagi guvohnoma (birinchi marta olayotgan shaxslar);

-35 x 45 mm kattalikdagi rangli fotosurat;

-pasport yoqolganligi togrisidagi guvohnoma (xorijda yoqolgan hollarda);

-davlat bojini tolanganligi togrisidagi kvitantsiya.

Ozbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobida turgan fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar pasportni yoki harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun quyida ("a" kichik band bundan mustasno) nazarda tutilgan hollarda chet eldagi konsullik hisobida turish joyidagi tegishli malumotlarni yigish punktiga murojaat qiladilar.

Ozbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketilayotganda;

b) bola chet elda tugilganda;

v) pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugaganda;

g) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugilgan sanasi ozgarganda;

d) yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda;

e) royxatdan otkazish (royxatdan chiqarish), alohida malumotlar yoki vizalar uchun

moljallangan sahifalari ishlatib bolinganda;

j) pasport yoki harakatlanish hujjati blanki yaroqsiz bolib qolganda;

z) pasport yoki harakatlanish hujjati yoqotib qoyilganda.

OzbekistonRespublikasining cheteldagi konsullikmuassasalarida doimiykonsullik hisobida turgan va Ozbekiston Respublikasiga vaqtincha kelayotgan fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar ushbu yuqoridagi ("b" kichik band bundan mustasno) nazarda tutilgan hollarda, pasport hamda harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladilar.

Bunda voyaga etmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), muassasalar va tashkilotlar vakillari tegishli iltimosnomalar bilan murojaat qiladilar.

Xizmatni korsatishni huquqiy asosi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi "Ozbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish togrisidagi PF-2240 sonli Farmoni.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "Ozbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PF-4262 sonli Farmoni.

Muddatlar va tolov:

Xizmat narxi va tolash tartibi

Ozbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 Foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli "Davlat boji stavkalari haqida gi Qarori.

Xizmatni korsatish tartibi

Ozbekiston Respublikasi hududida pasport va harakatlanish hujjati Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga buyurtmanoma jonatilgandan keyin on ish kuni mobaynida, chet elda - on besh ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda malumotlarni yigish punktida beriladi.

Natija:

-Natijani olish usullari

Shaxsan. Xar kuni soat 9-00 dan 20-00 ga qadar (dam olish va bayram kunlaridan tashqari).

-Xizmat natijasi

Fuqaroga Ozbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti beriladi.

-Rad etish sabablari

Pasportni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro barmo qizlarini nusxasini olishga qarshilik bildirsa va ko z oynakda, bosh kiyimda rasmga tushish istagini bildirsa ichki ishlari idoralari fuqaroga pasportni rasmiylashtirishni rad etishi mumkin.

-Shikoyat arizasini berish tartibi

Fuqarolar ichki ishlar organlarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (ogzaki va yozma korinishda, ishonch telefonlari orqali) Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga va yuqori organlarga shikoyat qilishga haqlidir.