Rivojlanish strategiyasi

17 2014

JIZZAX SHAHRINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI (loyiha) 

Strategik yondashuv Ozbekiston iqtisodiyotini boshqarish uchun yangi bolmay, keyingi on yil davomida undan faol foydalanildi. Xususan, jahon iqtisodiyotida roy bergan salbiy ozgarishlar Hukumatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda yangi yollarni izlash borasidagi say-harakatlarni faollashtirishga turtki boldi, yuzaga kelgan yangi tahdidlar natijasida esa, shu bilan bir qatorda, mamuriy-hududiy tuzilmalarni rivojlantirishga qaratilgan avvalgi dastur va strategiyalarni yangilash hamda yangilarini ishlab chiqish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etdi.

  

Ammo 2024 yilgacha Jizzax shahrini rivojlantirish Strategiyasi quyidagi sabablarga kora yanada yuksak, ahamiyatli maqsadlarga erishishga qaratilgan.

Birinchidan, Ozbekiston Respublikasi Hukumati Jizzax shahri hududi negizda Jizzax Maxsus Industrial Hududini yaratish orqali vohadagi sanoat darajasini yuksaltirishga qaror qildi. Bu qaror Hukumat tomonidan biznes yuritish uchun sharoitlarni yaxshilash va kelajakda shahar aholisining turmush sifatini oshirishga xizmat qiladigan, Jizzax shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish boyicha qator qarorlar qabul qilinishiga sharoit yaratdi.

Ikkinchidan, mazkur Strategiya shunchaki tahliliy material yoki shahar korsatkichlarning uzoq muddatli statistik kutilmasi bolmay, Jizzax shahrini rivojlantirishda manfaatdor bolgan, oz shahrining taqdiriga befarq bolmagan barcha tomonlar, shu jumladan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolik jamiyati, xususiy biznes, aholi va boshqalarning goyalarini birlashtirish yolidagi ijtimoiy sherikchilikka asoslangan oziga xos platformadir.

Strategiya BMTTD loyihasining Milliy Maslahatchilari tomonidan Jizzax shahar hokimligi qoshida tuzilgan Strategiyani ishlab chiqish boyicha ishchi guruh bilan birgalikda ishlab chiqildi. Shuningdek, Strategiyaga BMTTD loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Hududiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasining asosiy yonalishlari kiritildi.

Hurmatli yurtdoshlar quyida mazkur strategiya loyihasi joylashtirilgan bolib u bilan toliq tanishib chiqishingiz uchun havola berilgan. Fikrlaringizni Jizzax shahar hokimligining info@jizzaxcity.uz elektron manziliga  yoki O'zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali www.regulation.uz da  bildirishingiz mumkin.  

 

Bu juda ham muhim! Shahrimizning keyingi yillardagi  Rivojlanish dasturi Sizning taklifingiz orqali amalga oshiriladi.


 

 Rivojlanish strategiasini rus tilida ko'chirib olish uchun havola

Strategiya-socialno-ekonomicheskogo-razvitiya-goroda-Dzhizak-2016-2024-g.pdf [1,13 Mb] (c: 79)

 

Jizzax shahar hokimligi