28 2015

Zominda milliy oyinchoqlar festivali boldi

Bo'limlar: Jamiyat

 

Ozbekiston "Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, partiya Jizzax viloyat va Zomin tuman Kengashlari "Ayollar qanoti tomonidan Zomin tumanidagi 12 - son bolalar musiqa va sanat maktabida mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligiga bagishlab  "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim Ozbekistonim! shiori ostida milliy oyinchoqlar festivali otkazildi.

Tadbirda OzMTDP Markaziy Kengashi azolari, hududiy partiya tashkilotlari xodimlari, mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, "Ayollar qanoti faollari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir ishtirokchilari viloyatning qoli gul usta- hunarmandlari tomonidan tayyorlangan korgazma bilan yaqindan tanishdilar. Korgazmadan orin olgan kulolchilik, yogoch oymakorligi, toquvchilik, tikuvchilik, kashtachilik, rassomchilik kabi yonalishlardagi ishlar  xalqimizning boy ijodkorlik mahorati, yaratuvchanlik ishtiyoqi va salohiyatini ozida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Xalq ogzaki ijodining betakror durdonalari bolgan lapar, aytishuv, olan va qoshiqlar, folklor-etnografik jamoalarining chiqishlari esa tadbirga yanada kotarinkilik bagishladi.

- Bugun yurtimizning har bir goshasida istiqlol shukuhi hukmron. Keng bilimli, erkin fikrlaydigan, oz qarashlarida milliy goyamizga tayangan, milliy manaviy qadriyatlarga sadoqatli yoshlarni kamol topdirish OzMTDP saylovoldi Dasturining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Partiya "Ayollar qanoti tashabbusi bilan otkazilayotgan mazkur milliy oyinchoqlar festivali ushbu dasturiy vazifalarning ijrosiga xizmat qiladi, deydi OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi raisi Gayrat Qodirov.

Tadbirda sozga chiqqanlar tomonidan takidlanganidek, milliy ozligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bolgan turli xil hurujlar, farzandlarimiz ongi va qalbini egallashga qaratilgan garazli tahdidlar kuchayotgan bugungi davrda, ularning qalbi va ongida soglom hayot tarzi, milliy va umumilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygusini bolalik paytidan boshlab shakllantirish tarbiyadagi eng ustuvor vazifalardan biri. Bunda oyinchoqlarning orni katta bolib, mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan, ekologik xavfsiz, pedagogik-psixologik, sanitariya-gigiena va badiiy dizayn talablariga toliq javob beruvchi milliy oyinchoqlar yosh avlod ongida milliylikka sadoqatni yuksaltirishda muhim orni tutadi. Bugungi kunda aksariyat bolalar xorijda ishlab chiqarilgan, milliy mentalitetimizdan yiroq bolgan oyinchoq va qogirchoqlarni oynab ulgayishmoqda. Milliy qadriyat va ananalarga, odob-axloq mezonlariga zid, aksariyati urush va jangarilikni aks ettiruvchi oyinchoqlar, haddan ziyod zamonaviylik, tannozlikni targib qiluvchi koplab qogirchoqlarning jajji farzandlarimiz qalbidagi mehr-shafqat, odamiylik tushunchalariga darz etkazmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Shunday ekan, yosh avlod qalbida bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvatli bolish tuygularini ostirishda, boy  manaviyatimiz haqida toliq tasavvur uygotib, xalqimiz turmush tarziga yot goyalardan asrashda milliy oyinchoqlarning rolini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.

 Festivalda viloyatning Yangiobod, Gallaorol, Baxmal, Dostlik, Mirzachol, Forish, Paxtakor, Zafarobod, Zarbdor  kabi turli hududlaridan kelgan oyinchoqsoz ustalar, mohir hunarmandlar tomonidan namoyish etilgan bejirim, ozida milliylik va zamonaviylikni uygunlashtirgan, milliy qahramonlar, ozbek xalq ertaklari personajlari, xalqimizning kop asrlik boy va betakror estetik, manaviy-marifiy qiyofasini aks ettirgan oyinchoqlar bu kabi tahdidlarga qarshi kurashda samarali vosita bolishi etirof etildi.

Festival yakunida faol ishtirok etganlar Ozbekiston "Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Jizzax viloyat Kengashining faxriy yorliq va qimmatbaho sovgalari bilan taqdirlandilar.


Dilnoza Hayitova, OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot kotibi  

 

dle 10.2

O'xshash yangiliklar:

OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati xabarlari

OzMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati  xabarlari
Yangiobod. "Jizzax viloyatida ekoturizm rivojlanish istiqbollari mavzusidagi manaviy-marifiy tadbir Ozbekiston "Milliy tiklanishdemokratik partiyasi Yangiobod tuman Kengashi tomonidan

"Biz buyuk yurt farzandlarimiz! yoshlar festivali yakunlandi

5 iyun kuni Jizzax shahridagi "Sangzorkol majmuasida Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma tort yilligi munosabati bilan "Biz buyuk yurt farzandlarimiz! shiori ostida yoshlar

Jizzaxda deputatlik guruhlari azolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari azolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bolinmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy

Jizzaxda Milliy axborot xavfsizligini taminlash va kreativ axborot muhitini yaratishning dolzarb vazifalari mavzusida davra suhbati bolib otdi

Jizzaxda Milliy axborot xavfsizligini taminlash va kreativ axborot muhitini yaratishning dolzarb vazifalari mavzusida davra suhbati bolib otdi
Jizzax viloyat Manaviyat-targibot markazida  Ozbekiston "Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat va Jizzax shahar Kengashlari tomonidan  "Milliy axborot xavfsizligini

Jizzaxda "Milliy sport turlari va xalq oyinlari" festivali boshlandi

Jizzaxda
 2014 yilning 12 noyabr kuni Jizzaxda"Milliy sport turlari va xalq oyinlari" festivali boshlandi.
Hozircha fikrlar bildirilmadi. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!

Fikr qo'shish!

Ismingiz:
E-Mail:
Maxfiy so'z:
Maxfiy so'zni kiriting: