Jizzax shahri Jizzax viloyat markazi hisoblanib, viloyatning garbiy qismida Gallaorol tumani bilan chegaradosh.

 Jizzax shahar haritasi

Shaharni Toshkent Krasnovodsk temir yoli va Katta Ozbek trakti avtomobil yoli kesib otadi. Shahar Orta Osiyo temir yoli ToshkentJizzax yonalishining 3611 kilometrida joylashgan. SHaharni kesib otgan temir yolning uzunligi 11 kilometrni tashkil etadi.

Shaharning Toshkent shahridan uzoqligi temir yol liniyasi boyicha 240 km va avtomobil yoli boyicha 178 kmni tashkil etadi.

Shahar relyefi asosan tekislik bolib, dengiz sathidan balandligi shaharning shimoliy-sharqida 362 metrni, janubiy sharqida 373 metrni tashkil etadi. Shahar joylashgan tekislikning nishabligi ortacha 0,2 foizga teng bolib, janubiy sharqdan shimoliy-garbga qarab yonalgan.

Shaharning seysmik mustahkamligi 7-8-9 ballni tashkil etadi. Shahar joylashgan tuproqning tarkibi supes va suglin aralashmalari.

Shahar hududining 10,0 metr chuqurligida yer osti suvlari mavjud bolib, ular atmosfera yoginlari, irrigatsiya suvlari, Turkiston tizmasining shimoliy nishabligi suv oqimlari va "Sangzor daryosi ong qirgogi suv oqimlarining yigilishidan tarkib topadi.