KORXONA VA TASHKILOTLARNING UMUMIY TAVSIFI

2014 yil 1 yanvar xolatiga royxatga olingan korxona va tashkilotlar soni 3353 tani tashkil etdi. Shundan hozirgi kunda faoliyat korsatayotganlar 3070 tani tashkil etadi, faoliyat korsatmayotganlar 283 ta shu jumladan kichik biznes subektlari soni 2800 tani tashkil qilib faoliyat korsatayotganlari 2535 tani tashkil qiladi.

265 tasi faoliyat korsatmayapti. Hisobot davrida 348 tasi yangidan tashkil etildi. 206 ta kichik biznes subektlar esa oz ish faoliyatini tugatishdi.

S A N O A T

Mulk shaklidan qatiy nazar barcha sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi amaldagi narxda273725,6 mln.somni, bu otgan yilning shu davriga nisbatan 113 foizni tashkil qildi.

 

2013 yilning 1 yanvar holatiga sanoat mahsuloti ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonalari soni 5 ta, bular: "Jizzax akkumulyator zavodi ochiq aksiyadorlik jamiyati 50007,0 mln.som (90,5 %), "Jizzaxdonmahsulotlari hissadorlik jamiyati 35690,1 mln.som (102,8%), Jizzaxplastmassa ochiq aksiyadorlik jamiyati 3187,6 mln.som (94,1%), Sendvich panel masuliyati cheklangan jamiyati 6883,1 mln. som (100,2 %) va "Boston olami masuliyati cheklangan jamiyati 16188,1 mln.som, (111.8 %) foizga bajarildi.

2013 yilda 151616,0 mln.somlik xalq istemol mollari ishlab chiqarildi. Otgan yilga nisbatan osish surati 103,3 foizni tashkil etdi.

Shu jumladan; oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi56886,0 mln.somga (102,3%), nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 94729,9 mln.som (103,9%)ga, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish 15537,6 mln.som (99,3%) ga yetkazildi.

Aholi jon boshiga 933,6 ming somlik xalq istemol mollari ishlab chiqildi.

Sanoat korxonalari boyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmida nodavlat mulk shaklidagi korxonalar ulushi 81,4 foizni tashkil etdi.